ILOVA
ILOVA
|
A. KIRISH |
| • Titul varagʻi (boshqaruv organi, METH nomi, tayyorlanish sanasi, boshqarish rejasi (BR) ning amal qilish muddati) • Muqaddima • Tayyorlashda ishtirok etgan shaxslar va tomonlar • BRni ishlab chiqish jarayonida qoʻllanilgan adabiyot, arxiv, boshlangʻich uslubiy va meʼyoriy materiallarning xarakteri, izhorlar, minnatdorchiliklar • Mazmun jadvali • Foydalanilgan qisqartirishlar |
|
B. METH TAVSIFI |
| B 1. Asosiy maʼlumotlar B1.1. Joylashgan yer tavsifi METH hududi va qoʻriqlash zonasining maʼmuriy taalluqliligi. Hududning maydoni. METHning yirik tabiiy-geografik tuzilmalar va birliklarga (tizmalarga, platolarga) taalluqliligi. METHning geografik hamda maʼmuriy taalluqliligini aks ettiradigan xarita, METHning yuridik manzili, shuningdek, bogʻlanish uchun zarur aloqalar keltiriladi. Hudud xaritasi, geografik koordinatlar (uzoqligi va kengligi)ni kiritish lozim. |
| B 1.2. Boshqaruv uchun huquqiy va maʼmuriy tuzilma Xronologik tartibda tegishli qarorlar, sanalar, qoʻshib olingan yoki ajratib tashlangan uchastkalarning nomlari, maydonlari tavsiflanadi. METHning zamonaviy maqomi, zarur hollarda uning yaqin istiqbollari tavsiflanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hudud va hokimiyat rahbarlari huquqlarini belgilaydigan qonunlar, nizomlar va qarorlar. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi. Milliy va xalqaro belgilagan maqsadlar. B 1.3. Maqsad va vazifalar METHni, uning maqomi va haqiqiy imkoniyatlariga yoʻnaltirilgan holda, asosiy vazifalarini bajarishga moʻljallangan, shu jumladan, universal ahamiyatli joriy maqsadlari va vazifalari keltiriladi. B 1.4. Mavjud boshqarish dasturlari Avvalgi va amaldagi Boshqaruv rejalari keltiriladi. Mavjud rejada foydalanilgan materiallar, ularning zamonaviyligi va dolzarbligi. Shuningdek, istiqbolli, yillik va joriy rejalar, faoliyatni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari, dastur va jadvallari, ular bajarilishining muvaffaqiyatliligi, unga toʻsqinlik qiluvchi omillar va kamchiliklar. B 1.5. Xarita, sunʼiy yer yoʻldoshi (sputnik) dan olingan va boshqa fotosuratlar Mavjud xaritalar, GAT(GIS) geoinformatsion tasvirlari va sunʼiy yer yoʻldoshidan olingan tasvirlar sanab oʻtiladi. |
| B 2. Fizikaviy -geografik va ekologik tavsifi Hududning muhim fizikaviy xarakteristikalari, flora (oʻsimlik dunyosi) va faunasining (hayvonot dunyosi) tavsifi, populyatsiyalar (koʻpayish) koʻlami, boshqa ekologik ahamiyatli xususiyat va jarayonlar keltiriladi. Zarur hollarda noyob va endemik taksonlar turlarining mavjudligi qayd etilgan boʻlishi bilan bir qatorda ularning roʻyxati keltirilishi lozim. Shuningdek, mavjud tabiiy resurslar hajmini koʻrsatish zarur. B2.1. Relyefi/geologiyasi/gidrologiyasi/tuprogʻi/iqlimi B2.2. Biologik xilma-xillik: biogeografiya, florasi va faunasi B2.3. Ekotizimlar/landshaftlar |
| B 3. Meros obyektlari B 3.1. Tabiiy meros obyektlari Hududning noyob landshaftlar, ekotizimlar, jamoalar, flora va faunaning alohida ahamiyatli vakillari toʻplangan joy sifatida qiymati ochib beriladi. Hudud endemik turlar toʻplami yoki boshqa noyob tabiiy ajoyibotlarni oʻz ichiga olishi mumkin. |
| B 3.2. Tarixiy va madaniy meros obyektlari Davrlar va madaniyatlar almashinuvi haqida tarixiy maʼlumotlar, aholining oʻtmishi va zamonaviy hayot tarzi, urf-odatlarida, METHda yoki uning yon-atroflarida joylashgan tarixiy va madaniy meros obidalari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi, bunday maʼlumotlar axborot va bilim darajasini oshirish uchun ahamiyatlidir. |
| B 4. Ilmiy-tadqiqotlar tarixi METHda amalga oshirilgan tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tarixiy maʼlumotlar, shuningdek ularning tizimliligi va izchilligi haqidagi maʼlumotlar keltiriladi. |
