Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025 02.03.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2332
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2025
Hujjat 09.06.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit tashkilotlari tomonidan kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2332]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 17-iyundagi 12/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3645, 07.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 14-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1/4-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 14-yanvardagi 1/4-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda) qonunlariga muvofiq, kredit tashkilotlari tomonidan Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga kredit axborotini taqdim etish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kredit tashkilotlari oʻzlaridagi mavjud kredit axborotini Kredit axborotining davlat reyestriga (bundan buyon matnda KADR deb yuritiladi) va kredit byurolariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Kredit axboroti milliy instituti (bundan buyon matnda KAMI deb yuritiladi) kredit tashkilotlarining yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan kredit olish toʻgʻrisida berilgan buyurtmalari (bundan buyon matnda kredit buyurtmalari deb yuritiladi) haqidagi maʼlumotlarini hamda kredit axborotini yigʻadi, ular boʻyicha kredit axboroti maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, shuningdek KADRni yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan kredit axboroti kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasini shakllantirish manbalaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Kredit tashkilotlari tomonidan kredit axborotini taqdim etilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kredit axborotini taqdim etilishida ularning butligini, ishonchliligini va maxfiyligini taʼminlash maqsadida Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda) muvofiq xavfsizlik choralari koʻrilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kredit axborotini tayyorlash, uni KADR va kredit byurolariga taqdim etish kredit tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadigan masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kredit tashkilotining masʼul xodimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar u tayinlangan kundan soʻng uch ish kunidan kechiktirilmasdan KAMIga va kredit byurolariga yuborilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kredit tashkilotining masʼul xodimi taqdim etiladigan kredit axborotining maxfiyligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlashga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kredit tashkilotlari kredit buyurtmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va kredit axborotini belgilangan tartibda qayd etilganidan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan KADR va kredit byurolariga taqdim etishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kredit tashkiloti tomonidan KADR va kredit byurolariga yuborilgan har bir kredit buyurtmasiga dasturiy ravishda xos raqam beriladi. Kredit buyurtmasining xos raqami belgilangan tartibda kredit axboroti maʼlumotlar bazasidan oʻchirilgunga qadar oʻzgartirilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-1, 03.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 277-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kredit tashkiloti kredit berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, kredit buyurtmasining xos raqami kredit tashkiloti va kredit buyurtma beruvchi oʻrtasida tuzilgan kredit bitimiga ham avtomatik tarzda xos raqam boʻlib sanaladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Taqdim etilayotgan kredit axboroti kredit tashkilotlarining kredit yigʻma jildidagi kredit axborotiga mos boʻlishi lozim. Kredit axboroti, KADRga va kredit byurolariga kreditlash jarayoniga mos ketma-ketlikda yuborilishi shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/3-sonli qarori (roʻyxat raqami 2332-1, 03.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 277-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Taqdim etilayotgan kredit axborotining toʻgʻriligini taʼminlash maqsadida kredit tashkilotlari oʻzlarining kredit qoʻyilmalarini balansdagi va KADRdagi summalar bilan bir xil yuritishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121. KADR axborotlarning toʻgʻri yuborilishi boʻyicha kunlik nazoratni olib boradi. Mazkur Nizomning 8, 11 va 12-bandlari talablarining bajarilishini nazorat qilish avtomatik tarzda olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
122. KADRning amaliyot kuni banklararo elektron toʻlov hujjatlarini oʻtkazish vaqtiga mos boʻlishi lozim.
(121 va 122-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/3-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2332-1, 03.06.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 277-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kredit byurolari kredit tashkilotlaridan olinayotgan kredit axborotining maxfiyligini taʼminlash uchun undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan xodimlari doirasini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Kredit axborotlarini qayta ishlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kredit byurolari mavjud kredit axboroti asosida kredit tashkilotining har bir qarzdori boʻyicha uning oxirgi 5 yil (yoki yuridik shaxs boʻlgan qarzdor 5 yildan kam faoliyat yuritayotgan boʻlsa — u roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab) mobaynidagi statistik, tahliliy, moliyaviy-iqtisodiy, ijobiy va salbiy xarakterdagi kredit axborotini oʻz ichiga oluvchi kredit tarixlari boʻyicha kredit axboroti maʼlumotlar bazasini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kredit tashkiloti tomonidan taqdim etilgan kredit axborotining xatoligi aniqlangan taqdirda KADRda va kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasida kredit tashkilotining xatiga asosan ushbu kredit axborotiga oʻzgartirish kiritiladi. KADR va kredit byurosi xatoligi aniqlangan kredit axborotiga oʻzgartirish kiritilganligi toʻgʻrisidagi elektron bayonnomani tuzadi va uni kamida bir yil saqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. KADRdagi va kredit byurolarining kredit axboroti maʼlumotlar bazasidagi kredit tashkilotlaridan olingan kredit axborotini KAMI va kredit byurolari tomonidan oʻzgartirish taqiqlanadi, mazkur Nizomning 15-bandi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 92-modda; 2014-y., 23-son, 277-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2332-2/0909-son, 20.06.2019-y., 10/19/2332-3/3312-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)