Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2015 18.10.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2278
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 18.10.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2278
Дата вступления в силу
28.10.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2015
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GEOLOGIYA-QIDIRUV IShLARINING YILLIK DASTURLARINI DAVLAT BUDJETIDAN MOLIYALAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2278]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2015-yil 26-fevraldagi 18, 91-sonli “Geologiya-qidiruv ishlari yillik dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2662, 02.04.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) qarorini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 5-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 5-sentabrdagi 59, 10-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) va uning tasarrufidagi tashkilotlar, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ tomonidan amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari (keyingi oʻrinlarda GQI deb yuritiladi) dasturini davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GQI dasturi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 18-apreldagi 80-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimi boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan bir yilga moʻljallangan GQI dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjetdan mablagʻ oluvchi — Davlat budjeti parametrlari doirasida GQIni amalga oshirish uchun budjet mablagʻlari ajratiladigan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bonus — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandiga muvofiq GQIning amaldagi ish hajmi va foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirish prognozi (topshirigʻi)ni bajarish natijalariga qarab kelgusi yilning 1-fevraligacha toʻlanadigan bir yilga moʻljallangan GQIga ajratilgan budjet mablagʻlari umumiy summasining 10 foizidan oshmagan miqdordagi pul mablagʻlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan faqat GQI dasturiga kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va/yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ravishda moliyalashtirilishi belgilangan GQI hajmlari hamda ularga tegishli boʻlgan xarajatlar moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan GQIning quyidagi turlari va ularga tegishli boʻlgan xarajatlar moliyalashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) regional miqyosdagi geologik, geofizik, geokimyoviy, gidrogeologik, geoekologik va boshqa xaritalash ishlari, oltin va uran boʻyicha maxsuslashtirilgan oldindan izlash ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qimmatbaho, rangli, radioaktiv, qora, nodir va nodir-er metallari, gidromineral resurslar, qattiq noruda foydali qazilmalari boʻyicha izlash va baholash ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) foydali qazilma konlarini razvedka qilish (yangidan aniqlangan konlarda mukammal razvedka qilish ishlari), maʼlumotlarni tahlil qilish, mavzuga yoʻnaltirilgan ishlar va tajriba-uslubiy ishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) geologiya-qidiruv texnikasini ishlab chiqish boʻyicha tajriba-konstruktorlik ishlari, maxsus belgilangan ishlar, yer qaʼrini muhofaza qilish va mineral xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) yer osti suvlarining kamayishi va ifloslanishidan muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ilmiy-tadqiqot hamda meʼyoriy-tadqiqot ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) geologiya tarmogʻi xodimlarini va talabalarni geologiya sohasi uchun oʻqitish, tarmoq konferensiya va seminarlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) vaqtinchalik binolar va inshootlarni qurish hamda dala bazalarida qulayliklar yaratish va asosiy vositalarni xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) konlarni ochganlik uchun pul mukofoti toʻlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft va tabiiy gazga oid GQIga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
togʻ-maʼdan tashkilotlarini loyihalashtirish va qurish, shuningdek kapital togʻ inshootlarini oʻtish va burgʻulash quduqlarining togʻ-geologik, gidrogeologik va togʻ-texnik sharoitlarini qoʻshimcha ravishda oʻrganish bilan bogʻliq GQIga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik ishlari uchun ajratilgan yer maydonlari doirasida ishlayotgan tashkilotlarda, shuningdek ushbu konlar chekkalarida bajarilayotgan GQIga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalarning joylashish chegaralarini va ularning moddiy tarkibini, shuningdek tayyorlov va qazish ishlari yoʻnalishini aniqlash maqsadida bajarilayotgan foydali qazilma konlaridagi ishlatilayotgan bloklar va karyerlar doirasida geologik tadqiqotlarning barcha turlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. GQIlar dasturlarini moliyalashtirish parametrlarini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Har yili GQIni bajarish uchun ish turlari va obyektlar boʻyicha Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmlari GQI dasturlari doirasida tegishli budjet mablagʻlari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisobiga, shuningdek foydali qazilma zaxiralarini (prognoz resurslarini) oʻstirishning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning fizik hajmlariga bogʻliq GQIlar dasturida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. GQI dasturi tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi budjetdan mablagʻ oluvchilarning eʼtiboriga ular uchun koʻzda tutilgan hamda GQI dasturini bajarish uchun moʻljallangan budjetdan mablagʻ oluvchi fizik hajmlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. GQI uchun taqsimlanadigan budjet mablagʻlari budjetdan mablagʻ oluvchilar hamda xarajatlar moddalari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlar tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Budjetdan mablagʻ oluvchilar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan koʻrsatilgan maʼlumotni olganlaridan keyin bir yilga moʻljallangan xarajatlarning jamlama smetalarini, shuningdek oylarga boʻlib chiqilgan oʻz smetalarini tuzadilar va roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandiga muvofiq tasdiqlangan smetalarga asosan umumiy summaning 90 foizi miqdorida GQIga budjet