Toshkent viloyati hokimining
Qarori
TOShKENT VILOYaTI HUDUDIDA DAVLAT KOʻChMAS MULKIDAn FOYDALANGANLIGI UChUN QOʻLLANADIGAN IJARA TOʻLOVINING ENG KAM STAVKALARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda), Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari toʻplami, 2009-yil, № 15, 186-modda) talablari asosida, viloyatdagi bino-inshootlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda shuningdek, boʻsh turgan bino va inshootlarni, kutilayotgan harajatlar bilan korxona va tashkilotlarning ijara toʻlovidan tushadigan daromadlarni tartibga solish, ulardan oqilona foydalanish maqsadida, qaror qilaman:
1. Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Davlat mulki qoʻmitasining 2-1-7/7-607, 08-01-32-14/415, 01/16-18/16-son xatlari inobatga olinsin.
3. Viloyat hududida qoʻllanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari mazkur qaror tasdiqlangan kundan kuchga kiritilsin.
4. Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi qoshidagi “TOSHKENT VILOYATI DAVLAT MILKINI IJARAGA BERISH MARKAZI” Davlat unitar korxonasi (A. Xakimov)ga viloyatda hozirgi kunda foydalanilmayotgan boʻsh turgan bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni aniqlab, tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berish, viloyatda qoʻshimcha ishchi oʻrinlarni yaratish maqsadida har chorakda qilingan ishlar yuzasidan viloyat hokimligiga hisobot berib borish.
5. Belgilab qoʻyilsinki, ijaraga beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxsga) ijaraga berilayotgan mulklarni va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish, ijaraga beriladigan mulklar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish hamda ijaraga berilgan mulkni har chorakda xatlovdan oʻtkazishga shaxsan masʼuldir.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan viloyat hokimining joriy yil 12-yanvardagi 12-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-iyul,
151-son
Viloyat hokimining 2009-yil 20-iyuldagi 151-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshkent viloyatida Davlat koʻchmas mulkidan fondalanganligi uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining
ENG KAM MIqDORDAGI STAVKALARI
| № | Faoliyat turi kodlari | Ijarachilar faoliyatining turi | Yillik eng kam stavka 1 kv.m/sum |
| Sanoat | |||
| 1. | 13140 | Elim buyumlari, shisha-tola materiallari, shisha-yelimlar va ulardan buyumlar yasash sanoati | 1650 |
| 2. | 14000 | Mashinasozlik va metallga ishlov berish (tibbiyot texnikasi sanoatisiz) | 1500 |
| 3. | 14200 | Dastgoh qurilish va asbobsozlik sanoati | 1650 |
| 4. | 14330 | Hisoblash texnikasi vositalari sanoati | 1500 |
| 5. | 14400 | Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi | 1300 |
| 6. | 14500 | Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik | 1400 |
| 7. | 14600 | Engil va oziq-ovqat sanoati va maishiy asbob-uskunalar uchun mashinasozlik | 1250 |
| 8. | 14710 | Sanitariya-texnika va gaz asbob-uskunalari va buyumlarini ishlab chiqarish | 1650 |
| 9. | 14780 | Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari | 1650 |
| 10. | 14900 | Mashina va asbob-uskunalarini taʼmirlash | 2500 |
| 11. | 19400 | Matbaa sanoati | 4500 |
| 12. | 19750 | Foto, kino mahsulotlari ishlab chiqarish | 7500 |
| Qurilish va qurilish materiallari | |||
| 13. | 14810 | Metall konstruksiyalarini ishlab chiqarish | 1650 |
| 14. | 14840 | Noishlab chiqarish ahamiyatidagi metall buyumlarini ishlab chiqarish | 1650 |
| 15. | 15200 | Yogʻochga ishlov berish sanoati | 1650 |
| 16. | 15270 | Mebel sanoati | 1650 |
| 17. | 15300 | Sellyuloza-qogʻoz sanoati | 1650 |
| 18. | 16100 | Qurilish materiallari sanoati | 1650 |
| 19. | 16230 | Ohak, gips va mahalliy yopishqoq materiallar va ulardan buyumlar sanoati | 1650 |
| 20. | 60000 | Qurilish | 1650 |
| 21. | 66000 | Loyiha, loyiha - qidiruv tashkilotlari | 1750 |
| Engil sanoat | |||
| 22. | 17100 | Toʻqimachilik sanoati | 1650 |
| 23. | 17200 | Tikuvchilik sanoati | 1650 |
| 24. | 17300 | Teri, moʻyna va poyabzal sanoati | 1650 |
| 25. | 17900 | Engil sanoatning boshqa ishlab chiqarishlari | 1650 |
| Oziq-ovqat sanoati | |||
