07.11.2011 yildagi 296-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MILLIY AXBOROT RESURSLARINI MUHOFAZA QILISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” 2011-YIL 8-IYULDAGI PQ-1572-SON QARORINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 7-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
296-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
1-ILOVA

Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qaroriga muvofiq tashkilotlarga axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsadlardagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar o‘rnatilgan va ishlatiladigan xonalar, shuningdek muzokaralar, shu jumladan maxfiy muzokaralar olib borish uchun mo‘ljallangan alohida xonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish — axborotlashtirish obyektlari himoyalanganligi haqiqiy holatining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga yo‘naltirilgan tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ — vakolatli organning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir ishlarning muayyan turlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga ega bo‘lgan tashkilotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ruxsatnoma ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilotning (keyingi o‘rinlarda ariza bergan tashkilot deb ataladi) imkoniyatlari qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini o‘rganish va uni baholash natijalari asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ruxsatnoma tashkilotning axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir ishlarning muayyan turlarini (keyingi o‘rinlarda attestatsiyadan o‘tkazish ishlari deb ataladi) amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati ko‘rsatiladi, biroq ushbu muddat 5 yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ruxsatnoma, agar tashkilot:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik huquqida xo‘jalik yuritish, tezkor boshqarish huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mol-mulk va asbob-uskunalarga ega bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shtatida axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish sohasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislar bo‘lsa, ularning ayrim toifasi davlat sirlari bilan tanishish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ruxsatnomaga ega bo‘lsa;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarning ayrim turlarini amalga oshirishga huquq beruvchi litsenziya (mavjud bo‘lganda);
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga va boshqa hujjatlarga ega bo‘lsa beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ruxsatnoma berish va olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ruxsatnoma olish uchun ariza bergan tashkilot ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha vakolatli organga ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Arizaga quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotnoma ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza bergan tashkilotning attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan obyektlari (asosiy binolar va inshootlar, sinov laboratoriyalari, aks-sadosiz kameralar, texnologik uchastkalar, saqlash joylari va boshqalar)ning ro‘yxati va tavsifnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilot xodimlarining tarkibi va malakasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud asbob-uskunalar, priborlar, apparatlarning ishlab chiqarilgan yili va muvofiqlik sertifikati mavjudligi ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati va tavsifnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud o‘lchov texnikasining ishlab chiqarilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tgan yili ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati va tavsifnomasi;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalangan dasturiy ta’minot mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza bergan tashkilotda xavfsizlik xizmati mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza bergan tashkilotda axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan umumiy va maxsus talablarni belgilovchi hujjatlar ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza bergan tashkilot tuzilmasining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot xavfsizligi bo‘yicha davlat standartlari, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mavjud ro‘yxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’lumotnomaga:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya bo‘yicha ishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mol-mulk va asbob-uskunalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya bo‘yicha ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan yoki jalb etish rejalashtirilayotgan xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ ruxsatnoma berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(8-bandning o‘n ikkinchi — o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi — o‘n beshinchi xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza bergan tashkilot tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vakolatli organ 30 kalendar kun mobaynida arizani, ma’lumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqadi va ariza bergan tashkilotga ularni ko‘rib chiqishni davom ettirish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida, yig‘im summasini ko‘rsatgan holda bildirishnoma yuboradi. Ariza rad etilgan taqdirda rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda bildirishnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 6, 8 va 9-bandlari talablariga muvofiq bo‘lmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizada ko‘rsatilgan faoliyat tashkilot ustaviga (nizomiga) muvofiq bo‘lmaganda arizani ko‘rib chiqish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ma’lumotnoma va unga ilova qilingan materiallar ariza bergan tashkilotga ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab 2 oy mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ma’lumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqish jarayonida vakolatli organ attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun talab qilinadigan shart-sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotda ushbu Nizomning 6 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan shart-sharoitlarning yetarli emasligi yoki mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ruxsatnoma berish bilan bog‘liq ishlarga haq to‘lash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Ma’lumotnomani va unga ilova qilingan materiallarni ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomani berish bilan bog‘liq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yig‘im summasi vakolatli organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ariza qaytarib olinganda yoki vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ruxsatnoma bilan birga attestatsiyadan o‘tkazuvchi organga ish hujjatlari paketi beriladi, ularning qiymati ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun undiriladigan yig‘im summasiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ruxsatnoma hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va tegishli himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha maxsus blankada rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ attestatsiyadan o‘tkazuvchi organlar hisobini olib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish va to‘xtatib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vakolatli organ quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning arizasiga ko‘ra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan muddatdan oldin to‘xtatish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan o‘zining attestatsiyadan o‘tkazishga doir faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatganligi to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda vakolatli organ ruxsatnomani qaytarib oladi. Ariza faoliyatni to‘xtatish mo‘ljallanayotgan sanadan kamida 30 kalendar kun oldin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan unga qo‘yiladigan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish va/yoki to‘xtatib turish yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish huquqiga ega.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ruxsatnomaning amal qilishini qonunchilikka muvofiq to‘xtatish yoki to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda vakolatli organ attestatsiyadan o‘tkazuvchi organga rasmiy bildirishnoma yuboradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Attestatsiyadan o‘tkazuvchi organ nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, qayta tashkil etilganda bir hafta muddatda vakolatli organga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq ishlarga haq to‘lash tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Yig‘im summasi vakolatli organning ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq xarajatlari doirasida belgilanadi va mazkur xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki amal qilish muddati tugamagan, biroq yaroqsiz bo‘lib qolgan ruxsatnoma o‘rniga attestatsiyadan o‘tkazuvchi organning arizasiga ko‘ra dublikat beriladi. Dublikat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Arizaning shakli namunasi
(ariza beruvchining firma blankasida) ‎

