25.11.2011 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi PLENUMINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUDLAR TOMONIDAN OTALIKNI BELGILASHGA OID ISHLARNI KO‘RISHDA QONUNCHILIKNING QO‘LLANILISHI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikni qo‘llash amaliyoti sudlar oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni asosan to‘g‘ri hal etishayotganliklarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, sudlar faoliyatida mazkur qonunchilikni qo‘llashda xatoliklar ham mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Otalikni belgilashga oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikning sudlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tushuntirilsinki, davlat tomonidan onalik va bolalikning muhofaza qilinishi, bolalar huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining, ota-onaning kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, himoyalanishi kabi konstitutsiyaviy prinsipni ta’minlash sudlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan, sudlar otalikni belgilash to‘g‘risidagi ishlarni to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etishga nisbatan e’tiborni oshirishlari, mazkur toifadagi ishlarni sudda ko‘rishga puxta tayyorlashlari, ishning haqiqiy holatlari va taraflarning o‘zaro munosabatlarini to‘la aniqlash yuzasidan choralar ko‘rishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oila kodeksining 61-moddasiga ko‘ra, o‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilganda, otalik onaning va o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning birgalikdagi arizasiga muvofiq (bolaning onasi vafot etgan, u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, uning yashash joyini aniqlash imkoni bo‘lmagan yoki u onalik huquqidan mahrum etilgan hollarda — o‘zini bolaning otasi deb tan olgan shaxsning arizasiga muvofiq) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan otalikni belgilash rad etilganda, o‘z otaligini tan olgan shaxs tomonidan ma’muriy sudga shikoyat berilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning birgalikdagi arizasi yoki bola otasining arizasi bo‘lmasa, Oila kodeksining 61-moddasida ko‘rsatilgan hollarda otalik sud tartibida belgilanadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Otalikni belgilash to‘g‘risidagi masala sud tomonidan bolaning ota-onasidan birining, vasiy (homiy)si yoki bola qaramog‘ida bo‘lgan shaxsning yoxud voyaga yetganidan so‘ng bolaning o‘zi bergan arizaga muvofiq da’vo ishini yuritish tartibida hal etiladi (OK 62-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning onasi vafot etgan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ona qayerdaligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan yoki u onalik huquqidan mahrum etilgan hollarda ham, agar vasiylik va homiylik organi bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxsning arizasiga binoan otalikni belgilashga rozilik bermagan bo‘lsa, sud o‘sha shaxsning arizasiga muvofiq otalikni da’vo ishini yuritish tartibida belgilashi mumkin (OK 61-moddasi ikkinchi qismi).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oila kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, nikohda bo‘lmagan voyaga yetmagan ota-onadan bola tug‘ilgan holda ular o‘n olti yoshga to‘lganlaridan so‘ng otalikni belgilash to‘g‘risida mustaqil ravishda talab qo‘yishga haqlidirlar. Shu munosabat bilan sud ko‘rsatilgan shaxslarning otalikni belgilash to‘g‘risidagi arizasini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 195-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Otalikni belgilash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha taraf voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa, sud uning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoyasini ta’minlash maqsadida uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiysini qonuniy vakil sifatida ishda ishtirok etishga jalb etishi shart (FPK 42-moddasining ikkinchi qismi).
