Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
SIL KASALLIGIGA QARSHI MUASSASALAR XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2266]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-avgust,
54-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 25-avgustdagi 54-B-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar sil kasalligiga qarshi muassasalar xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar sil kasalligiga qarshi muassasa va tashkilotlarga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar binolar va inshootlarni loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
15. Ish joylaridagi muhit hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Xodimlar Sogʻliqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
29. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
30. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilotlarda xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-dekabrdagi 48-2019-B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-1, 08.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
38. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyena talablari
39. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
41. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
42. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
43. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
44. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi lozim.
45. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, oʻrtacha ogʻir ishda 170 S va ogʻir ishda 160 S dan past boʻlmasligi kerak.
46. Xodimlarining isinishi uchun xonalarda harorat 220 S dan kam boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Maishiy xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq oqib keluvchi va soʻruvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
48. Tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan havo almashtirish tizimi qurilmalarini xavfsiz ishlatish boʻyicha javobgar shaxs tayinlanishi lozim. Ventilyatsiya qurilmalari ishga yaroqli holda saqlanishi, davriy ravishda koʻrikdan oʻtkazilib, tozalanib turilishi, nosozliklar aniqlanganida esa, zudlik bilan taʼmirlanishi lozim. Tashkilotlarda havo harorati SanQvaM 12.01.005 “Ish zonasidagi havoga umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(10-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
50. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
51. Ichimlik suvining harorati 80 S dan 200 S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
11-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
55. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar) da montaj qilinishi lozim.
56. Yuqori namlik issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik saqlashdan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.
57. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
58. Koʻchirib yuruvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
59. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
60. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
61. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalari, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
62. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilotning masʼul xodimi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
63. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishi hisobiga olingan holda tashkilotning masʼul xodimi ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
64. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
65. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi lozim.
12-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
66. Xonalarni tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
67. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
68. Yorugʻ tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
69. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
70. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
71. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
72. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak.
13-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
73. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
74. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
75. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
76. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
77. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
78. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
79. Yoʻlovchilar uchun yoʻlak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va toʻsiqlar boʻlishi lozim.
80. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
81. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
82. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorongʻi paytida esa yoritilishi kerak.
83. Tashkilot maydoni butun chegara boʻylab toʻsilgan boʻlishi, uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
14-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
84. Tashkilot binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi kerak.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
85. Xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
86. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
87. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositasining eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
88. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq boʻlishi kerak.
89. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
90. Binolar va inshootlar bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tasdiqlanadigan tadbirlar va dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
91. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
92. Tashkilot hududida joylashgan xoʻjalik binolari bemorlarning nazoratsiz kirib-chiqishini oldini oladigan kuzatuv va ogohlantiradigan uskunalar bilan taʼminlanishi lozim.
15-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III. Sil kasalligiga qarshi muassasalarda bemorlarni qabul qilish va ular bilan muloqotda boʻlishda xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
94. Tashkilotda bemorlarni davolash boʻlimlariga joylashtirish bemorlar tarkibini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
95. Tashkilotga keltirilgan bemorni qabul qilib olish navbatchi tibbiy xodimlar tomonidan bajarilib, bunda albatta shifokordan tashqari hamshira (feldsher) va sanitar boʻlishlari shart.
96. Bemorlarni qayd qilish boʻlimida xodimlarni tomchi infeksiyadan muhofaza qilish uchun bemorlar bilan gaplashishga ikki qavatli oynalar oʻrnatilgan boʻlib, hujjatlarni qabul qilish uchun yon tomondan tirqishlar qoldirilishi lozim.