mablagʻlari ajratiladi, bunda bonus keyingi yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda toʻlanadi. GQIning tasdiqlangan dasturi doirasida Davlat geologiya qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJga budjet mablagʻlari yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qaror bilan ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, oʻqitish va konlarni ochganlik uchun pul mukofotlari toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq hajmda smetalarga kiritiladi va kalendar yil davomida moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Budjetdan mablagʻ oluvchi smetalar bilan birgalikda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagilarni oylarga boʻlib chiqqan holda taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarning amalda bajarilishini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan GQIlar dasturi doirasida bajarilishi lozim boʻlgan ishlarning jismoniy hajmlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan GQI hajmlarini bajarayotgan xodimlarning ish haqi fondini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni kelishish ayni bir paytda smetalarni roʻyxatdan oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. GQI dasturini moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. GQI dasturini moliyalashtirish va ularga oid xarajatlarni amalga oshirish ishlari, tuzilgan shartnomalar va yuridik majburiyatlarning qabul qilinishini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar doirasida Davlat budjetining gʻazna ijrosi qoidalariga (roʻyxat raqami 2007, 2009-yil 16-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 422-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Budjetdan mablagʻ oluvchilar pudrat asosida GQIning belgilangan hajmlarini bajarish uchun tasarrufidagi va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro shartnomalar tuzishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davlat geologiya qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalari tomonidan ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish ichki xoʻjalik shartnomalari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, ushbu boʻlinmalar tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shartnomalar va ishlar (xizmat koʻrsatish)ni bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar budjet mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni toʻlash uchun asos boʻladi. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarga koʻra toʻlovlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning banklardagi budjetdan tashqari hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan GQI dasturida belgilangan maqsadlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish uchun oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Budjetdan mablagʻ oluvchilar ularni tasdiqlangan smetalarga muvofiq umumiy summasining 90 foizi miqdorida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun gʻaznachilik boʻlinmalariga tegishli moliyaviy yil uchun shartnomalar taqdim etadilar. Bonus keyingi yilning 1-fevraliga qadar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GQIni bajarishga oid budjetdan mablagʻ oluvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan shartnomada hamda unga ilova qilingan moliyalashtirish jadvalida quyidagilar hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GQIni birinchi oyi davomida joriy yilga shartnomada belgilangan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi avans toʻlovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilgan avansni proporsional ravishda ushlab qolishni hisobga olgan holda har oyda toʻlanadigan haq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kalendar oyi tugaganidan keyin 10 kun davomida budjetdan mablagʻ oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan shakl boʻyicha oʻtgan oyda bajarilgan GQIlar toʻgʻrisidagi hisobotni ilova qilgan holda tasarrufidagi va boshqa tashkilotlar bilan ilgari tuzilgan shartnomalarga muvofiq bajarilgan ishlarga oid dalolatnomalarni (hisobvaraq-fakturalarni) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar. Hisobotda hisobot davrida foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirishni (prognoz resurslarini) taʼminlash boʻyicha ishlar va topshiriqlarning fizik hajmlarining maqsadli parametrlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot davridan keyingi oyning 15-sanasidan kechikmay bajarilgan ishlarga oid dalolatnomalarni (hisobvaraq-fakturalarni), shuningdek hisobotlarni kelishadi hamda ularni tegishli budjetdan mablagʻ oluvchilar orqali keyinchalik toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Budjetdan mablagʻ oluvchilar oʻz boʻlinmalari bilan GQIga oid shartnomalarni tuzishda fors-major holatlarining vujudga kelish imkonini hamda ushbu holatlar bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirishga mablagʻlar oʻtkazish tartibini aks ettirishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Fors-major holatlari sababli (tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqalar) GQI toʻxtatib qoʻyilgan hollarda budjetdan mablagʻ oluvchilar oʻz boʻlinmalariga GQI dasturlarida nazarda tutilgan summalar doirasida quyidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar oʻtkazib beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar va mol-mulkni boshqa joyga koʻchirish, GQI olib borilgan obyektlarda odamlarga va atrof muhitga yuzaga kelgan holatlarning salbiy taʼsirini cheklash yoki bartaraf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusida GQIni bajarish uchun asosiy vositalarning ishlash qobiliyatini tiklash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetdan mablagʻ oluvchi koʻrsatib oʻtilgan ishlar yakuniga etgandan keyin ikki haftalik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda bajarilgan ishlar va ular bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq bayon qilingan hisobotni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirishga oid amalga oshirilgan prognozlar (topshiriq) hamda GQIning haqiqiy ish hajmlari natijalari boʻyicha GQIning yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Budjetdan mablagʻ oluvchilar har yili 10-dekabrgacha boʻlgan muddatdan kechikmay foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirishga oid (prognoz resurslar) hamda GQI ish hajmlariga oid yillik rejalashtirilgan ishlarning yakuni boʻyicha tahliliy maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tahliliy maʼlumotda bonusning dastlabki hisob-kitob summasini koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Bonus toʻlovi foydali qazilma zaxiralarini oʻstirish prognozi (topshiriq) hamda GQIning amaldagi ish hajmlari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni ajratish mezonlari boʻlib, GQI dasturida koʻzda tutilgan miqdoriy va diskret (ha/yoʻq) koʻrsatkichlarga erishish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. GQI dasturida alohida satrda koʻrsatilgan har bir ish turi yoki obyekt boʻyicha ajratilgan tegishli mablagʻ summasiga muvofiq koʻzda tutilgan koʻrsatkichlarga erishilganlik baholanadi. Ushbu ish turi yoki obyektdagi ishlar natijasi boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarini oʻstirish (prognoz resurslar) koʻzda tutilgan hollarda, ushbu koʻrsatkichning bajarilishi bonus toʻlashda hal qiluvchi mezon hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu dastur doirasida bajarilgan ishlarning yakunida foydali qazilma zaxiralarini oʻstirish (prognoz resurslar) nazarda tutilmagan GQIning alohida turlari va obyektlari uchun, bonus miqdori belgilangan ish hajmining miqdoriy va diskret (ha/yoʻq), fizik koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Agar bir ish turi (obyekt)da birdan ortiq fizik koʻrsatkich koʻzda tutilgan boʻlsa, bu holda bonus bajarilgan koʻrsatkichlar ulushiga proporsional tarzda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Budjetdan mablagʻ oluvchi GQI dasturining koʻzda tutilgan koʻrsatkichlariga erishganlik toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlovchi hujjatlar va bonus toʻlanadigan haqiqiy summasi miqdori hisob-kitobi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davridan keyingi yilning 5-yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 10-yanvargacha boʻlgan muddatda hisobotni koʻrib chiqadi va GQI dasturi parametrlari budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan bajarilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Asosli eʼtirozlari mavjud boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjetdan mablagʻ oluvchidan hisobotga zarur aniqlik va qoʻshimchalar kiritilishini talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Hisobot boʻyicha hech qanday kamchiliklar boʻlmagan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va budjetdan mablagʻ oluvchi bonus summasini tasdiqlagan holda GQI dasturi parametrlarining bajarilishi yakunlari toʻgʻrisidagi oʻzaro bayonnomani imzolaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bayonnoma budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan oʻzining quyi tashkilotlariga GQI dasturi parametrlarini bajarganligi uchun bonusni oʻtkazishga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bonus toʻlovi hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan gʻaznachilik boʻlimlariga belgilangan tartibda topshirilgan talabnomalar asosida (toʻlov hujjatlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va budjetdan mablagʻ oluvchining GQI dasturi parametrlarining bajarilishi yakunlari toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonnomasi nusxasini ilova qilgan holda) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. GQI uchun asbob-uskunalar sotib olishni moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. GQI uchun asbob-uskunalarni sotib olishga ajratilgan budjet mablagʻlari xarajatlar smetasida alohida satrda ajratib koʻrsatiladi. GQI uchun asbob-uskunalarni sotib olishga ajratilgan budjet mablagʻlari xarajatlarini moliyalashtirish bir yilga ajratilgan summaning umumiy miqdorida, GQI dasturida nazarda tutilgan ishlarning fizik hajmlarining bajarilishiga bogʻlamagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Budjet mablagʻlari hisobidan asbob-uskunalar sotib olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida roʻyxatga olingan shartnomalar GQI dasturida nazarda tutilgan roʻyxat doirasida va miqdorlarida budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida roʻyxatdan oʻtish uchun budjetdan mablagʻ oluvchi tuzilgan shartnomalar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan shartnoma tasnifini taqdim etadi. Zarur hollarda moliyaviy yil davomida sotib olinadigan GQI dasturida nazarda tutilgan asbob-uskunalar roʻyxatiga ajratilgan mablagʻning umumiy summasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. GQI dasturida muayyan asbob-uskunalarni import boʻyicha sotib olish koʻzda tutilgan hollarda, ularni budjetdan mablagʻ oluvchi oʻzining valyuta mablagʻlari hisobiga sotib olib keyinchalik ushbu maqsadlar uchun koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan uning qiymati ekvivalentini milliy valyutada qoplashiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda, budjetdan mablagʻ oluvchi ushbu asbob-uskunalarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Import boʻyicha sotib olingan asbob-uskunalar qiymatini qoplash budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan (toʻlov hujjatlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xulosasini ilova qilgan holda) talabnomalarni taqdim etishlari orqali belgilangan tartibda gʻaznachilik boʻlimlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Nazorat va javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Budjetdan mablagʻ oluvchilar buxgalteriya hisobini olib borishlari, shuningdek moliyaviy hisobotlar va GQI boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etib borishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. GQI dasturini moliyalashtirishdagi budjet mablagʻlarini maqsadli tarzda ishlatilishini nazorat qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. GQIni moliyalashtirish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining samarali va maqsadli ishlatilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladigan hujjatlar, axborot va hisobotlarning ishonchliligi yuzasidan javobgarlik budjetdan mablagʻ oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi v. b. I. TOʻRAMURATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 5-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori K. SANAQULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 5-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ bosh direktori A. FARMONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 5-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 457-modda)