| 26. | 18100 | Tam beruvchi sanoat (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq va sut sanoatidan tashqari) | 1650 |
| 27. | 18170 | Choy sanoati | 1650 |
| 28. | 18200 | Goʻsht va sut sanoati | 1650 |
| 29. | 19200 | Un-yorma va omixta-em sa�oati | 1650 |
| 30. | 19700 | Sanoatning boshqa tarmoqlari | 1650 |
| Qishloq xoʻjaligi | |||
| 31. | 21200 | Chorvachilik | 650 |
| 32. | 21240 | Parrandachilik | 650 |
| 33. | 31000 | Oʻrmon xoʻjaligining ishlab chiqarish korxopalari, 1ga | 434004 |
| 34. | 22200 | Veterinariya xizmati | 2250 |
| Transport va aloqa | |||
| 35. | 52000 | Aloqa | 2850 |
| 36. | 52100 | Pochta aloqasi | 1500 |
| 37. | 52200 | Kuryerlik aloqasi | 2850 |
| 38. | 52300 | Elektr-radio-uyali va peydjing aloqasi | 12814 |
| Savdo va umumiy ovqatlanish | |||
| 39. | 71100 | Ulgurji savdo | 3950 |
| 40. | 71200 | Chakana savdo | 3950 |
| 41. | 71212 | Apteka muassasalari | 2600 |
| 42. | 71300 | Umumiy ovqatlanish (Oʻquv yurtlarida) | 3900 1950 |
| Uy-joy-kommunal xoʻjaligi | |||
| 43. | 90220 | Mehmonxona xoʻjaligi | 4000 |
| 44. | 90300 | Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari | 2650 |
| 45. | 91000 | Sogʻliqni saqlash, jismoniy madaniyat va ijtimoiy taʼminot | 2250 |
| 46. | 91610 | Sogʻlomlashtirish muassasalari va dam olish muassasalari | 2850 |
| 47. | 91700 | Jismoniy madaniyat va sport | 1450 |
| 48. | 92200 | Ishchi va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish | 1500 |
| 49. | 93000 | Madaniyat va sanʼat | 3600 |
| 50. | 93620 | Kinostudiyalar, ovoz yozish studiyalari | 3500 |
| 51. | 82100 | Internet va kompyuter tarmogʻi xizmatlari koʻrcatish | 3650 |
| 52. | 19740 | Choyshab va matodan yasalgan boshqa buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash, yuvish va ishlov berish | 1650 |
| 53. | 97000 | Boshqaruv Davlat tashkilotlari, Tijorat tashkilotlari | 1750 5000 |
| Moliya-kredit faoliyati | |||
| 54. | 96000 | Moliya, kredit (sugʻurta va auditorlik faoliyatidan tashqari), pensiya taʼminoti | 3950 |
| 55. | 96100 | Bank faoliyati | 4000 |
| Boshqa faoliyat turlari | |||
| 56. | 96200 | Sugʻurta | 3950 |
| 57. | 84300 | Reklama, vakillik xizmati | 2950 |
| 58. | 84400 | Auditorlik faoliyati | 3700 |
| 59. | 84500 | Tijorat faoliyati, moliya va boshqaruv masalalari boʻyicha marketing tadqiqotlari, maslahatlar | 3700 |
| 60. | 87100 | Tahririyatlar va nashriyotlar | 2000 |
| 61. | 91600 | Dam olish va turizm | 2850 |
| 62. | 92310 | Bolalar umumiy taʼlim maktablari | 1100 |
| 63. | 92400 | Makgabgacha tarbiya | 1100 |
| 64. | 95000 | Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish | 1750 |
| 65. | 98000 | Jamoat birlashmalari | 1100 |
Ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyent:
Maʼmuriy binoning holati va qurilish turiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Hududiy zonalar koeffitsiyenti (Kz) viloyat hududi zonalari roʻyxati ilova qilinadi.
2. Binoning qurilish turi boʻyicha koeffitsiyenti (Kq)
alohida turgan bino — 1,5
qoʻshimcha qurilgan bino — 1,0
binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona — 0,7
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0,5
3. Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh)
er maydoni mavjud boʻlganda — 0,7
4. Tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (Ko)
asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,5
ikkinchi darajali avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,4
Binoning holati va qurilish turi boʻyicha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar qoʻshiladi.
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es * Kz * ( Kq+Kh+Ko).
bunda:
Ts — bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka.
Viloyat hokimining 2009-yil 20-iyuldagi 151-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Hududiy zonalar
| № | Shahar va tumanlar nomi | Zonalar | Hududiy zonalar koeffitsiyenti |
| 1. | Olmaliq shahri, Angren shahri, Chirchiq shahri | 1.2.3 | 1.8 dan — 2.7gacha |
| 2. | Ohangaron shahri, Bekobod shahri, Yangiyoʻl shahri | 1.2.3 | 1.7 dan — 2.3gacha |
| 3. | Zangiota tumani, Qibray tumani, Toshkent tumani | 1.2.3 | 1.5 dan — 2.2gacha |
| 4. | Qolgan tumanlar (jami 12 ta) | 1.2 | 1.5 dan — 1.8gacha |