04.10.2011 yildagi O‘RQ-301-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KREDIT AXBOROTI ALMASHINUVI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 11-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi kredit axboroti almashinuvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit bitimi — kredit, qarz, lizing, faktoring, sugʻurta shartnomasi hamda pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni qarzga berishni, shu jumladan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlovni boʻnak (oldindan toʻlash), kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida berishni nazarda tutuvchi boshqa shartnomalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti almashinuvi — kredit byurosi, kredit axboroti subyekti, kredit axborotini yetkazib beruvchi va kredit axborotidan foydalanuvchining kredit tarixini shakllantirish hamda kredit hisobotini taqdim etish maqsadida kredit axborotini yigʻish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash, taqdim etish, undan foydalanish va kredit axborotini himoya qilish borasidagi hamkorligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyekti — kredit bitimi boʻyicha tegishincha qarz oluvchi (qarzdor), lizing oluvchi, kafil, kafolat beruvchi, garovga qoʻyuvchi va sugʻurta qildiruvchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek oʻzining kredit bitimi tuzishini taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisida kredit byurolariga maʼlumotlar kiritish haqida ariza bergan jismoniy shaxs;
(3-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotini yetkazib beruvchi — kredit axborotini kredit byurosiga taqdim etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotidan foydalanuvchi — kredit bitimi boʻyicha tegishincha kreditor, lizing beruvchi, garovga oluvchi va sugʻurtalovchi sifatida ishtirok etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek qonunchilikka muvofiq kredit axborotidan foydalanish vakolatiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestri — kredit bitimi tuzishi taqiqlangan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan va kredit byurolari tomonidan yuritiladigan yagona maʼlumotlar bazasi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Kredit axboroti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti — kredit bitimining holati, berilgan taʼminot boʻyicha (garov, kafolat, kafillik, kreditni toʻlamaslik xavfini sugʻurtalash va taʼminotning boshqa turlari boʻyicha) majburiyatlarning bajarilishi haqidagi maʼlumotlar, shuningdek kredit axboroti subyektining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, toʻlov qobiliyatini, toʻlov intizomini va oʻzga sifatlarini aniqlashga koʻmaklashuvchi boshqa axborot, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektini va kredit axborotini yetkazib beruvchini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi;

kredit axboroti subyektiga aloqador shaxslar toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida jismoniy shaxsning kredit bitimi tuzishi taqiqi mavjudligi haqidagi yoki bunday taqiq olib tashlanganligi toʻgʻrisidagi;
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit bitimi bilan bogʻliq mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Kredit tarixi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit tarixi — kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyektiga nisbatan shakllantirilgan kredit axboroti majmui.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit tarixi oʻz ichiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektini identifikatsiyalash imkonini beradigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektining kredit bitimlari toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning ijro etilishi holati haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektining fuqarolik-huquqiy shartnoma boʻyicha pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning kredit bitimi tuzishini taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza yuborilgan sana va vaqt, taqiq belgilangan yoki olib tashlangan sana va taqiq shartlari haqidagi;
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tarixini shakllantirish sanasi toʻgʻrisidagi, shuningdek kredit tarixini shakllantirgan kredit byurosi haqidagi maʼlumotlarni olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit tarixiga kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti subyektining bajarilish sanasidan eʼtiboran besh yildan koʻp vaqt oʻtgan pul summasini toʻlash majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Kredit hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit hisoboti — kredit tarixi tarkibiga kiruvchi axborotni toʻliq yoki qisman oʻz ichiga olgan hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit hisobotining shakli, mazmuni va uni taqdim etish tartibi kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit hisoboti kredit byurosi tomonidan quyidagilarga taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotidan foydalanuvchiga — kredit axboroti subyektining roziligi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektiga — mazkur kredit axboroti subyektining barcha kredit axboroti yetkazib beruvchilari va kredit axborotidan foydalanuvchilarining identifikatsiya maʼlumotlari koʻrsatilgan soʻrovi boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit hisoboti kredit byurosi uni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov olgan kundan eʼtiboran ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit hisoboti faqat bitta kredit axboroti subyekti xususida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Kredit byurosi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi — qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan va kredit axboroti almashinuvini amalga oshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori ikki milliard soʻmni tashkil etishi kerak.