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Otalikni belgilash haqidagi ariza sudning ish yurituviga faqat bola tug‘ilganligi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etilganidan so‘ng va otasi haqidagi yozuv OK 207-moddasining uchinchi qismiga muvofiq amalga oshirilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilganda qabul qilinishi mumkin. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida bolaning tug‘ilganligi qayd etilmagan bo‘lsa, sud arizani qabul qilishni rad etadi. Bunday holda sud manfaatdor shaxsga tug‘ilishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga murojaat qilish huquqini tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning otasi to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshirilgan yozuv bola unda ko‘rsatilgan shaxsdan kelib chiqqanligini tasdiqlovchi dalil hisoblanishi tufayli, tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvida OK 207-moddasining birinchi va ikkinchi qismiga muvofiq bolaning otasi sifatida boshqa aniq shaxs ko‘rsatilgan holda ham sud arizani qabul qilishni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonunda mazkur toifa ishlar bo‘yicha da’vo muddati nazarda tutilmagan bo‘lib, otalik bola tug‘ilganidan so‘ng istalgan vaqtda belgilanishi mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, Oila kodeksi 62-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bolaga nisbatan otalik faqat uning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi, agar u muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, uning vasiysi yoki vasiylik va homiylik organining arizasiga asosan belgilanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinganda (emansipatsiya), bunday voyaga yetmaganga nisbatan ham faqat uning roziligi bilan otalik belgilanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda (OK 62-moddasi uchinchi qismi) otalikni belgilash to‘g‘risidagi nizolarni hal etish chog‘ida sud e’tiborga olishi zarur bo‘lgan muayyan shartlar belgilangan. Bu shartlar quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning onasi va javobgarning bola tug‘ilishiga qadar birgalikda yashaganliklari va umumiy ro‘zg‘or yuritganliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bolaning onasi va javobgar bolani birgalikda tarbiya qilganliklari yoki ta’minlab turganliklari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javobgar otalikni tan olganligini ishonchli tasdiqlovchi boshqa dalillar mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarga tushuntirilsinki, otalikni belgilash to‘g‘risidagi talablarni qanoatlantirish uchun ko‘rsatib o‘tilgan shartlardan bittasi ish bo‘yicha aniqlanishi yetarli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Javobgarning bolaning onasi bilan birgalikda yashaganliklari va umumiy ro‘zg‘or yuritganliklari oilaviy munosabatlarga xos bo‘lgan holatlar (homila paydo bo‘lgan vaqtda va bola tug‘ilgunga qadar bitta turar joyda yashash, umumiy budjet yuritish, birgalikda ovqatlanish, o‘zaro g‘amxo‘rlik, umumiy foydalanish uchun mol-mulk sotib olish va h.k.lar) mavjudligi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflar birgalikda yashashganmi va umumiy ro‘zg‘or yuritishganmi, degan masalani hal etishda sud alohida olingan har bir holda ishning muayyan holatlaridan va taraflar hayotining obyektiv shart-sharoitlaridan kelib chiqishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bola tug‘ilgunga qadar taraflar o‘rtasida bunday munosabatlarning tugatilishi, o‘z-o‘zidan, otalikni belgilash to‘g‘risidagi da’voni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi, ular homiladorlik boshlangunga qadar tugatilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bolani birgalikda tarbiya qilish bolaning onasi va javobgar bilan birga yashaganligida yoki javobgarning bola bilan munosabatga kirishib, unga nisbatan otalarcha g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatganligida namoyon bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bolaning birgalikda ta’minlab turilishi deganda, bola onasi va javobgarning qaramog‘ida bo‘lganligi yoki javobgar tomonidan bola ta’minoti uchun muttasil yordam ko‘rsatilib kelinganligi, bunday yordam miqdoridan qat’i nazar, tushunilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Javobgar tomonidan otalik tan olinganligini tasdiqlovchi boshqa dalillar sifatida sud ishonchli deb topgan har qanday faktik ma’lumotlar (xatlar, telegrammalar, fotosuratlar, anketalar, turli instansiyalarga yozilgan arizalar, raqamli dalillar, ekspertlar xulosasi), u bolaning otasi ekanligini tan olganligini tasdiqlovchi boshqa harakatlar, shuningdek guvohlarning ko‘rsatuvlari bo‘lishi mumkin. Bunday iqrorlik onaning homiladorligi davrida ham (masalan, bolalik bo‘lishni xohlash, bo‘lajak bolaning onasi haqida g‘amxo‘rlik), bola tug‘ilganidan so‘ng ham ifoda etilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sud FPK 15-moddasi talablariga muvofiq ishning haqiqiy holatlarini, taraflarning huquq va majburiyatlarini har taraflama, to‘liq va xolisona aniqlash uchun da’vogar tomonidan keltirilgan Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan u yoki bu holatlardan qat’i nazar, ushbu qonun normasida nazarda tutilgan e’tiborga molik boshqa holatlar mavjud bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlashi shart.