97. Har bir boʻlim alohida bemor uchun aniq belgilangan oʻtirish joyi boʻlgan ovqatlanish xonasiga, boʻlim ichida oʻtkaziladigan mehnat bilan davolash xonasiga, qarindoshlari bilan uchrashuv xonasiga, oshxonadan ovqat uzatadigan darchali bufet xonasiga, toza va kirlangan ich kiyimlar, oʻrin — bosh jildlari hamda ustki kiyim va poyabzal uchun kiyimxonaga, koʻtarib yuriladigan asbob-uskunalar, aravachalar va qoʻzgʻaluvchi kursilarni saqlash uchun xonalarga, boʻlim mudiri va katta tibbiy hamshira kabinetlariga, xoʻjalik hamshirasi va xodimlar xonasiga, neyroleptiklarni inyeksiya qilish uchun muolaja xonasiga, xodimlar uchun kiyim xonaga va hojatxonaga ega boʻlishi lozim.
98. Ichki aloqa uchun mahalliy avtomat telefon stansiyasi yoki selektor aloqasi oʻrnatilishi shart.
99. Boʻlim mudirlari, shifokor xonalari va katta tibbiy hamshira xonalari orasida xabar yetkazish (signalizatsiya) chiroqli va qoʻngʻiroqli boʻlishi lozim.
100. Boʻlimga kirish eshigida boʻlim yoʻlagiga xabar yetkazadigan qoʻngʻiroq boʻlishi kerak.
101. Choʻmilish xonasida xodimlarni shoshilinch chaqirish uchun xabar yetkazish qoʻngʻirogʻi oʻrnatilishi lozim.
2-§. Sil kasalligiga qarshi muassasalarda zararsizlantirishda qoʻyiladigan talablar
102. Sil kasalligiga qarshi muassasalarda xodimlarning va tashrif buyuruvchilarning sil kasalligi bilan kasallanishlarini oldini olish hamda sil infeksiyasini tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida quyidagilarga amal qilinishi lozim:
xodimlar va tashrif buyuruvchilar shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishlari;
xodimlar va tashrif buyuruvchilar muassasaga kirishda xalat, qalpoq (yoki roʻmol) kiyishlari, chiqayotganda yechishlari;
xodimlar va tashrif buyuruvchilar bemorlarning yotoq joylariga oʻtirmasliklari va ularning idish va boshqa buyumlaridan foydalanmasliklari.
103. Sil kasalligi muassasalari tashrif buyuruvchilarga bemorlarning kiyimlari yoki buyumlarini zararsizlantirmasdan berib yuborishi qatʼiyan man qilinadi (idishlar, roʻmolchalar, kiyimlar, oʻyinchoqlar, kitoblar va boshqalar).
104. Tashkilotda quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
joriy zararsizlantirish tadbirlarini oʻtkazish;
tufukdonlarni, idishlarni, ich kiyimlarni, yotoq anjomlarini, roʻmolchalarni va boshqalarni zararsizlantirishni toʻgʻri tashkil qilish;
xonalarni va buyumlarni tozalash va zararsizlantirish tartibini toʻgʻri tashkil qilish;
105. Sil kasalligiga qarshi tashkilotlar yiliga kamida bir marta, shuningdek bemorlar qayta joylashtirilganda, tashkilot koʻchirilganda yoki taʼmirlanishidan oldin yakuniy zararsizlantirish tadbirlarini oʻtkazishi kerak.
106. Tashkilotda zararsizlantirish uchun dezinfeksion kameralar, yotoq anjomlari va ichki kiyimlarni zararsizlantiruvchi uskuna hamda idishlar uchun maxsus sterilizatorlar va boshqalar boʻlishi zarur.
3-§. Sil kasalligi oʻchogʻida joriy va yakuniy zararsizlantirishda xavfsizlik talablari
107. Tashkilotda sil kasalligi oʻchogʻini joriy va yakuniy zararsizlantirish tadbirlari ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
108. Joriy zararsizlantirish tadbirlari batsilla ajratuvchi aniqlanishi bilan darhol uy sharoitida doimiy ravishda oʻtkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Bemorining uyida joriy zararsizlantirish tadbirlari sil kasalligi muassasalari yoki poliklinikalarning sil kasalligi boʻlimlari, qishloq joylarda esa oilaviy shifokor punktlari tomonidan tashkil qilinishi lozim.