‎O‘zbekiston Respublikasi
‎Davlat xavfsizlik xizmati‎

‎‎‎Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan
‎axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini
‎amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risida
‎ARIZA

‎_________________________________________‎

‎20___ y. “____”________________ ‎

(tashkilotning to‘liq va qisqartirilgan nomi)‎

‎‎gacha muddatga Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish huquqi uchun ruxsatnoma berishni iltimos qiladi.‎

‎To‘lovni kafolatlaymiz.‎

‎Pochta manzili:‎
Bank rekvizitlari:‎
Telefon:‎
Faks:‎
E-mail:‎

‎Ilovalar: ___________________________________________________________________________

‎‎(Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha).‎

‎‎‎____________________________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilotning rahbari imzosi va sana)‎

M.O‘.‎
‎‎
‎____________________________________________________________________________________‎

‎‎(tashkilotning bosh buxgalteri imzosi va sana)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma shakli namunasi‎

‎‎‎(Vakolatli organning maxsus blankasida bajariladi)‎

‎‎‎RUXSATNOMA №

‎‎
‎20___ y. “____”__________da________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________________ga berilgan.

‎‎(tashkilotning nomi)‎

Ushbu ruxsatnoma bilan _____________________________________________________________________ ga

‎‎(tashkilotning nomi)‎

‎‎axborot xavfsizligi talablariga muvofiqlik yuzasidan axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish huquqi beriladi.‎

‎‎
‎Quyidagi axborotlashtirish obyektlari bundan mustasno: _________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________.‎

‎‎‎Ruxsatnoma 20____ y. “_____” __________________________ dagi ______ -son ariza asosida berilgan.

‎‎‎Tashkilotning pochta manzili ________________________________________________________________________
‎________________________________________________________________________________________________.‎
‎‎
‎Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 20_____ y. “______”______________ dan
‎20___ y. “____”_____________ gacha.

‎‎
‎Ruxsat berilgan faoliyat amalga oshiriladigan faoliyatga tatbiq etiladigan qonunchilikka, davlat standartlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblangan ushbu ruxsatnomaning amal qilish shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.‎

‎‎Attestatsiya o‘tkazuvchi organ tomonidan qo‘yilgan talablar buzilgan taqdirda vakolatli organ berilgan ruxsatnomaning amal qilishini qonunchilikka muvofiq to‘xtatish va/yoki to‘xtatib turish choralarini qo‘llashga haqlidir.‎

‎‎Ariza berilgan faoliyat zarur tarzda bajarilishiga ta’sir ko‘rsatadigan yangi omillar paydo bo‘lgan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilish shartlariga tuzatish kiritishi mumkin.

‎‎Tashkilot tugatilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishi to‘xtatiladi.
‎Vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilishi shartlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

‎Vakolatli organning mas’ul shaxsi

‎__________________________________‎

(imzo va sana)‎

M.O‘.‎
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxfiy axborotlar sirasiga kiritilgan ma’lumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ro‘yxati

1. Jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi axborotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jismoniy shaxsning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi axborotlar, xuddi shuningdek uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Axborot manbai yoki taxallus bilan imzo chekkan muallif to‘g‘risidagi axborotlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yozishmalar, telefondagi so‘zlashuvlar, qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar siri to‘g‘risidagi axborotlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan ma’lumotlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonunchilikka muvofiq axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir ma’lumotlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan bank siri, shaxsni sug‘urtalash va vasiyat siri.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qonunchilikka muvofiq axborot olish cheklangan (vrachlik siri, notarial harakatlar, advokatlik siri va boshqalar) kasb faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ular haqidagi ma’lumotlar rasmiy tarzda e’lon qilingunga qadar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maxfiy axborot — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 12.2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12.2. Axborot ayirboshlash vositalari tarkibiga axborot resurslaridan foydalanishning alohida qoidalari belgilangan davlat axborot tizimlari, tarmoqlarini ulash axborot xavfsizligi talablariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkazilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Foydalanish cheklangan axborot mavjud bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan axborot tizimlari axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga quyidagi mazmundagi 281-band qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“281. Davlat organlarining davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 472-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)