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida sudya nizoni taraflarning o‘zaro roziligi bo‘yicha hal etish imkoniyatini aniqlashi, zarur hollarda, Oila kodeksining 62-moddasida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar suhbat davomida javobgar bolaning otasi ekanligini tan olsa, sud taraflarga otalikni OK 61-moddasining birinchi qismiga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga birgalikda ariza berish orqali ixtiyoriy rasmiylashtirish imkoniyatini tushuntirishi va shu maqsadlarda taraflarga muayyan muddat berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Otalik taraflarning birgalikdagi arizasiga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan belgilangan va bolaning tug‘ilganligi haqida guvohnoma taqdim etilganda, sud FPK 124-moddasining birinchi qismiga muvofiq ish bo‘yicha ish yuritishni tugatadi. Agar otalikni belgilash haqidagi da’vo bilan bir paytda aliment undirish to‘g‘risida talab qo‘yilgan bo‘lsa, ishning shu qismi sud tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Javobgar tomonidan otalik sud majlisida tan olinganda, sud FPK 44, 226-moddalariga muvofiq da’vo tan olinganligini qabul qilish masalasini muhokama qilishi va u qabul qilinganda, ish holatlarini mazmunan tekshirmasdan, otalikni belgilash to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning e’tibori javobgarning da’voni tan olganligi, ishga qo‘shib qo‘yiladigan, sudning nomiga yo‘llangan yozma arizada ifodalangan bo‘lishi va sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi shart ekanligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Otalikni belgilash shartlari, tartibi va huquqiy oqibatlari qonun bilan belgilanganligi sababli, sud bunday ish bo‘yicha kelishuv bitimini tasdiqlashga haqli emas.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Zarur hollarda bolaning kelib chiqishini (masalan, homila paydo bo‘lish vaqtini, urug‘lantirish qobiliyati bor-yo‘qligini va h.k.) aniqlash maqsadida sud, OK 62-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlar mavjud bo‘lganda, o‘z tashabbusi yoki taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha ish yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tayinlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday ekspertizalar tayinlashda sudlar Oliy sud Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi 24-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga asoslanishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, FPK 80-moddasiga muvofiq sud-tibbiy ekspertizasi, odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi xulosalari isbotlash vositalaridan biri hisoblanadi va shu sababli ular ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar majmui bo‘yicha baholanishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sudlar otalikni belgilash to‘g‘risidagi talabni otalikni tan olish faktini belgilash va otalik faktini belgilash to‘g‘risidagi alohida ish yuritish tartibida ko‘riladigan talablardan farqlashlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar otalikni tan olish faktini, otalik faktini belgilash to‘g‘risidagi arizani berish yoki ko‘rish vaqtida sudga taalluqli bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa, ariza ko‘rmasdan qoldiriladi, arizachi va boshqa manfaatdor shaxslarga nizoni da’vo ishlarini yuritish tartibida hal qilish huquqi tushuntiriladi (FPK 122-moddasining 7-bandi).
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zini bolaning otasi deb tan olgan, biroq bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda, sud uning otalikni tan olganligi faktini belgilashga haqli (1968-yil 1-oktabrga qadar tug‘ilgan bolalarga nisbatan bunday fakt faqat bola marhum vafot etgan paytda yoki oldinroq uning qaramog‘ida bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Otalikni tan olish fakti sud tomonidan vafot etgan shaxs bolaga nisbatan o‘zining otaligini tan olganligini ishonchli tasdiqlovchi har tomonlama tekshirilgan ma’lumotlarga asosan belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday fakt ishning muayyan holatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, o‘zini bo‘lajak bolaning otasi deb onaning homiladorligi davrida tan olgan shaxs vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga nisbatan ham belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxs vafot etgan holda, sud otalik faktini, ya’ni bolaning o‘sha shaxsdan kelib chiqqanligi faktini belgilashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1968-yil 1-oktabrdan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan otalik fakti OK 62-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan shartlardan hech bo‘lmaganda bittasini ishonchli tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lgandagina belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra otalikni belgilash haqidagi ish yopiq sud majlisida ko‘rilishi mumkin (FPK 12-moddasining uchinchi qismi).
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Otalikni, otalikni tan olish faktini, otalik faktini belgilashga oid hal qiluv qarorlari sud tomonidan har tomonlama tekshirilgan va arz qilingan talablarni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Hal qiluv qarorining xulosa qismida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida otalikni belgilashni qayd qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar (otaning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tug‘ilgan kuni, oyi, yili va tug‘ilgan joyi, millati, doimiy yashash va ish joyi) ko‘rsatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rgan holda otalikni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirsin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001-yil 1-iyundagi “Otalikni belgilash haqidagi ishlarni ko‘rishda sudlar tomondan qonunlarning tatbiq etilishi to‘g‘risida”gi 6-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 25-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-son