(109-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
110. Joriy zararsizlantirish ustidan umumiy nazorat va amaliy yordamni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari hamda dezinfeksiya stansiyalari olib borishlari kerak.
(110-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
111. Joriy zararsizlantirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
mexanik zararsizlantirish (nam tozalash, shamollatish va boshqalar);
yuqori haroratdan foydalanish (tufukdonlarni, kiyimlarni, bogʻlov vositalarini, idish va oʻyinchoqlarni kamerada zararsizlantirish;
kimyoviy zararsizlantirish vositalaridan foydalanish.
112. Sil kasalligi oʻchogʻida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
bemorning ajratmalarini, idishlarini va ovqat qoldiqlarini zararsizlantirish;
ifloslangan ichki kiyimlarni zararsizlantirish.
113. Sil kasalligi oʻchogʻida yakuniy zararsizlantirish majburiy ravishda quyidagi xollarda oʻtkazilishi kerak:
bemor kasalxonaga yotqizilganda yoki bir oydan koʻp muddatga joʻnab ketganda;
sil kasalligining ochiq shakli bilan kasallangan bemor yashaydigan xonadonda;
bemorning boshqa joyga yashash uchun koʻchib ketganida;
bemor vafot etganida.
Oldingi tahrirga qarang.
114. Yakuniy zararsizlantirishni oʻtkazish uchun uchastka tibbiyot xodimi dezinfeksiya stansiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlariga sil kasalligining klinik shakli hamda zararsizlantirilishi lozim boʻlgan xonalar soni va kattaligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi shart.
(114-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
Oldingi tahrirga qarang.
115. Yakuniy zararsizlantirish dezinfeksiya stansiyalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladi, shuningdek ular kasallik oʻchogʻida zararsizlantirishning sifati va oʻz vaqtida oʻtkazilishiga masʼul hisoblanadilar
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 31-oktabrdagi 77-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2266-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son)
116. Yakuniy zararsizlantirishning asosiy usullari quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
joyida yuqori haroratdan foydalanish (kiyimlar, bogʻlov materiallari, idishlar, oʻyinchoqlarni qaynatish, chiqindilarni kuydirish);
kamerada zararsizlantirish (yotoq anjomlari, bemorlarning ustki va ichki kiyimlari, palaslar, kitoblar va boshqalar);
kimyoviy zararsizlantirish (ich kiyim, idish, xonalar, mebellar);
117. Yakuniy zararsizlantirish tartibi quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
yakuniy zararsizlantirish oʻtkazishda shifokor tomonidan zararsizlantiriluvchi narsalar va xonalar hajmini oʻrganish;
zararsizlantirish rejasini tuzish.
118. Birinchi navbatda epidemiologik jihatdan ahamiyatga ega boʻlgan narsalar zararsizlantirilishi lozim (ajratmalar, ich kiyimlar, idishlar va boshqalar).
119. Zararsizlantirish oʻtkazilayotganda yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish lozim.
4-§. Sil kasalligi oʻchogʻi va batsilla ajratuvchiga boʻlgan gigiyenik talablar
120. Batsilla ajratuvchiga atrofdagilardan ajratilgan holda alohida xona, iloji boʻlmasa xonaning bir tomoni ajratib berilishi lozim. Bemorning yotogʻi devordan narida, boshqa yotoqlardan esa kamida 1,5 m uzoqlikda boʻlishi kerak.
121. Xonada faqat bemor uchun kerakli boʻlgan buyumlar qoldirilishi lozim.
122. Bemorning zararsizlantirilgan idishlari alohida javonda yoki umumiy javonning alohida tokchasida saqlanishi lozim.
123. Bemorning buyumlari, kiyimlari va tualet anjomlari alohida saqlanadi, ustki kiyim uchun ham alohida joy ajratiladi.
124. Bemorning idishlari va buyumlaridan boshqalarning foydalanishi taqiqlanadi.
125. Batsilla ajratuvchining xonasi qishda tez-tez, issiq davrda esa doimo shamollatib turilishi lozim.
126. Sil kasalligi oʻchogʻida parvarish qilinayotgan bemorlarni nazorat qiluvchi tibbiy xodimlar sil kasalligi yuqishining oldini olishda gigiyenik tartib toʻgʻrisida tushuntirishlar olib borishlari kerak.
