Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorini bajarish yuzasidan hamda ish haqining ragʻbatlantiruvchi rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2012-yil 1-yanvardan boshlab nul razryad bekor qilingan holda Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining boshlangʻich razryadi sifatida birinchi razryad belgilanganligi va amaldagi tarif koeffitsiyentlari, shuningdek tarif stavkalarini (lavozim maoshlarini) eng kam oylik ish haqidan kelib chiqqan holda belgilash tartibi saqlab qolinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanadigan xoʻjalik hisobidagi korxonalar va tashkilotlarga ularning moliyaviy imkoniyatlaridan va xoʻjalik faoliyati natijalaridan kelib chiqqan holda, xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish uchun asos sifatida Yagona tarif setkasining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini belgilash huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qaror bilan belgilanayotgan qoidalardan kelib chiqqan holda mehnatni meʼyorlash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 11-yanvar,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining 2-bandidagi “Yagona tarif setkasining boshlangʻich razryadidan” soʻzlari “eng kam oylik ish haqidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri aholisiga yoʻlovchi tashish transporti xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 19-avgustdagi 291-son qarori 11-bandining uchinchi xatboshidagi “Yagona tarif setkasining boshlangʻich razryadini 600 soʻmgacha” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1996-yil 24-iyuldagi PF-1499-son Farmoniga muvofiq ish haqini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi atrofida yashil voha barpo etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-dekabrdagi 581-son qaroriga oʻninchi satr “Tarif razryadlari” ustunidagi “0” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi atrofida yashil voha barpo etish toʻgʻrisida” 1998-yil 26-iyundagi 266-son qaroriga oʻninchi satr “Tarif razryadlari” ustunidagi “0” raqami “1” raqami bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda) 1-ilovada:
a) “Birinchi guruh Nukus shahri, viloyat markazlari va tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari” ustunida:
yigirma uchinchi satrdagi “2,377-2,878” raqamlari “2,476-2,878” raqamlari bilan almashtirilsin;
yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi satrlardagi “2,377-2,616” raqamlari “2,476-2,616” raqamlari bilan almashtirilsin;
yigirma oltinchi satrdagi “1-2,377” raqamlari “2,476” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) “Ikkinchi guruh Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari” ustunida:
yigirma toʻrtinchi va yigirma beshinchi satrlardagi “2,377-2,616” raqamlari “2,476-2,616” raqamlari bilan almashtirilsin;
yigirma oltinchi satrdagi “1-2,377” raqamlari “2,476” raqamlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 57-modda):
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinsin va yangi tarif koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
1-ilovadan birinchi satr chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 17-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son)