27.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2269
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizligi xizmatini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 27.09.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2269
Дата вступления в силу
07.10.2011
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XORIJIY DAVLAT HUDUDIDA VAFOT ETGAN SHAXSNI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA DAFN ETISHDA KOʻMAKLASHISH TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 27-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2269]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 508-modda) asosida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi ishlar vaziri E. GʻANIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKROMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri N. YOʻLDOSHEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15914-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 27-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/12-18-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 27-sentabrdagi 3, 9, 20, 24, 15914, 01-02/12-18-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishda koʻmaklashish tartibi haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2010-y., 52-son, 508-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, ayrim hollarda esa chet el fuqarolarining ham) jasadlarini (saqlanib qolgan tana qismlarini) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etishni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida har bir insonga uning oʻlimidan keyin jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) vafot etgan shaxsning xohish-irodasini inobatga olgan holda, “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dafn etish va dafn etish uchun joyni tekin berish kafolatlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vafot etgan shaxsning uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini ilgari vafot etgan shaxslar yoniga dafn etish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini bajarish dafn etish uchun boʻsh joy yoki ilgari vafot etgan yaqin qarindoshining qabri mavjud boʻlgan taqdirda taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shaxs xorijiy davlat hududida vafot etgan taqdirda, vafot etgan shaxsning uning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini bajarish, dafn etishni amalga oshirish va dafn etish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga olgan shaxsga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻlim haqidagi guvohnomani (maʼlumotnomani), vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) olib ketish uchun ruxsatnomani, yoʻl hujjatlarini, shu jumladan davlat chegaralarini kesib oʻtishga doir hujjatlarini olishga koʻmaklashish qismida kafolatlanadi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (bundan keyin matnda konsullik muassasasi deb yuritiladi), mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek oʻz faoliyat turiga koʻra shunday hollarda zarur xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa yuridik shaxslar koʻmaklashadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida mazkur Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻlim va jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokni tashish haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasining yoʻl hujjatiga ega fuqaroligi boʻlmagan shaxs (bundan keyin matnda fuqaro deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etganda, oʻlimni roʻyxatga olish konsullik okrugi hududida marhum yashagan yoki oʻlim yuz bergan mamlakat (hudud)da joylashgan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻlimni roʻyxatga olish vafot etgan shaxs yashagan joy boʻyicha emas, boshqa okrugda amalga oshirilgan boʻlsa, roʻyxatga olgan konsullik muassasasi vafot etgan shaxs hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, vafot etgan sanasi, shuningdek oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvining raqami va oʻlimni roʻyxatga olish sanasi va joyi koʻrsatilgan xabarnomani joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Havo yoki dengiz kemasida yuz bergan oʻlimni roʻyxatga olish havo kemasi qoʻnadigan yoki dengiz kemasi keladigan mamlakat konsullik okrugiga kiradigan konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim xorijiy davlatlar qonunchiligida ushbu davlatlarning vakolatli organlari tomonidan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma (maʼlumotnoma)ni rasmiylashtirishning oʻz tartibi nazarda tutilgan, ular oʻlim haqidagi tibbiy xulosalar bilan bir qatorda oʻlim yuz berish faktini tasdiqlovchi hujjat sifatida eʼtirof etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qonunchilikka muvofiq konsullik muassasalari tomonidan ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻlim toʻgʻrisidagi hujjatlar turkumini rasmiylashtirish konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Konsullik muassasasi xodimining oʻlimni roʻyxatga olish uchun konsullik muassasasining konsullik okrugi doirasida vafot etgan (halok boʻlgan) shaxsning oʻlimi yuz bergan joyga chiqishi boʻyicha xarajatlar chet el muassasasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun navbatdagi moliya yiliga moʻljallangan xarajatlar smetasining “Xizmat safarlari xarajatlari” moddasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vafot etgan shaxslarning jasadlarini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini transportda tashishga tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazish bilan bogʻliq xarajatlar ularning qarindoshlari va yaqinlarining mablagʻlari, shuningdek boʻlib turgan mamlakatdagi diaspora vakillarining va boshqa hamdard boʻlgan shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari hisobidan qoplanadi. Ayrim hollarda koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni tegishli konsullik muassasasi hisob raqamidan vafot etgan shaxsning qarindoshlari va yaqinlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi kassasiga oldindan naqd pul mablagʻlari bilan kiritilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tegishli bank hisob raqamiga belgilangan tartibda rasmiylashtirish bilan oʻtkazilgan mablagʻlar hisobidan toʻlashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsullik muassasalarining xarajatlar smetasida vafot etgan shaxslarning jasadlarini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini Oʻzbekiston Respublikasiga olib borish bilan bogʻliq xarajatlar uchun maxsus modda nazarda tutilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Xizmat safari munosabati bilan xorijiy davlatda boʻlgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etsa, marhumlarning jasadlarini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini transportda tashish va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish boʻyicha xarajatlar xizmat safariga joʻnatgan tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Alohida hollarda konsullik muassasasi rahbari “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKga vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini Oʻzbekiston Respublikasiga bepul yoki imtiyozli tarif boʻyicha transportda tashish imkoniyatini topish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Fuqaroning oʻlimi toʻgʻrisidagi ariza qarindoshlari, yaqinlari va boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Ariza oʻlim yuz bergan kundan yoki oʻlim fakti belgilangan yoxud vafot etgan shaxsning jasadi topilgan vaqtdan boshlab uch sutkadan kechikmay berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning oʻlimi toʻgʻrisidagi arizani kechroq muddatlarda taqdim etish oʻlimni roʻyxatga olish va jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etish uchun olib kelish hujjatlarini rasmiylashtirishda mumkin boʻlgan zarur koʻmak berishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaroning oʻlimi toʻgʻrisidagi maʼlumot tibbiy muassasa maʼmuriyatidan yoki boʻlib turish mamlakatining boshqa vakolatli organlaridan ham olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Fuqaroning oʻlimi toʻgʻrisidagi maʼlumot olinishi bilan konsul vafot etganning (halok boʻlganning) shaxsini aniqlash (tasdiqlash) boʻyicha tezkor choralarni koʻradi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga sodir boʻlgan hodisa haqida tezkor xabar yuboradi, unda marhum haqidagi maʼlumotlarni (F.I.O., tugʻilgan yili, yashash joyi), uning oʻlimi sabablari (agar maʼlum boʻlsa), tobut joʻnatiladigan sana, reys raqami, Oʻzbekiston Respublikasidagi vafot etgan shaxs yashagan manzil, qarindoshlarining mavjudligi va ular bilan bogʻlanish maʼlumotlari toʻgʻrisida, hamrohlik qilayotgan shaxs (agar mavjud boʻlsa), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida dafn etish uchun jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokni yuborish bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Konsul fuqaroning oʻlimi haqida, hatto vafot etgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida dafn etilgan boʻlsa ham, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Zarurat tugʻilganda, konsul Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga vafot etganning shaxsini tasdiqlash uchun tegishli soʻrov yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etganlarning shaxsini tasdiqlash boʻyicha soʻrovlar ustuvor hisoblanadi va ichki ishlar organlari tomonidan tezkor tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida koʻrib chiqiladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 11-dekabrdagi 38, 79, 56, 9, 14, 01-02/12-52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2269-1, 12.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2269-1/2307-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻlimni qayd etish uchun konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tibbiy xulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnoma (maʼlumotnoma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pasporti, yoʻl hujjati yoki vafot etganning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat, yoxud ularning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16 yoshgacha vafot etgan shaxslar uchun — pasport, yoʻl hujjati yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Pasport, yoʻl hujjati yoki vafot etganning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning mavjud emasligi oʻlimni qayd etish uchun toʻsiq boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻlimni roʻyxatga olishda vafot etgan shaxsning pasporti, yoʻl hujjati yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etilmagan boʻlsa, bu haqda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining “Belgilar uchun” grafasida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Toʻplangan maʼlumotlar asosida ikki nusxada oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi toʻldiriladi. Oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan soʻng oʻlim haqida guvohnoma yoziladi. Bunda, pasport yoki vafot etganning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning birinchi betiga oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi raqami va sanasi koʻrsatilib bekor qilish toʻgʻrisida tegishli belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Konsul vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) tezroq dafn etish yoki krematsiya qilish maqsadida oʻlimni tezkor qayd etish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy davlat vakolatli organlarining vafot