Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2017 31.05.2011 yildagi PQ-1544-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.09.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

SUGʻURTAChILARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI YaNADA OShIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq hamda sugʻurta faoliyatini yanada takomillashtirish, sugʻurtachilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek sugʻurta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining ilovaga muvofiq sugʻurta faoliyati turlariga qarab, sugʻurtachilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012 — 2014-yillar mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab turgan sugʻurta kompaniyalari (sugʻurtachilar) ustav kapitali miqdorlarining ushbu qarorda belgilangan talablar va muddatlarga muvofiq holga keltirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandi talablariga javob bermaydigan sugʻurtachilarning litsenziyalari amal qilishini qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda toʻxtatib qoʻyish va tugatish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-sonli qarorining 1 va 2-bandlari 2012-yilning 1-iyulidan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 31-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1544-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi PQ-1544-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtachilar uchun ustav kapitalining eng oz
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIQDORLARI

(ekvivalenti ming yevro)
Sugʻurta faoliyati turlari 2012-yil 1-iyuldan 2014-yil 1-iyuldan
Umumiy sugʻurta sohasida 1 125,0‎ 1 500,0‎
Hayotni sugʻurtalash sohasida 1 500,0‎ 2 000,0‎
Majburiy sugʻurtalash boʻyicha 2 250,0‎ 3 000,0‎
Faqat qayta sugʻurtalash boʻyicha 5 000,0‎ 6 000,0‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 230-modda)