O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-may,
PQ-1531-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarorining 2, 3 va 5-bandlari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 6-maydagi PQ-69-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 20-sentabrdagi PQ-185-son qarori ilovasining 3-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qarorining 5-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)