etgan shaxsni oʻlimi sabablari toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud emasligi sababli oʻlimni qayd etishni rad etishga va jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) morgda saqlash uchun qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Konsul oʻlim holatlarini tezroq aniqlashtirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi lozim, shu jumladan boʻlib turish mamlakatining tegishli vazirliklari va idoralarida shaxsiy uchrashuvlarni tashkil etishni ham. Oʻlim sabablari toʻgʻrisida asoslangan tibbiy xulosani tezda olishning imkoniyati boʻlmasa, konsul oʻlim haqidagi dastlabki xulosa asosida vafot etgan shaxsning oʻlimini taxmin qilingan sababini koʻrsatgan holda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvini rasmiylashtirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsul xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi xulosalari asosida rasmiylashtirilgan oʻlim haqidagi rasmiy tibbiy xulosa olingandan soʻng, legalizatsiya qilingan oʻlim haqidagi tibbiy xulosani tarjimasi bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga umumlashtirish va tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (bundan keyingi oʻrinlarda — FHDY) arxiviga topshirish va zarurat tugʻilganda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini Oʻzbekiston Respublikasiga transportda tashish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish uchun konsullik muassasasiga quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlat vakolatli organlarining jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini transportda tashish va mamlakatdan olib chiqish boʻyicha ruxsatnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻl-transport hodisasi (YTH) yoki huquqbuzarlik oqibatida oʻlim yuz berganda — vakolatli organ vakili tomonidan voqea joyida tuzilgan bayonnoma yoki xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqumli kasallik mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportda tashish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar (mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur Nizomning 17 va 21-bandlarida koʻrsatilgan barcha chet el hujjatlari oʻzbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va konsul muhri bilan shahodatlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Fuqaroning oʻlimi haqidagi hujjatlar turkumini konsul diplomatik pochta kanallari orqali Oʻzbekiston Respublikasiga yuboradi. Bunda, vafot etgan shaxsning bekor qilingan pasporti yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjati kelgusida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar turkumi — oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuvining 2 nusxasi, oʻlim haqidagi guvohnomaning konsul tomonidan shahodatlangan nusxasi, pasport yoki vafot etganning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi, xorijiy tibbiy xulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnomaning (maʼlumotnomaning) asl nusxasi tarjimasi bilan, YTH bayonnomasi yoki tergovchining huquqbuzarlik fakti boʻyicha xulosasi tarjimasi bilan, jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokni transportda tashish va mamlakatdan olib chiqish uchun ruxsatnomaning nusxasi tarjimasi bilan, boshqa hujjatlarning nusxalari (mavjud va zarur boʻlganda) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga belgi kiritish va kelgusida FHDY arxivida saqlashga topshirish uchun yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Konsul biror obyektiv sabablarga koʻra (reyslarning kamligi sababli Oʻzbekiston Respublikasiga jasadni shoshilinch joʻnatish lozimligi munosabati bilan vaqtning cheklanganligi va boshqalar) oʻlimni oʻz vaqtida qayd eta olmasa, u Oʻzbekiston Respublikasiga belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan tibbiy xulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnomani (maʼlumotnomani) tarjimasi bilan keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi FHDY organlari tomonidan (xorijiy tibbiy xulosa asosida) oʻlimni qayd etilishi yoki (xorijiy oʻlim haqidagi guvohnoma asosida) Oʻzbekiston Respublikasining oʻlim haqidagi guvohnomasiga almashtirilishi uchun yuborilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Moddiy mablagʻlar mavjud boʻlmaganda yoki qarindoshlari vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari)ni yoki xokini Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlashdan bosh tortganda konsul vafot etgan shaxsni boʻlib turish mamlakatida koʻmish toʻgʻrisidagi masalani ushbu davlat qonunchiligiga muvofiq hal qiladi. Bunda, qarindoshlarining jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokni boʻlish mamlakatida koʻmish toʻgʻrisidagi notarial shahodatlangan arizasini oldindan olib qoʻyish zarur boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsullik muassasalarining xarajatlar smetasi vafot etgan shaxslarning jasadlari (saqlanib qolgan tana qismlari) yoki xoklarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida koʻmish bilan bogʻliq xarajatlarning maxsus moddasini nazarda tutmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan shaxslarning jasadlari (saqlanib qolgan tana qismlari) yoki xoklarini koʻmish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalash boʻyicha masalalar konsul tomonidan har bir alohida holatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishuv boʻyicha hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Jasadni (saqlanib qolgan tana qismlari) yoki xokni Oʻzbekiston Respublikasiga joʻnatish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal qilish. Tobutni transportda tashishga tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazish yoki krematsiya qilishning moliyaviy masalasi hal qilingan