Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi Boshligʻining
buyrugʻi
GIDRIDLANGAN MOYLAR ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 18-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2218]
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
1. Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-mart,
66-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 18-martdagi 66-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Gidridlangan moylar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq gidridlangan moylar ishlab chiqarishda xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar gidridlangan moylar ishlab chiqarish tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
II bob. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son)
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-2014 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
17. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
19. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari boʻlgan xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish lozim.
28. Xodimlar Yogʻ-moy va tamaki ishlab chiqarish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2113, 2010-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 205-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
29. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
30. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
31. Bosim ostida ishlovchi ishlab chiqarish uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2218-2, 10.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son)
7-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati, kasaba uyushmasi qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlinmalari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiyot xizmati koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladi.
(34 — 38-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 60-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2218-1, 14.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 678-modda)
39. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
40. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
41. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
42. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
43. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
44. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
45. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
46. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
47. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
49. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
10-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos boʻlishi kerak.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
51. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
52. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
53. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
54. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
55. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.
11-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
58. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
59. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi kerak.
60. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
61. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
62. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
63. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq boʻlishi kerak.
64. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
65. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
66. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
12-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
67. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
68. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
69. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.
70. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C va ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi lozim.
71. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.
72. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
13-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
73. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-2014 va GOST 12.1.012-2004 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
74. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va shu kabilar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak.
75. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, bunda shaxsiy eshitish aʼzolarini himoya qilish vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
14-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
76. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
77. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
79. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.
80. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
15-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
82. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III bob. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga boʻlgan talablar
1-§. Texnologiya jarayonlariga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
83. Gidridlangan moylar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-2014 talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
84. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taʼminlanadi:
ishlab chiqarish uskunalariga xizmat koʻrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qoʻllash;
ishlovchilarga zararli taʼsir koʻrsatmaydigan birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qoʻllash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni boʻlmasa ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini taʼminlovchi choralar koʻrish;
shikastlanish va kasb kasalliklari manbai boʻlmagan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish uskunalarini toʻgʻri joylashtirish va ish joylarini toʻgʻri tashkil etish;
birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qoʻllash;
xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qoʻllash;
ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
85. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meʼyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
86. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob-uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
87. Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatlarga muvofiq olib borilishi lozim.
88. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qoʻllanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega boʻlgan oraliq moddalar hosil boʻlsa xodimlarga oldindan oʻzini bexatar tutish qoidalari haqida maʼlum qilinishi va ular tegishli tartibda oʻqitilishi va himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
89. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qoʻllashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik meʼyorlar tasdiqlangandan soʻng ruxsat etiladi.
2-§. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimiga qoʻyiladigan talablar
90. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi xizmat koʻrsatish uchun qulay va xavfsiz joylarga joylashtirilishi lozim. Bu joylarda silkinish, texnologik mahsulotlar bilan ifloslanish, tizimning aniqligi va ishonchliligiga taʼsir etuvchi mexanik va boshqa zararli taʼsirlar boʻlmasligi lozim.
91. Texnologik jarayonlarning nazorat tizimi taʼmirlanganidan soʻng sinovdan oʻtkazilishi hamda uning natijalari uskunaning pasporti va maxsus jurnalda qayd qilinishi lozim.
92. Nazorat uskunalari yechilgan holda taʼmirlanayotganda, ushbu uskunalar zudlik bilan tekshirilgan va koʻrsatkichlari bir xil boʻlgan uskunalar bilan almashtirilishi lozim.
93. Nazorat uskunalari va signal lampalarining joylashishi, ularning koʻrsatkichlarini qulay kuzatish imkoniyatini yaratishi lozim.
94. Avtomat tarzda boshqaruv tarmogʻi markaziy pultida jarayonning texnologik parametri kattaligi, ularni ish jarayonida yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan kattalikka yetganligi haqida signal beruvchi qurilmalar joylashtirilishi lozim.
95. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun yuqori va quyi sathlar belgilangan koʻrsatkich qoʻllanishi lozim.
96. Daraja koʻrsatkichlarida shaffof element sifatida oyna yoki plastmassadan foydalanishda, ular singanda xodimlarni jarohatlanishidan saqlovchi moslama qoʻllanishi lozim.
97. Havoda va ishlab chiqarish xonasining avtoklav boʻlimida hamda kompressor stansiyalarida portlash xavfi bor gazlar miqdori doimiy nazorat etilishi lozim.
