Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2011 YIL 7 IYuLDAGI PF-4332-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 22-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2246]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 18-noyabrdagi 71-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2284, 30.11.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-iyuldagi PF-4332-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 19-noyabrdagi 100-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 15-noyabrdagi PF-4253-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2158, 2010-yil 20-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 47-son, 441-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-iyul,
42-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 19-iyuldagi 42-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-iyuldagi PF-4332-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-iyuldagi PF-4332-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2011-yilning 1-avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
eng kam ish haqi — oyiga 57 200 soʻm;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 111 875 soʻm;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 111 875 soʻm;
pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 68 645 soʻm.
2. 2011-yil 1-avgustgacha tayinlangan va 2011-yil 1-avgustdan keyin yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq yillar va oylar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (57 200 soʻm x 8 = 457 600 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.
4. Yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz hissasi 457 600 soʻm (57 200 soʻm x 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionerlar Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda) Qonunning 7 va 17-moddalariga muvofiq pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.
6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (57 200 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 19-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-iyuldagi PF-4332-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
2011-yil 1-avgustdan pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi
KOEFFITSIYENTLAR
| Davrlar | Koeffitsiyentlar | Davrlar | Koeffitsiyentlar |
| 1971-yilga qadar | 2130,375 | 1994-yil 1-sentabrdan | 745,9245 |
| 1971-yil | 2076,21 | 1994-yil 1-noyabrdan | 578,7605 |
| 1972-yil | 2024,46 | 1995-yil 1-yanvardan | 578,7605 |
| 1973-yil | 1959,8185 | 1995-yil 1-martdan | 292,859 |
| 1974-yil | 1828,27 | 1995-yil 1-sentabrdan | 225,446 |
| 1975-yil | 1788,135 | 1996-yil 1-yanvardan | 225,446 |
| 1976-yil | 1749,84 | 1996-yil 1-apreldan | 167,6447 |
| 1977-yil | 1701,195 | 1996-yil 1-sentabrdan | 116,93085 |
| 1978-yil | 1644,04 | 1997-yil 1-yanvardan | 116,93085 |
| 1979-yil | 1611,725 | 1997-yil 1-iyuldan | 81,3579 |
| 1980-yil | 1570,325 | 1998-yil 1-yanvardan | 81,3579 |
| 1981-yil | 1540,7585 | 1998-yil 1-iyuldan | 59,1261 |
| 1982-yil | 1540,6435 | 1999-yil 1-yanvardan | 48,42995 |
| 1983-yil | 1512,25 | 1999-yil 1-avgustdan | 37,73495 |
| 1984-yil | 1512,02 | 2000-yil 1-avgustdan | 24,6238 |
| 1985-yil | 1493,735 | 2001-yil 1-avgustdan | 17,5812 |
| 1986-yil | 1475,864 | 2002-yil 1-apreldan | 15,29845 |
| 1987-yil | 1440,835 | 2002-yil 1-avgustdan | 13,27905 |
| 1988-yil | 1346,075 | 2003-yil 1 maydan | 11,08025 |
| 1989-yil | 1262,677 | 2004-yil 1-avgustdan | 8,52035 |
| 1990-yil | 1139,5005 | 2005-yil 1 maydan | 7,09033 |
| 1991-yil | 786,186 | 2005-yil 1-oktabrdan | 5,91261 |
| 1992-yil 1-yanvardan | 232,415 | 2006-yil 1-iyuldan | 4,92718 |
| 1992-yil 1-iyuldan | 108,6405 | 2006-yil 1-noyabrdan | 4,1101 |
| 1992-yil 1-oktabrdan | 52,15595 | 2007-yil 1-avgustdan | 3,28072 |
| 1993-yil 1-yanvardan | 38,4905 | 2007-yil 1-noyabrdan | 2,98034 |
| 1993-yil 1-apreldan | 27,5195 | 2007-yil 1-dekabrdan | 2,73999 |
| 1993-yil 1-iyundan | 11,77715 | 2008-yil 1-apreldan | 2,42765 |
| 1993-yil 1-iyuldan | 7,45085 | 2008-yil 1-sentabrdan | 2,01894 |
| 1993-yil 1-sentabrdan | 5,64823 | 2008-yil 1-noyabrdan | 1,9228 |
| 1993-yil 1-noyabrdan | 3,48508 | 2008-yil 1-dekabrdan | 1,8147 |
| 1994-yil 1-yanvardan | 2,6197 | 2009-yil 1-avgustdan | 1,45406 |
| 1994-yil 1-martdan | 1,57424 | 2009-yil 1-dekabrdan | 1,37 |
| 1994-yil 1-iyundan | 1,05398 | 2010-yil 1-avgustdan | 1,20175 |
| 1994-yil 1-iyuldan | 1046,7185 | 2010-yil 1-dekabrdan | 1,15 |
| 1994-yil 1-avgustdan | 858,015 | 2011-yil 1-avgustdan | 1,0 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 29-son, 311-modda)