127. Har bir bemor ikkitadan mahkam yopiladigan choʻntak tufukdoni bilan taʼminlanishi lozim.
IV. Sil kasalligida zararsizlantirish uchun qoʻllaniladigan vosita va uskunalarga boʻlgan talablar
128. Sil kasalligida zararsizlantiruvchi vositalar sifatida quyidagilar ishlatilishi lozim:
xlorli ohak — xlor hidli oq kukun;
xloramin;
geksilrezorsin;
1-xlor-beta-naftol.
129. Sil kasalligida zararsizlantirishda qoʻllaniluvchi xlorli ohakda kamida 20 — 25 foiz faol xlor boʻlishi kerak.
130. Xlorli ohak — xlor hidli oq kukun mahkam yopiladigan idishda, quruq, salqin joyda, qorongʻida, yaxshi shamollatiladigan joyda saqlanishi lozim.
131. Xlorli suvdan zararsizlantirish uchun 10 va 20 foizli konsentratsiyalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
132. Laboratoriya xonalari tabiiy yoritilgan va shamollatish uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi, shuningdek kuniga ikki mahal shamollatib turilishi kerak.
133. Barcha xonalarga linoleum toʻshalishi, sanitariya xonalarida esa metlax plitkalari yotqizilgan boʻlishi kerak. Devorlar moyli boʻyoq bilan boʻyalishi, sanitariya xonalarida esa kafel yopishtirilishi zarur.
134. Xonalar va inventarlar kuniga kamida 2-marta tozalanishi kerak. Chiqindilar qopqoqli chelaklarga yigʻilishi va olib chiqilishi hamda maxsus joyda yoqib yuborilishi lozim.
135. Tozalash inventarlari (chelaklar, lattalar, xokandozlar va boshqalar) alohida ajratilgan xonalarda yoki alohida javonlarda saqlanishi kerak.
136. Iflos ich kiyimlar solingan qoplar saqlanadigan ichki qismiga temir qoplangan qutilarni qoʻyishga xonalar ajratilishi zarur. Bu kiyimlar yuvishdan oldin albatta zararsizlantirilishi lozim.
137. Tufukdon va balgʻamlarni kimyoviy yoki termik yoʻl bilan zararsizlantirishda, shuningdek sudnolar va siydik qabul qiluvchi idishlarni avtomatik ravishda yuvish uskunalarini oʻrnatish uchun alohida xonalar boʻlishi kerak.
138. Har bir statsionar boʻlimlar issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan, idish yuvish uchun alohida, qoʻl yuvish uchun alohida suv jumraklari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
139. Oshxonada iflos idishlar va toza idishlar uchun alohida stollar ajratilgan boʻlishi kerak.
140. Bemorlardan qaytgan idishlar ovqat qoldiqlaridan tozalangandan keyin termik yoki kimyoviy yoʻl bilan zararsizlantirilib yuvilishi lozim. Ovqat qoldiqlari albatta zararsizlantirilishi kerak.
141. Rentgen kabinetida uskunaning ekrani orqasiga selluloid plyonkasi oʻrnatiladi, uni kabinetning ish vaqti tugaganidan keyin har kuni 0,25 foizli faol xloramin eritmasi bilan yuvilishi yoki kuydirilishi lozim.
142. Laboratoriyalarda ish tugagandan keyin barcha ishlatilgan materiallar maxsus idishlarga solinib zararsizlantirilishi kerak.
V. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
143. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
144. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
(144-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VI. Yakuniy qoida
145. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XOʻJAYEV
2011-yil 15-avgust
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 15-avgust
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 15-avgust
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2011-yil 15-avgust
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 15-avgust
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
2011-yil 15-avgust
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 15-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 398-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 10/20/2266-1/0027-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 23.11.2023-y., 10/23/2266-2/0959-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)