98. Boʻlinish chegarasi boʻlgan moddalarning idishlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish lozim. Idishlardagi sath koʻrsatkichlaridan tashqari ovozli, yorugʻlik va boshqa signalizatorlar qoʻllanishi mumkin.
3-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Oldingi tahrirga qarang.
99. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 talablariga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-3, 14.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)
100. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
101. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
102. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
103. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
104. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
105. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
106. Portlashni oldini olish uchun avtoklav, kompressor, nasoslarning podshipniklari hamda mashina va agregatlarining ishqalanuvchi qismlarini qizib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
107. Aralashganida portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.
108. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
109. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
4-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
110. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(110-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2218-2, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son)
111. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
112. Yoritish va quvvatli uskunalar hamda elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
113. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
114. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
115. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
116. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi lozim.
117. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
118. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
119. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
120. Elektr apparatlari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
121. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
122. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
123. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning gʻiloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻrlar bilan oʻralgan va toʻr yer bilan ulangan boʻlishi lozim.
124. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
5-§. Ishlab chiqarish qurilmalarining avariya holatida oʻchirilishini taʼminlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
125. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi texnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq taʼminlanishi kerak.
126. Ish hududida zararli moddalarning konsentratsiyasi nazoratini amalga oshiruvchi hamda qurilmalarning avariyaviy oʻchirilishini taʼminlovchi gaz tahlil qilish apparatlari oʻrnatilishi zarur.
127. Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda yoki xonalarda oʻrnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda “Yongʻindan xavfli!”, “Chekilmasin!”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi!” kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
128. Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarining vujudga kelganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berishni taʼminlash maqsadida, gaz tahlil qilish apparatlarida ishlaydigan yorugʻlik va ovoz beruvchi signalizatorlar koʻzda tutilishi lozim.
129. Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli omillarning taʼsirini chegaralovchi himoya ekrani oʻrnatilgan maxsus stendlar boʻlishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalangan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga zararli va xavfli omillarning taʼsir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati taʼminlanishi zarur.
6-§. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashish
130. Birlamchi materiallar, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni hajm oʻlchamlari ishlarni bajaruvchi texnologik qurilmalar pasportida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi lozim.
131. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
132. Vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan yuklarni ortish va tushirish ishlari mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi lozim.
133. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kirish joyida harakat yoʻnalishi, yuk ortish va tushirish joyi yoki transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
134. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlar stellajlari oraligʻidagi yoʻlakning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yoʻlakka qoʻshimcha qoʻllaniladigan transport vositalari oʻlchamlari kengligidagi yoʻl boʻlishi lozim.
135. Tashkilotlar tomonidan chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini qisqartirish, ularni zararsizlantirish, qayta ishlash, saralash, saqlash, koʻmib tashlash va utillashtirish ishlari belgilangan talablarga rioya qilish orqali amalga oshirilishi lozim.
136. Chiqindilarning xavfli turlari begona shaxslarning kirishi cheklangan joylarda, identifikatsiya belgilari va yozuvlari bilan taʼminlangan holda saqlanishi lozim.
137. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va koʻmib tashlash taqiqlanadi.
Tashkilotda barcha turdagi chiqindilar bilan muomala yuritish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilgan boʻlishi lozim. Chiqindilarni yigʻish, joylashtirish va tashishni taʼminlayotgan xodimlar chiqindilar bilan muomala yuritishning bexatar usullari boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi kerak.
7-§. Quvur oʻtkazgichlar va armaturalarga qoʻyiladigan talablar
138. Barcha quvur oʻtkazgichlar loyihalashtirilishi lozim.
139. Tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga asosan quvur oʻtkazgichlar doimo koʻzdan kechirilishi va taʼmirlanishi lozim.
140. Barcha oʻrnatilgan quvur oʻtkazgichlar foydalanishga topshirilishidan oldin va taʼmirlashdan soʻng tekshiruvdan va gidravlik sinov natijalari aks etgan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim.
141. Tiqin armaturasi va uning joylashishi har bir agregatni ishonchli oʻchirilishini taʼminlashi kerak.
142. Avtoklav boʻlimidagi vodorod, yogʻ, katalizator, inert gaz va suv oʻtadigan quvur oʻtkazgichlarda orqaga qaytarish klapanlari boʻlishi shart.
