O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrug‘i
SELEKSIYA YuTUG‘IGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PATENTINI BERISh UChUN TALABNOMALARNI TUZISh, TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1443-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 25-dekabrdagi 24-mh-sonli “Seleksiya yutug‘iga patent berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3486, 25.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 166-son “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 236-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 30-dekabrdagi 62-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1443, 2005-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 2-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Seleksiya yutug‘iga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalariga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-avgust,
34-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 425-modda)