| B 5. Boshqarish va nazorat METHning davlat boshqaruvi tizimi aks ettiriladi: uning turli davlat va maʼmuriy boshqaruv darajalardagi boʻysunishi, faoliyatini muvofiqlashtirish va qarorlar qabul qilish. B 5.1. METH rejimi METHning maqomidan kelib chiqqan holda, oʻrnatilgan rejimi toʻgʻrisidagi maʼlumot keltiriladi. Nima taqiqlangan, nimaga ruxsat etilgan. B 5.2. METHni boshqarish Xodimlarning shtat tuzilmasi: asosiy boʻlimlar va boʻlinmalar, ulardagi xodimlar soni va toʻliqligi, funksional vazifalari, oʻzaro harakatlar chizmasi. B 5.3. Mulk va huquqlari METHning asosiy mulkchilik toifalari (umumdavlat/mintaqaviy, xususiy/ jamoat, nodavlat) koʻrsatiladi. Mulkdorlar, mulk turi, umumiy maydoni, mulkning sotib olingan sanasi, qonuniy huquqlari, boshqaruv va kelishuv sohasidagi mavjud siyosat keltiriladi. |
| B 6. Resurslarni boshqarish B 6.1. Infratuzilma va rivojlantirish Ijtimoiy va jamoatchilik infratuzilmasi (yoʻllar, maktablar, tibbiy idoralar xonalari va asbob-uskunalari, suv va elektr energiyasini uzatish, aloqa vositalari va hokazo) sanab oʻtiladi. Muhim sanoat va tijorat infratuzilmalari (toʻgʻonlar, zavodlar va hokazo) sanab oʻtiladi. B 6.2. METHning moddiy-texnik bazasi Asbob-uskunalar, transport va aloqa vositalari, formalar, qurollar va boshqalarning mavjudligi va holati aks ettiriladi. B 6.3. Jamgʻarmalarni saqlash Ilmiy kolleksiyalarning mavjudligi va holati, ularni saqlash sharoitlari qayd etiladi. Bundan tashqari ish yuritilishi, arxivning mavjudligi va holati aks ettiriladi. B 6.4. Yerdan foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat Resurslardan (yer, suv, biologik) asosiy va qoʻshimcha foydalanish tavsiflanadi B 6.5. Mahalliy jamoalar va aholi METH yoki uning alohida uchastkalarining maʼmuriy mansubligi (maydonlar koʻrsatilgan holda), tutash aholi punktlarining nomlari, aholining soni va zichligi, ularning METHga taʼsiri, aholining etnik tarkibi va demografik tendensiyalar, bandligi va ularning asosiy faoliyat turlari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek METH atrofidagi vaziyatga umumiy baho berishga koʻmaklashadigan boshqa maʼlumotlar keltiriladi. B 6.6. Dam olish va turizm Muhofaza qilinadigan va unga tutash hududlarning turistik va rekreatsion salohiyati tavsiflanadi. Kelib-ketishlar va turistik hamda rekreatsion faoliyatning turlari keltiriladi. B 6.7. Axborot, xabardorlik, taʼlim Aholi bilan ekologik maʼrifiy va tushuntirish ishlarining holati, aholi xabardorligini oshirishga masʼul infratuzilmaning mavjudligi va rivojlanganligi. Mavjud muammolar va toʻlaqonli imkoniyatlar. B 6.8. Rivojlantirish tashabbuslari Tabiatni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan loyiha/dasturlarni amalga oshirishga va qoʻriqxona salohiyatini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan avvalgi, joriy va kutilayotgan homiylik/grant yordamlari. |
|
V. METHni BAHOLASH |
| V 1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning qimmatli obyektlari Ushbu hududga xos boʻlgan eng qimmatli va noyob xususiyatlar aniqlanadi. Biologik xilma-xillik (dastlabki yovvoyi nusxasiga yaqinliligi bilan)ning yuqori darajada saqlanganligi va toʻplanganligi bilan belgilanadigan qoʻshni mintaqalarga nisbatan ahamiyatliligi. Bunda quyidagilar: • biologik xilma-xillikning noyobligi; • tabiiy va madaniy meros obyektlari; • ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlar; • rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun sharoitlar |
| V 2. Manfaatdor tomonlar Manfaatdor tomonlarga baho bergan holda maʼlumot keltiriladi. |