143. Distillyator, dezorator va boshqa ishlab chiqarish uskunalarining bugʻlantirish uchun kuchli bugʻ beriladigan quvur oʻtkazgichlarida ortga (Suyuqlik yoki gaz fazaning yoʻnalishini faqat bir tomonlama tarafga harakat qilishini taʼminlaydigan moslama) klapani, berkitish ventili, manometri, saqlash va reduksion klapanlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
144. Yangi va taʼmirlangan (texnologik qurilmalarni avariya va noxush hodisadan) saqlash klapanlarining germetikligini tekshirilishi va stendda tartibga solinishi uning texnik pasportiga qayd etilishi lozim.
145. Toksik, yonuvchan, portlovchan moddalar haydaladigan quvurlarni maishiy, yordamchi, omborxona, boshqaruv va xoʻjalik xonalari, transformator xonalari va zina yoʻlaklaridan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
146. Yuqori bosim ostidagi bugʻ tizimiga gidravlik turtki berishning oldini olish uchun bugʻ ochqichini tez ochish va bugʻning toʻplanishi natijasida vujudga kelgan suv qaytargichni havo oqimi bilan tozalamasdan ochish taqiqlanadi.
147. Yonuvchan va portlovchan moddalar quvurlarini ochiq olovda qizdirish taqiqlanadi.
148. Tiqin armaturasi qoidaga koʻra poldan 3,6 m dan baland boʻlmagan balandlikka oʻrnatilishi lozim. Ular poldan 1,6 m dan balandda joylashtirilgan hollarda, koʻchmas asosga oʻrnatilgan narvonli maydoncha yoki uni poldan taʼmirlash mumkin boʻlgan moslamasi boʻlishi kerak.
149. Qayta oʻrnatilayotgan va taʼmirlangan tiqin armaturasi zichligi stendda 5 minut ishchi bosim ostida sinalishi kerak.
150. Armaturada uning dastasi va maxoviklarining aylanish yoʻnalishini koʻrsatuvchi yoʻnalish belgisi boʻlishi kerak. Barcha joʻmraklarning old qismida oʻyilgan tiqin holatini koʻrsatish belgilari oq rangda koʻrsatilishi shart.
151. Sexlarda (ishlab chiqarish maydonlarida) tiqin, tartibga soluvchi va saqlash armaturalari koʻrsatilgan quvur oʻtkazgichlarining oʻtkazilish tartibi va nazorat-oʻlchash asboblari tasviri osib qoʻyilishi shart. Chizmadagi tiqin armaturalari raqami va boshqa belgilar texnologik reglamentga mos kelishi shart.
152. Elektrodvigatellarni ishga tushirish qurilmalarida ularning funksional vazifalarini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi kerak.
153. Quvur oʻtkazgichlarda mahsulot yoʻnalishini koʻrsatuvchi strelkalar boʻlishi kerak. Tiqin armaturasining chizmada tartib raqami yozilgan boʻlishi kerak.
154. Quvur oʻtkazgichlarni yotqizishda ular osilishi va toʻplanib qoladigan joy hosil qilmasligi, yuborilayotgan material tiqilmasligi, kommunikatsiya choʻzilib ketmasligini taʼminlashi lozim.
155. Yemirilishga uchraydigan apparat va quvur oʻtkazgich devorlarining qalinligi va tarkibi tasdiqlangan reja-jadvalga asosan tekshirilishi kerak. Quvur oʻtkazgichlarni tashqi omillar taʼsirida yemirilishdan saqlash choralari loyiha asosida olib borilishi kerak.
156. Texnologik apparat va quvur oʻtkazgichlarga oʻrnatilgan saqlash klapanlari bugʻ va suyuqlikni xavfsiz joyga chiqarish yoʻliga ega boʻlishi lozim.
157. Flansli birikmalar tashqaridan kuzatish mumkin boʻlgan va ochiq, taʼmirlash va oʻrnatish uchun qulay boʻlgan joylarga joylashtirilishi kerak. Yogʻli, eritkichli, agressiv suyuqlik quvur oʻtkazgichlarining flans birikmalari kishilar oʻtish joylari va ish maydonlari ustidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
158. Jipslashtirish konstruksiyasi, toʻshama materiali va flans birikmalarini oʻrnatilishi texnologik tizimni taʼmirlash oraligʻida bajarilganda yemiriluvchan birikmalar germetikligini taʼminlashi shart.
159. Bugʻ tizimiga gidravlik taʼsir koʻrsatmaslik uchun bugʻ ventillarini tez ochish va kondensat uzatgichini havolatmay ochish taqiqlanadi.
160. Quvurlar oʻtkazgichlarning tashqi devori 45°C gradusdan yuqori boʻlgan barcha issiqlik tarqatuvchilari issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplanishi shart.
