ILOVA
|
“6. Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni, xorijga chiqish va xorijdan kelish huquqini beruvchi hujjatlarni berganlik uchun: | |
|
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 30 foizi |
|
b) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 50 foizi |
|
v) Oʻzbekiston Respublikasining 16 yoshga toʻlmagan fuqarolariga chet ega chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 50 foizi |
|
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga chet elga chiqish uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 40 foizi |
|
d) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 60 foizi |
|
�) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 50 foizi |
|
j) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 80 foizi |
|
z) chet elga chiqish va kirish huquqi uchun ilgari berilgan hujjatlarga baʼzi oʻzgartirishlar kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari) |
eng kam oylik ish haqining 10 foizi |
|
i) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni berganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 10 foizi |
|
k) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 20 foizi |
|
l) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yoʻqotib qoʻyilgan yashash uchun ruxsatnoma oʻrniga yashash uchun ruxsatnoma berganlik uchun |
eng kam oylik ish haqining 50 foizi |
|
m) yoʻqotib qoʻyilgan pasportlar, shu jumladan biometrik pasportlar hamda ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarning oʻrniga yangilarini berganlik uchun |
ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan miqdorlarda”. |