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosining faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi oʻzining firma nomi davlat tilida toʻliq yozilgan hamda joylashgan yeri koʻrsatilgan yumaloq muhrga ega boʻlishga haqli. Muhrda bir vaqtning oʻzida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham koʻrsatilishi mumkin.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosining firma nomida “kredit byurosi” degan soʻz birikmasi yozilgan boʻlishi kerak. Ushbu Qonun talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs oʻz nomida “kredit byurosi” degan soʻz birikmasidan foydalanishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi oʻzining firma nomi yozilgan shtamplarga, blankalarga va oʻz emblemasiga ega boʻlishga haqli.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashgan yeri (pochta manzili) koʻrsatilgan holda ariza berilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassislar umumiy yigʻilishining kredit byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bayonnomasi yoki yagona muassisning kredit byurosini tashkil etish haqidagi qarori;
(8-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosining taʼsis hujjatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosining rahbari va muassislari (muassisi) haqidagi maʼlumotlar;
(8-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosining ustav fondi (ustav kapitali) shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
(8-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosi binosida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
(8-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojining miqdori qonunda belgilanadi. Kredit byurosiga litsenziya berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
(8-moddasining beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi OʻRQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsis hujjatlari va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonunchilikka muvofiq boʻlmaganda;
(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud boʻlmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosining rahbari belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror rad etish sabablari hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, takroran koʻrib chiqish uchun ariza berishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi. Bunda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni va litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qayta rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, shuningdek uni bekor qilish yoki qayta rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning bekor qilinishi kredit byurosining kredit axboroti almashinuvi bilan bogʻliq ilgari amalga oshirilgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishga sabab boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin kredit byurosi bu haqda bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yozma shaklda xabar qiladi va ikki oy mobaynida ommaviy axborot vositalarida har hafta tegishli eʼlon berib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi qayta tashkil etilgan taqdirda kredit axboroti maʼlumotlar bazasi kredit byurosining huquqiy vorisiga, agar u litsenziyaga ega boʻlsa, topshiriladi. Bu holda kredit byurosining huquqiy vorisi bu haqda kredit axboroti yetkazib beruvchilarni va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini kredit axboroti maʼlumotlar bazasi olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yozma shaklda xabardor etishi shart. Bunda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan eʼlonlarda kredit byurosining kredit axboroti maʼlumotlar bazasi uning huquqiy vorisiga topshirilganligi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kredit byurosining huquqiy vorisi litsenziyaga ega boʻlmasa, shuningdek kredit byurosi tugatilgan, litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki u bekor qilingan hollarda kredit axboroti maʼlumotlar bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tekin topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit byurolari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish borasidagi vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti almashinuvi sohasida oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurosini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi.
(12-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi OʻRQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurolarining davlat reyestrini va Kredit axborotining davlat reyestrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurolari uchun ichki audit oʻtkazishga, yillik hisobotlar tuzishga, shuningdek kredit axboroti himoya qilinishini taʼminlovchi dasturiy-texnikaviy kompleksning parametrlari va joylashuviga doir majburiy talablarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurolarining faoliyatiga taalluqli hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurolarining faoliyatini belgilangan tartibda tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosining rahbariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik talablarini buzganlik uchun kredit byurolariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllaydi.