| V 3. Boshqarish samaradorligini chegaralaydigan omillar (tahdidlar, muammolar va hokazo.) Boshqarish rejasi eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan asosiy omillarga baho beriladi. Asosiy omillar: • uy-joy qurilishi va tijoratning rivojlanishi; • qishloq xoʻjaligi va suv obyektlari (akvakultura); • energetika va qazib chiqarish sanoati; • transport vositalari va servis yoʻlaklari; • biologik resurslardan foydalanish; • yangi aholi punktlarini bunyod qilish; • begona turlar va genlar; • ifloslanish; • tabiiy hodisalar; • boshqalar. |
| V 4. Boshqarish salohiyatini baholash Boshqaruv idoralarining (va hamkorlarning) qimmatbaho boyliklarni muhofaza qilish va tahdidlarni bartaraf etish chora-tadbirlari boʻyicha mavjud salohiyatiga baho beriladi. • moliyaviy mablagʻlar; • moddiy resurslar; • xodimlar/mehnat resurslari; • xodimlarning individual layoqatliligi; • rahbarlik; • manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik; • xabardorlik va jamoatchilik koʻmagi. |
|
G. METHni BOSHQARISH STRATEGIYASI |
| G 1. Muhofaza etiladigan hudud uchun uzoq muddatli vazifa Muayyan hududning uzoq muddatli oʻrni va vazifasi, shu hududning istiqboldagi asosiy koʻrinishi tavsiflanadi. |
| G 2. Zonalashtirish va makon rejasi Hududlarni zonalashtirish, ularning tashkil etish holatini asoslovchi xaritalar tayyorlanadi. Foydalanishning aniq tartibi bilan muhofaza rejimi tavsiflanadi. |
| G 3. Boshqarish dasturlari Boshqarish dasturlari keltiriladi. Har bir dasturlarga quyidagilar kiradi: • strategiyasi; • asoslanishi va siyosati; • dasturosti dasturlar; • har bir dasturosti dastur uchun strategik maqsad. |
|
D. TEZKOR REJA | |||||||||||||
| Har bir dasturosti dastur uchun standart shaklda besh yillik muddatga tuzilgan batafsil bajarish rejasi keltiriladi. | |||||||||||||
|
Dastur va vazifa |
| ||||||||||||
|
Dasturosti dasturi va maqsad |
| ||||||||||||
|
harakatlar |
koʻrsatkich |
ustuvorli |
N1 |
N2 |
N3 |
N4 |
N5 |
N6 |
N7 |
N8 |
N9 |
N10 |
Bajarilish boʻyicha masʼullar |
| | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | |
| Bajarilishi boʻyicha tadbirlar (tashkiliy, tabiat muhofazasi, texnikaviy va boshqalar). | |||||||||||||
| D 1. Boshqarish Quyidagi boʻlimlar tavsiflanadi: • boshqarish tizimi; • boshqarish jadvali; • ishtirok etish rejasi; • tarqatilishi va aloqa vositalari. |
| D 2. Resurslar rejasi Ushbu boʻlimda quyidagi taʼriflar tavsiflanadi: D 2.1. Mehnat resurslari (kadrlar) • tashkiliy tuzilma; • xodimlarga qoʻyiladigan talablar va lavozimlar tavsifi; • xodimlar tanlash siyosati; • oʻqitish ehtiyojlari. D 2.2. Asbob-uskunalar va infratuzilma • asbob-uskuna va infratuzilmaga boʻlgan ehtiyojlar; • taʼminot rejasi. D 2.3. Moliyalar • rejani bajarish uchun budjet; • moliyalash rejasi. |
| D 3. Nazorat va hisobot • biologik monitoring va hisobot; • ijtimoiy-iqtisodiy nazorat va hisobot; • idora ustidan nazorat (hisobot davri va boshqarish samaradorligi). |
| D 4. Rejalashtirish davri • yillik ish rejasi uchun format; • rasmiy tekshirish usullari; • rejaning moslashuv jarayoni; • yangi reja tayyorlash. |
|
___________ yil uchun harakatlarning yillik | ||||
|
Tadbirlar |
Amalga oshirilish joyi Bajaruvchilar F.I.O. va lavozimi |
Javobgar shaxs F.I.O. va lavozimi |
Harakatlar / vazifalar |
Muddatlar |
|
1. |
| | | |
|
1.1. |
| | | |
|
2. |
| | | |
|
2.1. |
| | | |
|
E. ILOVALAR |
|
E 1. Qoʻshimcha maʼlumotlar |
| E 2. Texnik ilovalar Loyiha tadbirlarini bajarish boʻyicha qoʻshimcha texnik maʼlumot ilova qilinadi. Misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi: • nazorat qilishning batafsil rejasi; • loyihalash uchun texnik meʼyorlar; • yaylovlarning holati va kartalar; • tashrif qiluvchilar markazining ish rejasi. |