Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025 07.03.2012 yildagi 64-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SANOATDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI QISQARTIRISH VA MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini ko‘paytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda texnologik jarayonlarni va xom ashyo, materiallar va energiya resurslari sarfi me’yorlarini oqilona tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, xodimlar sonini maqbullashtirish va boshqa omillar hisobiga sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilgan obyektma-obyekt kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan 2012-yilda xo‘jalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini obyektma-obyekt o‘rtacha 11,2 foizga qisqartirishning yig‘ma parametrlari bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq takliflari ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1 ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari tarmoq bo‘yicha tannarxni qisqartirishning tasdiqlangan yig‘ma parametrlaridan kelib chiqib o‘n kun muddatda o‘z tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari uchun tannarxni qisqartirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari va korxonalar rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishining har choraklik monitoringi olib borilishini belgilasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib boriladigan monitoring yakunlari bo‘yicha, zaruriyat bo‘lganda, mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning to‘liqligi va samaradorligidan kelib chiqib korxonalar rahbarlarini moddiy rag‘batlantirish yoki mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qaror bilan belgilangan mahsulot tannarxini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirganlik uchun sanoat korxonalari rahbar xodimlari faoliyatini baholashda va ularni moddiy rag‘batlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga amal qilinsin, unda quyidagilar nazarda tutilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot tannarxini pasaytirish natijasida tejalgan mablag‘lar korxonalarning o‘zida qoladi va ulardan korxonalar tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kalendar yil yakunlari bo‘yicha tannarxni pasaytirishning tasdiqlangan parametrlari bajarilishi ta’minlangan taqdirda korxonalarning rahbar xodimlariga qo‘shimcha ravishda olingan foyda hisobiga 8 lavozim maoshi miqdorigacha bir yo‘la mukofot to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qo‘yilsinki, texnologik jarayonlarni oqilona tashkil etish, xom ashyo, materiallar va energiya resurslari xarajatlari sarfi me’yorlari tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida o‘zgarishi, quvvatlardan foydalanish darajasini ko‘paytirish va mehnat unumdorligini o‘stirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini kamaytirish, bir yil uchun xodimlar sonini maqbullashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisobiga tannarxni pasaytirish natijasida mahalliylashtirish darajasining 2012-yilda pasayishi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning buzilishi deb hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 7-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 10-son, 106-modda, 36-son, 412-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 09/24/722/0061-son)