161. Issiqlik izolyatsiyasi materiallari silliq, namlikka va mexanik zararlanishga chidamli va issiq yuzalar uchun oʻtga chidamli boʻlishi kerak.
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
162. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining harakatlanuvchi qismlari GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, toʻxtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
163. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining elementlari (elektr oʻtkazgichlari, oʻtkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan boʻlishi lozim.
164. Katta oʻlchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat koʻrsatish, tekshirish, taʼmirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 m va undan baland joylashgan toʻsiqlari va zinalari bor maydonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
165. Asbob-uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi koʻrsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari boʻlishi lozim.
166. Ishlab chiqarish asbob-uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari quyidagilar bilan taʼminlanishi lozim:
oʻchirib qoʻyilgan yoki nosoz ishlab chiqarish asbob-uskunasining ishlashi cheklab qoʻyilishi;
xavf tugʻilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri tugagandan soʻnggina himoya vazifasi tugatilishini taʼminlash;
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qoʻshimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalari bilan himoyalash vazifasi taʼminlanishi;
xizmat koʻrsatish va nazorat qilish uchun qulay boʻlgan joyda oʻrnatilgan boʻlishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan taʼminlanishi.
167. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar oʻtkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin boʻlgan elementlarga, shuningdek toʻsilmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega boʻlmasligi lozim.
168. Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda qulaylik va xavfsizlikni taʼminlashi kerak.
169. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi, uning tarkibiy qismi boʻlgan bugʻ oʻtkazgichlar, elektr simlarining bexosdan zararlanish xavfini bartaraf etishi kerak.
170. Asbob-uskunalarning konstruksiyasi xodimlarning jarohat olishiga sabab boʻladigan oʻtkir boʻgʻinli, hoshiyali, gʻadir-budur va tikanli boʻlmasligi kerak.
171. Asbob-uskunalarni holatini tekshirish ishlari tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan reja jadval asosida olib borilishi kerak.
172. Asbob-uskunalarni oʻrnatish, taʼmirlash, tozalash, koʻtarish va oʻrnini almashtirish ishlari javobgar shaxs nazorati ostida mexanizatsiya yordamida bajarilishi shart.
173. Har bir asbob-uskunaning pasporti, kommunikatsiyalarga ulanish chizmasi, konstruksiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar, foydalanishga qabul qilish hujjatlari, shuningdek xavfsiz foydalanish qoʻllanmasi boʻlishi kerak.
174. Har bir asbob-uskunadan foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda, xizmat qilish muddati belgilanishi va bu muddat uning pasportida qayd etilishi lozim.
175. Asbob-uskunalarning barcha harakatlanuvchi qismlari, keltiruvchi, uzatuvchi mexanizmlari, uning qismlari (shkiv, qayishlar, zanjirlar, aylanuvchi vallar) uskunaning korpusida joylashgan boʻlishi kerak.
176. Himoyalash konstruksiyasi qoʻshimcha shovqin, tebranish, xavfli vaziyat yuzaga keltirmasligi, uskunaga xizmat koʻrsatishni qiyinlashtirmasligi kerak.
177. Tez-tez kuzatiladigan joylarning panjaralari tez yechiladigan (qopqoq, lyuk, shit, toʻr va boshqalar) yoki tez ochiladigan boʻlishi kerak. Panjaralar, eshiklar, shitlar, ular ochilganida yoki olib tashlanganida avtomatik ravishda uskunalar ishini toʻxtatish bloklari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
178. Asbob-uskunalarni boshqarish tizimida xodimlarning jarohatlanish xavfini bartaraf etish maqsadida xavfli vaziyatlarda tormozlanish va halokatni toʻxtatish vositalari, shuningdek uskunani buzilishi haqida ogohlantiruvchi signal berish vositalari boʻlishi lozim.
179. Boshqaruv organlari joylashuvi va konstruksiyasi uskunalarning toʻsatdan harakatga kelishining oldini olishi lozim.
180. Oʻtish uchun eng kam oraliqlar uskunalarning boʻrtib turgan qismlarini hisobga olgan holda qoldirilishi shart.
181. Himoyalash qurilmalari yoʻq yoki nosoz boʻlgan asbob-uskunalardan foydalanish taqiqlanadi.
182. Gazgolderning koʻrinarli joyida “Portlovchan!”, “Chekish man etiladi!” degan yozuvlar boʻlishi kerak.
183. Foydalanish jarayonida bir-biri bilan ishqalanganda uchqun chiqarishi mumkin boʻlgan asbob-uskunalarni gazgolderning ichki yarim oʻralari va gaz kiritish kamerasiga oʻrnatish taqiqlanadi.
