Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2022 01.03.2012 yildagi 60-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.11.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IDORAVIY HARBIYLAShTIRILGAN QOʻRIQLASh XIZMATI TOʻGʻRISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli “Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati faoliyatini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatiga ega boʻlgan respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va boshqa tashkilotlarni, ularning roʻyxatini tuzish, xodimlari kontingenti, moliyalashtirish tartibi va manbalari, kiyim-boshlar, maxsus vositalar, oʻq otadigan qurollar va ularga oʻq-dorilar bilan taʼminlash yuzasidan yalpi xatlovdan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini tashkil etish huquqiga ega boʻlgan respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, qoʻriqlanadigan obyektlar va mol-mulklar roʻyxatini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatiga ega boʻlgan respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uning xodimlarini Namunaviy nizom talablariga muvofiq belgilangan namunadagi formali kiyim-boshlar va boshqa asbob-anjomlar turlari bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namunaviy nizom talablarini amalga oshirish mexanizmini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati va qoʻriqlanishi hamda harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati naryadlari tomonidan kuzatib borilishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2010-yil 12-avgustdagi 177-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 8-son, 44-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 1-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-martdagi 60-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati toʻgʻrisidagi ushbu Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Namunaviy nizom deb ataladi) idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini tashkil etish va uning amaliy faoliyati boʻyicha asosiy talablarni belgilaydi va tartibga soladi, shuningdek uning xodimlarining huquq va vazifalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati — respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning obyektlar va mol-mulkni huquqqa zid tajovuzlardan qoʻriqlash hamda himoya qilish boʻyicha maxsus vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan yuridik shaxs boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt ichki rejimi — qoʻriqlanadigan obyektda belgilangan ichki tartib tadbirlari va qoidalarini hamda yongʻin xavfsizligini amalga oshirish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlar — huquqqa zid tajovuzlardan qoʻriqlanishi va himoya qilinishi kerak boʻlgan binolar, imoratlar, inshootlar, ularga tutash hududlar va akvatoriyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan mol-mulk — transport vositalari, shuningdek yuklar, shu jumladan tashish paytida yuklarni qoʻriqlash, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga tegishli boʻlgan, huquqqa zid tajovuzlardan qoʻriqlanishi kerak boʻlgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish rejimi — shaxslarning nazoratsiz kirishi (chiqishi), transport vositalarining chiqishi (kirishi), qoʻriqlanadigan obyektlarga mol-mulkni olib kirish va ulardan olib chiqishning oldini olish va ularga barham berishning qoʻriqlanadigan obyektda belgilangan tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlarni qoʻriqlash va huquqqa zid tajovuzlardan himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarda ruxsat berish va obyekt ichki rejimini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarda jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkini qoʻriqlash va ularni kuzatib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlashning ilgʻor muhandislik-texnik vositalari va usullarini joriy etish va ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining jangovar va xizmat tayyorgarligini yuqori darajada taʼminlash va saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarda texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda hodisalar va vaziyatlarning oldini olish va ularni tugatishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar va mol-mulkni qoʻporuvchilik-terroristik harakatlar sodir etilishidan, yoqish, oʻgʻirlash va boshqa jinoiy tajovuzlardan ishonchli qoʻriqlashni tashkil etish masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat organlari, jamoatchilik vakillari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini tashkil etish huquqiga ega boʻlgan respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning, qoʻriqlanadigan obyektlar va mol-mulkning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tuzilmasi, ular xodimlari sonining normasi va idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu Namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqiladigan hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlar va mol-mulkni qoʻriqlash boʻyicha xizmatni oʻtashni tashkil etish tartibi respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari xizmat vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan kelishgan holda respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tegishli belgilari boʻlgan yagona namunadagi formali kiyim-boshda (har bir organ (tashkilot) uchun alohida) bajaradilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining xizmat guvohnomalari qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Obyektning oʻziga xosligiga qarab idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xizmat itlaridan foydalanish maqsadida xizmat qoʻriqchi (iskovchi) itlarni oʻrgatishni tashkil etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun moʻljallangan xizmat quroli, uning oʻq-dorilari va maxsus vositalar turlari, tiplari (modellari), soni, shuningdek olish, saqlash, tashish, berish, qabul qilish va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini maxsus vositalar, xizmat quroli va uning oʻq-dorilari bilan taʼminlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini xodimlar bilan taʼminlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatiga Oʻzbekiston Respublikasining haqiqiy harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiriq zaxirasida xizmatni oʻtagan fuqarolar olinadi (boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi shaxslarning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qasddan jinoyat sodir etganligi uchun uzilmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy jazoni oʻtayotgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkka tajovuz qiladigan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek jamoat tartibiga yoki boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun bir yil mobaynida takroran maʼmuriy javobgarlikka tortilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruhiy kasalliklarga, giyohvandlikka, toksikomaniyaga, alkogolizmga chalingan bemor sifatida dispanser hisobida turgan, shuningdek sogʻligʻining holati toʻgʻrisida tegishli tibbiy xulosa taqdim etmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud tomonidan huquqiy layoqatli emas yoki cheklangan huquqiy layoqatli deb eʼtirof etilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarning idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatiga ishga qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik vaqti hisobga olingan holda ish vaqtini jamlab hisobga olish belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari yil mobaynida belgilangan dasturlarga muvofiq jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik kurslaridan oʻtadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kurs dasturi va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan kelishgan holda respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻzlariga yuklangan xizmat vazifalari bajarilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektga kelgan va uning hududida turgan shaxslardan ruxsat berish va obyekt ichki rejimlarining belgilangan qoidalariga rioya etishni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsini tasdiqlaydigan va qoʻriqlanadigan obyektga kirish (chiqish) va unda boʻlish, shuningdek transport vositalarining kirishi (chiqishi), mol-mulkni qoʻriqlanadigan obyektlarga olib kirish (olib chiqish) huquqini beradigan hujjatlarni tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarda mol-mulkni saqlash shart-sharoitlarini, qoʻriqlashning muhandislik-texnik vositalari holatini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligini taʼminlash, obyektlarni qoʻriqlash va mol-mulk saqlanishi, ruxsat berish va obyekt ichki rejimi qoidalari buzilishi aniqlangan taqdirda ularga barham berish va ularga koʻmaklashadigan shart-sharoitlarni tugatish chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar va mansabdor shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni toʻxtatishni talab qilish. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda huquqqa zid xatti-harakatlar, huquqbuzarliklarga barham berish yuzasidan qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralarni qoʻllash;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlar va mol-mulkka nisbatan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni qonunchilikda belgilangan tartibda ushlash hamda ichki ishlar organlariga yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga, shuningdek idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining xizmat binolariga olib kelish (ichki ishlar organlariga darhol xabar bergan holda);
(12-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqqa zid tajovuzlarni amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan qurol, boshqa predmetlar va ashyolarni aniqlash maqsadida, shu jumladan maxsus-texnik va boshqa vositalardan, shuningdek xizmat itlaridan foydalangan holda shaxslarni, ularning shaxsiy buyumlarini va transport vositalarini koʻzdan kechirish, tovar-transport hujjatlarining qoʻriqlanadigan obyektlar hududiga olib kiriladigan va olib chiqiladigan yuklarga muvofiqligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat qurolini va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish, shuningdek jismoniy kuch ishlatish va Namunaviy nizomda belgilangan tartibda xizmat itlaridan foydalanish.
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanish huquqiga ega.
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar qoʻriqlanishini va tashilayotgan yuklarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha qonunchilikka qatʼiy rioya qilish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni oʻgʻirlagan shaxslarga nisbatan murosasiz boʻlish, qoʻriqlanayotgan mol-mulkning oʻgʻirlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xoʻjasizlik va beparvolik namoyon boʻlishining har qanday koʻrinishiga oʻz vaqtida munosabat bildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruxsat berish va obyekt ichki rejimlari buzilishining oldini olish va ularga barham berish tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektlar va mol-mulkni qoʻriqlashni hamda huquqqa zid tajovuzlardan himoya qilishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarda jinoyatlar va maʼmuriy huquqni buzishlarga barham berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarga noqonuniy kirgan shaxslarni qidirish va ushlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarda favqulodda hodisalar hamda texnogen va tabiiy tusdagi vaziyatlarning oldini olishda va ularni tugatishda belgilangan tartibda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rejimli-maxfiy organ binosiga kirish huquqisiz davlat sirini va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni tashkil etadigan maʼlumotlar saqlanishini taʼminlash tadbirlarini oʻtkazishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqni muhofaza qilish organlariga oʻzlariga yuklangan vazifalarni hal etishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga ishonib topshirilgan xizmat quroli, maxsus va texnik vositalar, formali kiyim-bosh, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularni soz holatda saqlash;
(13-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga halol va vijdonan munosabatda boʻlish, intizomli boʻlish, oʻz kasbiy bilimlarini doimo oshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli dasturlarda belgilangan shaxsiy jangovar xizmat, ijtimoiy-huquqiy, maʼnaviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat vazifalarini bajarishda egallab turgan lavozimiga muvofiq belgilangan formali kiyim-boshni kiyish va farqlash belgilarini taqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradilar.