boʻlsa, konsul vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini vataniga yuborishni tashkil qilish boʻyicha choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasigacha transportda tashish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish, shu jumladan dafn ishi masalalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan xizmatdan (bundan keyingi oʻrinlarda dafn byurosi deb yuritiladi) boʻlib turish davlatidagi aeroportgacha yetkazish bilan bogʻliq masalalar vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) yoki xoki saqlanayotgan dafn byurosi tomonidan konsul yordamida hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Dafn byurosi jasadni transportda tashish boʻyicha barcha zarur tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan jasadni sanitariya-gigiyena jihatidan tayyorlaydi (yuvish, maxsus balzamli eritma bilan ishlov berish va boshqa), shuningdek imkoni boʻlsa, zarur diniy marosimlarni oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) transportda tashish va nisbatan uzoq muddat davomida saqlash zarurligi sababli balzamlash chogʻida yuqori konsentratsiyali spirt-formalin birikmasidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) dafn byurosi vakillari tomonidan kavsharlanadigan (shuruplar bilan burab qoʻyiladigan va shu kabi) va konsul tomonidan muhrlanadigan transportda tashish uchun moʻljallangan germetik konteynerga (rux qoplamali yogʻoch quti — tobutga) joylanishi lozim. Konsul tobutni muhrlash chogʻida jasadni (saqlanib qolgan tana qismlari) transportda tashishga taalluqli boʻlmagan boshqa buyumlarning yoʻqligiga ishonch hosil qilishi lozim. Tobutni muhrlashda quyidagi mazmundagi matn yozilgan oʻzi yopishuvchi qogʻoz tasmasidan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Muhrlangan / Opechatano / Sealed”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhrlash tobutni konsulning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadigan oʻzi yopishuvchi tasma butunligini buzmay ochishga imkon bermasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlari) baʼzi chet davlatlar (asosan MDH mamlakatlari)dan Oʻzbekiston Respublikasiga transportda tashishda tobutni muhrlashning boshqa tartibi qoʻllanishi mumkin. Konsulning turli sharoitlar tufayli tobutni transportda tashishga tayyorlashning barcha holatlarida ishtirok etish imkoniyati yoki zarurati boʻlmagani va chet el qonunchiligida konsulning tobutni muhrlashi shart ekani toʻgʻrisida normalar yoʻqligi sababli, tegishli davlatning bojxona xizmati bojxona nazoratini amalga oshirish chogʻida ruxsat berilmagan narsalarning solinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tobut ichida nima borligini tekshirishi mumkin. Bu holda tobutni kavsharlash chet davlatning bojxona va boshqa vakolatli organlari vakillari, shuningdek tobutda oʻzga buyumlar yoʻqligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnomani tayyorlaydigan dafn byurosining xodimi ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) solingan tobut xalqaro tashish chogʻida yuk sifatida rasmiylashtiriladi va avialaynerning yuk boʻlinmasiga yoki temir yoʻl sostavining bagaj vagoniga yoxud maxsus avtotransport vositasining tegishli boʻlinmasiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Konsul tobut yoki marhumning xoki solingan urna bilan birga quyidagi hujjatlarni joʻnatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
marhumning pasporti yoki boshqa yoʻl hujjatining (bor boʻlsa) shahodatlangan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsul tomonidan rasmiylashtirilgan oʻlim haqidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlim haqida chet el tibbiy xulosasining shahodatlangan nusxasi, tarjimasi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻlim YTH yoki huquqbuzarlik (mavjud boʻlganda) oqibatida yuz berganda vakolatli organ vakili tomonidan voqea joyida tuzilgan bayonnoma yoki xulosaning shahodatlangan nusxasi, tarjimasi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jasadga (saqlanib qolgan tana qismlariga) jasadlarni transportda tashish boʻyicha xalqaro qoidalarga (mavjud boʻlganda) muvofiq maxsus balzamli eritma bilan ishlov berilgani haqida maʼlumotnoma, shahodatlangan tarjimasi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlat vakolatli organlarining jasadni (saqlanib qolgan tana qismlarini) transportda tashish va mamlakatdan olib chiqishga ruxsatnomasi (mavjud boʻlganda), shahodatlangan tarjimasi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsulning (dafn byurosi agentining) tobutda boshqa buyumlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuqumli kasalliklarning mavjudligi (yoʻqligi) toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa qoʻshimcha hujjatlar (mavjud boʻlganda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra konsul tomonidan oʻlim qayd etilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasiga tobut yoki marhumning xoki solingan urna bilan birga belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan xorijiy tibbiy xulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnoma (maʼlumotnoma) shahodatlangan tarjimasi bilan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan shaxsning shaxsiy buyumlari bor boʻlganda, ularning roʻyxati tuzilib alohida oʻralgan holda tobut yoki urna bilan birga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) solingan tobut yoki xoki solingan urnani Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) solingan tobut Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasiga yetib kelganda tobutni kutib olayotgan shaxslar (qarindoshlari, yaqinlari va boshqalar) tegishli bojxona postiga tobutni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi va oʻzlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tobutga hamrohlik qilayotgan shaxs boʻlsa, bevosita ushbu shaxs murojaat qilishi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etishi talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Bojxona posti xodimlari tobutga ilova qilingan barcha zarur hujjatlarning mavjudligini tekshiradi. Bunda, konsul tomonidan rasmiylashtirilgan oʻlim haqidagi guvohnoma yoki konsul tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan xorijiy tibbiy xulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnoma (maʼlumotnoma), shuningdek vafot etgan shaxsning pasporti yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlari yoki ularning nusxalarining mavjudligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bojxona posti xodimlari tomonidan, shuningdek tobutga qoʻyilgan tegishli identifikatsiya vositalarining (ular ilova hujjatlarida koʻrsatilganda) butunligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Identifikatsiya vositalarining butunligiga shubhalar tugʻilganda va tobut qopqogʻining ochilgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida gumonlar mavjud boʻlganda, bojxona posti xodimlari tobutni uning ichida boshqa buyumlarning borligini tekshirish maqsadida vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yaqinlari ishtirokida belgilangan tartibda ochishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tobutda boshqa narsalar borligi aniqlanganda bojxona organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq zarur choralar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Bojxona organi xodimlari tomonidan tobutni ochish, zarur boʻlganda keyinchalik tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari vakillari ishtirokida yaqin joylashgan tibbiy muassasada (tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun maxsus ajratilgan xonada) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv amalga oshiriladigan tibbiy muassasagacha vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) solingan tobutni transportda tashish uchun moliyaviy xarajatlar qarindoshlari, yaqinlari yoki tobutga hamrohlik qilayotgan boshqa shaxslarning hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tobutga qoʻyilgan identifikatsiya vositalarining butunligiga shubhalar boʻlmaganda, bojxona organining xodimlari barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirgandan va qabul qiluvchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) qabul qilganligi toʻgʻrisida tilxat olingandan soʻng bojxona organi xodimlari vafot etgan shaxsning jasadi (saqlanib qolgan tana qismlari) solingan tobutni bojxona posti hududidan olib chiqishga ruxsat beradi. Bunda, mazkur Nizomning 31-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar nusxalari hisobga olish va hujjatlar yigʻmajildiga tikib qoʻyish uchun bojxona postida qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlarda krematsiya qilingan fuqarolarning xokini keltirish maxsus urnalarda amalga oshiriladi. Urnaga krematsiya haqida maʼlumotnoma ilova qilinadi, unda vafot etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shahar va krematoriy nomi, krematsiya qilish kuni va vaqti koʻrsatiladi, shuningdek xok muayyan joyda koʻmish uchun berilgani qayd etiladi. Maʼlumotnoma imzo va dafn byurosining muhri bilan tasdiqlanadi. Urnani muhrlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Krematsiya qilingan fuqaroning xoki solingan urnani Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish umumiy asoslarda kuzatuv hujjatlarini tekshirish natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxslarning jasadlari (saqlanib qolgan tana qismlari) yoki xoki solingan urnalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan shaxslarning jasadlari (saqlanib qolgan tana qismlari) va xoki solingan urnalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn qilish umumiy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vafot etgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadigan qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Karantin va oʻta xavfli infeksiyalardan (oʻlat, vabo va boshqalar) vafot etgan yoki ularga gumon qilinayotgan shaxslarning jasadlarini (saqlanib qolgan tana qismlarini) Oʻzbekiston Respublikasi hududida transportda tashish va dafn qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ayrim hollarda, hayotlik chogʻidagi xohishiga yoki vasiyatnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan chet el fuqarolarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻmishga ruxsat beriladi. Odatda, ular sobiq vatandoshlar, Oʻzbekiston Respublikasi bilan tarixiy qarindoshlik aloqalariga ega boʻlgan boshqa shaxslar boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan chet el fuqarolarini olib kelish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida dafn etish “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 138-modda) bilan tasdiqlangan Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr ustida yodgorliklarni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 249-modda) bilan tasdiqlangan Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Mazkur Nizomni bajarishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Mazkur Nizomni buzganlik uchun aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Mazkur Nizom “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 16-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi raisi A. RAMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 16-sentabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 16-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 39-son, 407-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2269-1/2307-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)