Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.07.2011 yildagi PQ-1564-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011/2012 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida talab etiladigan yuqori malakali mutaxassislarni sifatli tayyorlashni taʼminlash, shuningdek, mamlakat mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisoslarini yanada maqbullashtirish va unifikatsiya qilish, oliy malakali mutaxassislarni tayyorlashda mintaqaviy oliy oʻquv yurtlarining rolini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011 — 2016-yillarda oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash dasturiga muvofiq oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining yangilangan Klassifikatori ishlab chiqilgan boʻlib, unda oʻz mazmuniga koʻra yaqin mutaxassisliklarni birlashtirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada talab qilinmagan mutaxassisliklarni tugatish hisobiga bakalavriat taʼlimi yoʻnalishlarining sonini 228 tadan 165 tagacha, magistratura mutaxassisliklari sonini esa 1200 tadan 447 tagacha kamaytirish koʻzda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-sentabrdagi F-3501-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy talabni hisobga olgan holda oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotalarini yanada optimallashtirish boʻyicha takliflar tayyorlandi, ularda bir-birini takrorlovchi, mos kelmaydigan va ixtisoslashmagan yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlashni tugatgan holda respublika mintaqalarida joylashgan oliy oʻquv yurtlariga hamda zamonaviy muhandislik-texnika, axborot-kompyuter va quruvchilik mutaxassislari boʻyicha kvotalarni koʻpaytirish nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining yangilangan Klassifikatoriga muvofiq respublikaning oliy oʻquv yurtlari boʻyicha 2011/2012 oʻquv yili uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavrlarni 56 607 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 19 560 va toʻlov-kontrakt asosida — 37 047 nafar miqdorida, 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistrlarni 5 880 nafar, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 1 566 va toʻlov-kontrakt asosida — 4 314 nafar miqdorida, 2-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bakalavrlarni Toshkent kimyo-texnologiya instituti (Qoʻngʻirot boʻlimi)ning maxsus sirtqi boʻlimiga davlat grantlari boʻyicha 65 kishi va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi boʻlimiga — 50 kishi, shu jumladan davlat grantlari boʻyicha — 15 kishini va toʻlov-kontrakt asosida — 35 kishini qabul qilish umumiy kvotalari 3-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2011/2012 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining yangilangan tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat komissiyasiga oliy taʼlim muassasalariga kirish chogʻida bakalavriat tayyorlov yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha abituriyentlar toʻplagan ballarning reyting baholanishini hisobga olgan holda bakalavriat va magistraturaga qabulning belgilangan umumiy kvotalar doirasida oliy taʼlim muassasalarining qabul koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (A.N. Aripov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qabulga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil qilish hamda davlat grantlari boʻyicha va toʻlov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturaga, shu jumladan oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar olgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun belgilangan kvotalarga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida oʻzlariga qarashli oliy taʼlim muassasalari doirasida bakalavriat va magistratura boʻyicha davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida oʻrinlar kvotasini taʼlim tillariga qarab taqsimlashga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2011/2012 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga qabul qilish boʻyicha belgilangan kvotalarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi “sport faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha ayol murabbiylarni tayyorlash maqsadida mintaqalardagi eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan qizlarning Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining xotin-qizlar sporti yoʻnalishlari boʻyicha qabulning maqsadli kvotalari tanlovida ishtirok etishlari uchun ularning oʻz vaqtida tanlab olinishini taʼminlasin, ularning test sinovlariga tayyorgarlik koʻrishlari uchun shart-sharoitlar yaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ish beruvchilar bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilari oʻzlari olgan bilim yoʻnalishiga muvofiq ishga joylashganliklari ustidan tizimli nazorat oʻtkazib tursin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 4-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1564-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 280-modda)