(13-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari belgilangan tartibda har yili tibbiy koʻrikdan, shuningdek jismoniy kuchni ishlatish, maxsus vositalar va xizmat qurolini qoʻllash bilan bogʻliq sharoitlarda harakat qilishga yaroqlilik yuzasidan davriy tekshirishlardan oʻtadilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Obyektlarni va mol-mulkni qoʻriqlashga jalb etilgan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻzlariga ishonib topshirilgan moddiy boyliklar, xizmat quroli va maxsus vositalar saqlanishi uchun javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va xizmat qurolini qoʻllash
(VI bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari qoʻriqlanayotgan obyektlarda jinoyatni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni taʼqib qilishda qoʻriqlanadigan obyektlarda hamda qoʻriqlanadigan obyektlar tashqarisida istisno hollarda (zarur mudofaa, oʻta zaruriyat, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxslarni ushlash sifatida) jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va xizmat qurolini qoʻllash huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va xizmat qurolini qoʻllashda quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida ogohlantirish (qurolni qoʻllashda sustkashlik qilish fuqarolar yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining hayoti yoki sogʻligʻiga bevosita xavf solgan yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki xizmat quroli qoʻllanishi natijasida ogʻir tan jarohati olgan shaxslarga zarur hajmda tibbiy yordam chora-tadbirlarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va xizmat quroli qoʻllanilishining har bir holati toʻgʻrisida ichki ishlar organiga darhol axborot berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy kuchni ishlatishda, maxsus vositalar yoki xizmat qurolini qoʻllashda vakolatlarning oshirib yuborilishi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka olib keladi.
(17-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari oʻzini oʻzi mudofaa qilish, jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklarga barham berish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash, idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatishga barham berish uchun (agar boshqa usullar ularga yuklangan xizmat vazifalarini bajarishni taʼminlamasa) jismoniy kuch ishlatish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari quyidagi hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga egadirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlar va mol-mulkka hujumni qaytarishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga yoki qoʻriqlanadigan obyektlardagi shaxslarga hujumni qaytarishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat vazifalarini bajarishda huquqni buzuvchi tomonidan idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga koʻrsatiladigan qarshilikka barham berishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlarda maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etayotgan shaxslarni ushlash hollarida, basharti koʻrsatib oʻtilgan shaxslar yashirinishga urinsalar yoxud ular idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga qarshilik koʻrsatish niyatida ekanligining yetarlicha asoslari mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushlangan shaxslarni ichki ishlar organlariga yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga, shuningdek idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatining xizmat binosiga keltirishda idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga qarshilik koʻrsatishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchisi idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari talablarini bajarmagan transport vositasini qoʻriqlanadigan obyektlarda toʻxtatish zarur boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus vositalar idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan huquqni buzuvchilarga ogohlantiruvchi taʼsir koʻrsatishning boshqa barcha shakllari foydalanilgan va istalgan natijalarni bermagan taqdirda qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari quyidagi hollarda xizmat qurolini qoʻllash huquqiga egadirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlardagi shaxslarni ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solayotgan hujumdan himoya qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga, ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdid qilayotgan hujumni qaytarish, shuningdek ularning xizmat qurolini egallab olishga urinishga barham berishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqbuzarliklarni sodir etishda qoʻriqlanadigan obyektlar hududidan yashirinishga urinayotgan yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga qurolli qarshilik koʻrsatuvchi shaxslarni ushlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻriqlanadigan obyektlar va mol-mulkka qurolli yoki guruh boʻlib hujum qilishni qaytarishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
basharti transport vositasining haydovchisi qoʻriqlanadigan obyektlardagi xodimlarning yoxud qoʻriqlanadigan obyektlardagi shaxslarning hayoti yoki sogʻligʻiga aniq xavf tugʻdirgan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan sharoitlarda toʻxtashni rad etgan, yoxud idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlarining qonuniy talabiga qaramay, qoʻriqlanadigan obyektlarga kirishga yoki qoʻriqlanadigan obyektlardan chiqishga intilgan hollarda transport vositasiga shikast yetkazish yoʻli bilan transport vositasini toʻxtatishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan hayvonlarni zararsizlantirishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat qurolini qoʻllash niyati toʻgʻrisida ogohlantirishda, trevoga signalini berish yoki yordam chaqirish zarur boʻlganda.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Odamlar ancha toʻplangan hollarda, shuningdek homiladorligi yoki nogironligi yaqqol koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi yaqqol koʻrinib turgan yoki idoraviy qoʻriqlash xizmati xodimlariga maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan xizmat qurolini qoʻllash taqiqlanadi, sanab oʻtilgan shaxslar:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga qurolli yoki guruh boʻlib qarshilik koʻrsatgan hollar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari yoxud qoʻriqlanadigan obyektlardagi shaxslarning hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid soladigan qoʻriqlanadigan obyektlar va mol-mulkka qurolli yoki guruh boʻlib hujum qilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Ijtimoiy-maishiy taʼminot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlariga tegishli jamoaviy shartnomalar va bitimlarda nazarda tutilgan qoidalar va imtiyozlar joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda, majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasidan oʻtadilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida jarohat olgan yoki halok boʻlgan taqdirda zararni qoplash tegishli jamoaviy shartnomalar va bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni kiyim-bosh va anjomlar bilan taʼminlash tegishli respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilanadigan normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati faoliyatini nazorat qilish respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmatini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 103-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)