(12-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qonunchilikka muvofiq kredit byurolarining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit bitimini tuzishi taqiqlangan shaxslarning oʻzaro muvofiqlashtirilgan reyestrini kredit byurolari tomonidan yuritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121-modda. Kredit byurolariga nisbatan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi uchun kredit byurolariga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi va kredit byurolari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik talablariga rioya etmaganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurolari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini buzganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qoidabuzarliklar aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi choralar va sanksiyalarni qoʻllashga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurolariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida, shu jumladan kredit byurolari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima undirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Choralar va sanksiyalarni qoʻllashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni hisobga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoidabuzarliklarning xususiyatini, miqyosini va oqibatlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoidabuzarliklarning tizimliligi va davomiyligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻllaniladigan choralar va (yoki) sanksiyalar natijasida vaziyatni oʻzgartirish imkoniyatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan qoidabuzarliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari qoʻllanilgan choralar va sanksiyalarning samaradorligini (natijadorligini).
(121-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun. Mazkur moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi 2026-yil 1-iyuldan eʼtiboran amalga kiritiladi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Kredit byurosining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa bitimlar tuzishga;
(13-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotini yetkazib beruvchilardan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axboroti taqdim etishini talab qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axboroti subyektlarining kredit qobiliyatini, moliyaviy holatini, toʻlov qobiliyatini va toʻlov intizomini baholashda koʻmaklashish maqsadida maslahat xizmatlari hamda boshqa xizmatlar koʻrsatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotini yetkazib beruvchilarga kredit axborotini taqdim etishda koʻmaklashishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektlari reyting bahosini hisoblash uslubini ishlab chiqish va undan foydalanishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa kredit byurolaridan kredit axborotini soʻrab olishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Kredit byurosining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotining elektron shakldagi maʼlumotlar bazasini yuritishi va uni muntazam ravishda yangilab borishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay uni kredit tarixining tarkibiga kiritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotining xolisligi va ishonchliligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni himoya qilish xizmatini tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti almashinuvini faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektlariga, kredit axborotini yetkazib beruvchilarga va kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axborotidagi notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni aniqlash hamda tuzatishda koʻmaklashishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektining reyting bahosini hisoblash uslubini va kredit axboroti subyektini reyting baholashga taʼsir qilgan omillarni kredit axboroti subyektining yoki kredit axborotidan foydalanuvchining talabiga koʻra tushuntirib berishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida jismoniy shaxsning mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi axborotni kredit axboroti subyektlariga va kredit axborotidan foydalanuvchilarga ularning soʻrovlariga asosan berishi;
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni va boshqa maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotining besh yil mobaynida saqlanishini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Kredit byurosining yillik hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosining oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yillik hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmasdan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yillik hisobot mazmuniga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti kredit axborotini yetkazib beruvchilar tomonidan kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida kredit byurolariga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikka muvofiq taqdim etilishiga ruxsat berilgan axborotni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari — Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing, sugʻurta tashkilotlari, tovar isteʼmol kreditlarini beruvchi tashkilotlar — kredit byurolariga taqdim etishi shart.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti, qoida tariqasida, elektron shaklda taqdim etiladi. Kredit axborotining qogʻozda taqdim etilishi kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini yetkazib beruvchilar kredit axborotini kredit byurolariga kredit axboroti subyektining roziligisiz taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurolari kredit axboroti subyektining roziligisiz oʻzaro kredit axborotini almashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish tijorat, bank sirining yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning buzilishi deb hisoblanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161-modda. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs oʻzining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun oʻzi bilan kredit bitimini tuzishni kredit byurosiga ariza kiritish orqali taqiqlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari orqali yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza olingan paytdan eʼtiboran kredit byurosi tomonidan darhol kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda mazkur xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul asosda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning kredit bitimini tuzishini taqiqlash toʻgʻrisidagi arizalari roʻyxati kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida kredit byurolari tomonidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestridan kredit bitimini tuzish taqiqi mavjudligi yoki bunday taqiq olib tashlanganligi toʻgʻrisidagi axborotni olmasdan turib kredit bitimini tuzish taqiqlanadi. Bunda banklar yoki nobank kredit tashkilotlari yoxud mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari jismoniy shaxsning ishtirokisiz yoki xabarisiz amalga oshirilgan kredit bitimidan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotidan foydalanuvchilar jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi axborotni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestridan bepul asosda oladi.
