Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017 27.01.2012 yildagi PQ-1694-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixi boʻyicha oʻquv-metodik, ilmiy-ommabop, maʼrifiy adabiyotlarni oʻrganish, tayyorlash va chop etish borasida ilmiy, madaniy, taʼlim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar oʻquvchilarida, oliy oʻquv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Jamoatchilik kengashi Oʻzbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va oʻqitish samaradorligini, shuningdek mazkur sohada ilmiy, oʻquv-metodik adabiyotlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sifatini oshirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oʻzbekistonning yangi tarixi markazi tugatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha Jamoatchilik kengashining tarkibi, Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1*-2**-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
**2-ilova rus tili matnida berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda oʻrganishni tashkil etish, shuningdek buyuk tarixiy-madaniy merosga ega boʻlgan va jahon tsivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qoʻshgan oʻzbek xalqining tarixiy oʻtmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv, ilmiy, oʻquv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda Oʻzbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek hozirgi Oʻzbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar tsivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bogʻliq holda koʻrib chiqishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini, fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishda “oʻzbek modeli”ning mohiyati va mazmunini, inson huquqlari hamda erkinliklarini taʼminlash, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash boʻyicha keng koʻlamli ishlarni, hozirgi dunyoda Oʻzbekistonning roli va oʻrnini chuqur oʻrganish va yaqqol koʻrsatib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy va oʻquv-metodik adabiyotlar, oʻquv dasturlari, mamlakatning taʼlim muassasalarida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi kursini oʻqitish darajasini tizimli ravishda monitoring qilish hamda ekspertizadan oʻtkazib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, oʻquv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash, tarixchi-pedagog kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarda tarixiy xotira, milliy oʻzligini anglash, yuksak maʼnaviyat, xalqning tarixiy anʼanalari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy chet el ilmiy va oʻquv adabiyotlarida Oʻzbekiston tarixini soxtalashtirish, buzib koʻrsatish faktlarini aniqlashga yoʻnaltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi Oʻzbekistonning tarixiy oʻtmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar toʻgʻrisidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamoatchilik kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olti oy muddatda Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha tadqiqot ishlarini, mamlakatimizda chop etilayotgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarni tanqidiy tahlil etib, mazkur sohada ilmiy-tadqiqot, taʼlim, maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatning samaradorligini oshirish, tarixchi-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish, boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlasin va tegishli ravishda koʻrib chiqish uchun kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch oy muddatda ushbu sohada tadqiqotlar va taʼlim berish darajasini oshirishga, zamonaviy Oʻzbekiston, uning tarixiy oʻtmishi toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni xalqaro jamoatchilikka yetkazishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekistonning eng yangi tarixi dolzarb masalalari boʻyicha 2012 - 2013-yillarda oʻtkaziladigan xalqaro va respublika ilmiy-nazariy hamda amaliy konferensiya va seminarlarining roʻyxatini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va muhokama qilish uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jamoatchilik kengashining ishchi organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz (keyingi oʻrinlarda – Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash, Oʻzbekistonning eng yangi tarixining dolzarb muammolarini ishlab chiqishni tashkillashtirish, oʻquv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, Kengash oldida turgan boshqa vazifalarni bajarish Markazning muhim vazifasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi hisoblanadi, direktor tomonidan boshqariladi, u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan tayinlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik kengashi va uning Markazini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oʻzbekistonning yangi tarixi markazi—yaʼni tugatilayotgan Markazning shtatlar soni hisobidan shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tuzilmasi, shtat jadvali va xodimlarning mehnatiga haq toʻlash razryadlari 3 — 5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 — 5- ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi uch oy muddatda Markazni tarix, tarixshunoslik, ijtimoiy fanlarning boshqa sohalarida yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni taʼminlasin, shuningdek Markazning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan foydalanishga asoslangan ilgʻor moddiy-texnik, ilmiy-metodik bazasini barpo etish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Markazni zamonaviy, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan jihozlanishini, keng yoʻlakli Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlinmalarining xarajatlar smetasi hamda shtatlar jadvaliga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari parametrlarida Markazga, uni taʼminlash uchun, shuningdek Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ilm-fanga ajratiladigan mablagʻlar doirasida zarur budjet mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga bitta xizmat yengil avtomobilini taʼminlash uchun limit belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari Markazga arxiv, axborot-tahlil materiallari va ular oldida turgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa materiallarni olishda yordam koʻrsatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “Oʻzbekistonning yangi tarixi” markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-sentabrdagi F-661-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 27-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1694-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 5-son, 42-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)