(161-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Kredit byurosiga kredit axborotini taqdim etuvchi organlar va tashkilotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti kredit byurosiga uning soʻroviga muvofiq quyidagilar tomonidan taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarni, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni va unga doir bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan — Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga va koʻchmas mulk haqidagi boshqa ochiq foydalaniladigan maʼlumotlar bazalariga kiritilgan maʼlumotlar hajmida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlari tomonidan — soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisoboti toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar organlari tomonidan — berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar toʻgʻrisida, shu jumladan yoʻqolgan yoki amal qilish muddati tugagani oʻrniga berilgan pasportlar yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalar haqida, shuningdek avtomototransport vositalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda ularning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida;
(17-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notarial idoralar tomonidan — bitim predmeti boʻlgan obyektni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi toʻgʻrisida;
(17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni beruvchi organlar tomonidan — ushbu hujjatlar berilganligi faktlari toʻgʻrisida, litsenziyaning va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi haqida, shuningdek ularning bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti kredit byurosiga qonunchilikka muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan ham taqdim etilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi kredit axborotini kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma asosida kredit axborotini yetkazib beruvchilardan oladi va kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchilarga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnoma kredit byurosi tomonidan kredit axboroti subyekti yoki kredit axborotini yetkazib beruvchi yoxud kredit axborotidan foydalanuvchi bilan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotining turi, shakli, uni taqdim etish va yangilash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflarning kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilishni taʼminlashga doir huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotidagi notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni aniqlash va tuzatishda taraflarning hamkorligi tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomada qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham boʻlishi mumkin.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Kredit axboroti subyektining kredit hisobotini kredit byurolariga taqdim etishga roziligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurosi kredit hisobotini kredit axborotidan foydalanuvchiga faqat kredit axboroti subyektining roziligi bilan taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi qonunchilikka muvofiq yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida kredit axborotining sanasi, kredit axborotidan foydalanuvchi va kredit hisobotini taqdim etish maqsadi koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Kredit hisoboti faqat kredit axboroti subyektining roziligida koʻrsatilgan kredit axborotidan foydalanuvchiga taqdim etiladi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi bir oy mobaynida haqiqiydir. Agar kredit axboroti subyekti va kredit axborotidan foydalanuvchi oʻrtasida kredit bitimi tuzilsa, unda mazkur rozilik tegishli kredit bitimi amal qiladigan butun muddat mobaynida haqiqiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida besh yil mobaynida saqlanishi kerak. Agar kredit axboroti subyekti va kredit axborotidan foydalanuvchi oʻrtasida kredit bitimi tuzilsa, unda kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini taqdim etishga roziligi kredit axborotidan foydalanuvchida kredit bitimi ijro etilgan sanadan keyin besh yil mobaynida saqlanishi lozim. Kredit axborotidan foydalanuvchi kredit byurosining talabiga koʻra mazkur rozilikni tanishish uchun uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Kredit axborotini yetkazib beruvchining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini yetkazib beruvchi:

kredit byurosidan litsenziyasi mavjudligini talab qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotini bir nechta kredit byurosiga taqdim etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini yetkazib beruvchi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini yetkazib beruvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosiga haqiqiy maʼlumotlarga asoslangan xolis, ishonchli va yangilangan kredit axborotini taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosiga kredit axborotidagi oʻzgarishlar va yangilashlar haqida oʻz vaqtida xabar qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosiga berilgan kredit axborotiga belgilangan tartibda, kredit axboroti subyektining talabiga koʻra oʻzgartirishlar kiritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq kredit byurosiga maʼlumotlar uzatish tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini yetkazib beruvchining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Kredit axborotidan foydalanuvchining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotidan foydalanuvchi:

bir nechta kredit byurosidan kredit hisobotlarini olishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan kredit hisobotining xolisligi va ishonchliligi yuzasidan kredit byurosiga oʻz fikr-mulohazalarini bildirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurolaridan kredit axboroti subyektining reyting bahosini hisoblash uslubini hamda kredit axboroti subyekti reyting bahosiga taʼsir qilgan omillarni tushuntirib berishni talab qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotidan foydalanuvchi qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotidan foydalanuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyekti toʻgʻrisidagi kredit hisobotini kredit byurosidan olish uchun kredit axboroti subyektidan rozilik soʻrashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit hisobotining maxfiyligi va but saqlanishiga rioya etishi hamda unda mavjud boʻlgan kredit axborotini uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit hisobotidan faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyekti xususida olingan kredit hisobotining koʻchirma nusxasini uning soʻroviga koʻra taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axboroti subyektining oʻzi haqidagi kredit hisobotini berishga ilgari olingan roziligini tanishib chiqish uchun kredit byurosining talabiga koʻra unga uch ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotidan foydalanuvchining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Kredit axboroti subyektining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti subyekti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosidan oʻzi haqidagi kredit hisobotini olish, shu jumladan bir yilda bir marta tekinga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishi maqsadi toʻgʻrisida va kredit hisoboti taqdim etilgan kredit axborotidan foydalanuvchilar haqida kredit byurosidan axborot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotidan foydalanuvchidan oʻzi haqidagi kredit hisobotining koʻchirma nusxasini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi haqidagi kredit axborotida xolis, ishonchli va yangilangan maʼlumotlar aks ettirilishi maqsadida unga oʻzgartirishlar kiritishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit axborotini kredit byurolariga oʻz vaqtida taqdim etishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi haqidagi kredit tarixiga aniqliklar kiritishni kredit byurosidan talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishiga rozilik berishni rad etish yoki uning kredit byurolari tomonidan taqdim etilishini taqiqlash (taqiqni olib tashlash);
(22-moddaning birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosiga qilgan murojaati oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash toʻgʻrisidagi ariza bilan belgilangan tartibda murojaat etish;
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 4-martdagi OʻRQ-1043-sonli Qonuniga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit byurosida mavjud boʻlgan oʻzi haqidagi kredit axborotidan, qanday maqsadlarda boʻlishidan qatʼi nazar, foydalanish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti subyekti qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Kredit axborotini saqlash va himoya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar va kredit axborotidan foydalanuvchilar kredit axborotining saqlanishini hamda ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, uni yoʻq qilib yuborishdan, oʻzgartirishdan, undan foydalanishdan yoki uni oshkor etishdan himoya qilinishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit byurolari, kredit axborotini yetkazib beruvchilar, kredit axborotidan foydalanuvchilar, ularning rahbarlari va boshqa xodimlari kredit axboroti almashinuvi jarayonida oʻzlari olgan yoki oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini tashkil etuvchi maʼlumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan oʻziga ishonib topshirilgan yoki maʼlum boʻlib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar bunday maʼlumotlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) tugatilganidan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Kredit axborotini taqdim etishga va uning almashinuviga doir cheklashlar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini taqdim etish va uning almashinuvi faqat kredit bitimini tuzish, oʻzgartirish hamda kredit bitimining ijrosini monitoring qilishdagi tavakkalchilikni baholash maqsadida, shu jumladan kredit axboroti subyektlarini reyting asosida baholash orqali, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan maqsadda va qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi arizaga asosan kredit axboroti subyektining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining hamda oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) toʻlovga qobiliyatliligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga kredit axboroti taqdim etiladi hamda uning almashinuvi amalga oshiriladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-1102-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotining ushbu modda birinchi qismida nazarda tutilmagan maqsadlarda taqdim etilishiga va almashinuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axborotini, kredit tarixini, kredit hisobotlarini, shuningdek boshqa axborotni kredit axborotidan foydalanuvchi boʻlmagan shaxslarga taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti almashinuvi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 2012-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-301-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 412-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 05.03.2025-y., 03/25/1043/0217-son; 17.12.2025-y., 03/25/1102/1173-son; 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son)