184. Sharnirga mahkamlangan, ilgakka ilingan yoki suriluvchi panjaralar ishga tushirish qurilmasi bilan bloklangan boʻlishi lozim.
185. Vakuum ostida ishlovchi apparatlar vakummetr va apparat ichidagi bosimni atmosfera bosimiga tenglashtiruvchi qurilma bilan jihozlanishi kerak.
186. Quvur oʻtkazgich, apparat va tiqin armaturasi flyansi, lyuk va tushish oʻrasi qopqogʻining teshiklaridan birida mahkamlovchi bolti boʻlmasa ishlatishga ruxsat etilmaydi.
187. Ish vaqtida apparatni koʻrish fonari va lyuklarini ochish taqiqlanadi. Apparatdan foydalanish vaqtida ishlov berilayotgan materialning texnologik qoʻllanmada koʻzda tutilgan miqdori saqlanishi kerak.
188. Harorat va bosimni kuzatish lozim boʻlgan va ish joyidan uzoqda joylashgan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish mumkin boʻlmagan apparat va agregatlar joylarda koʻrsatish va masofadan koʻrsatish asboblari bilan taʼminlanishi kerak.
189. Uskunalarning 45°C gradusdan yuqori boʻlgan barcha issiqlik tarqatuvchi tashqi devorlari tashqi taʼsirlardan himoya qilingan boʻlishi shart.
2-§. Sigʻimlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
190. Gidridlangan moylar va xom ashyo aralashmasini saqlash sigʻimlari (rezervuar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk boʻshatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Chang tutish moslamalari ishga yaroqsiz boʻlganda siloslarni ishlatish man etiladi.
191. Sigʻimlarning tepasi perimetri boʻyicha toʻsilgan boʻlishi va toʻsiqlar GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablari boʻyicha bajarilishi kerak.
192. Sigʻimlar galereyasidagi oynaning romlari ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak.
193. Sigʻimlar galereyasi truboprovodlaridan oʻtish uchun oʻtish koʻpriklarini oʻrnatilishi GOST 12.4.059-87 “Qurilish. Inventar himoyalovchi toʻsiqlar. Texnik shartlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
194. Sigʻim ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak:
sigʻimga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin joʻmraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 boʻyicha “Tiqin joʻmraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!” yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qoʻyilishi.
sigʻimga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki bogʻlovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan taʼminlanishi.
195. Kajavalar oʻtirgich, oyoq uchun tirgovich, toʻsiq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (choʻntaklar, xomutlar va boshqalar) boʻlishi lozim.
196. Kajava toʻsigʻining balandligi 1,2 m dan kam boʻlmasligi, qoʻshimcha toʻsiq planka balandligi 0,6 m boʻlishi, lyulkani osib qoʻyish vositalari uning toʻnkarilishini bartaraf qilishi lozim. Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining konstruksiyasi GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunalari. Xavfsizlikning umumiy talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
V bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikni taʼminlash talablari
1-§. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlikning umumiy talablari
197. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari, ularning texnik pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
198. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali va oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi hamda taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
199. Asosiy uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ishlarni tashkil etish loyihasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ishlarni tashkil etish loyihalarida taʼmirlashni oʻtkazishga javobgar shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarining tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlovchi choralar koʻrsatilishi lozim.
200. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
201. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
202. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
203. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
204. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
205. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
206. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
207. Havoza va toʻshamalarida ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlaridan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari arqonining mahkamlanish joyi konstruksiyalarda avvaldan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
208. Taʼmirlash ishlari bajarilayotgan hududdagi elektr oʻtkazgichlari yoki uskunalarning kuchlanish ostida boʻlgan ochiq qismlari oldindan elektr tokidan oʻchirib qoʻyilgan yoki maxsus izolyatsiyalovchi vositalar bilan ishonchli himoyalangan boʻlishi lozim.
209. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40°C gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
210. Barcha taʼmirlash ishlari sex yoki tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
211. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
212. Taʼmirlash olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
213. Taʼmirlash tugagach barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim. Barcha turdagi taʼmirlash ishlari tarmoq (idoraviy) nizomlariga muvofiq tuzilgan va tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan rejaviy-ehtiyot taʼmirlash jadvaliga muvofiq bajarilishi lozim.
214. Yuqori kuchlanishga ega boʻlgan elektr uskunalarida taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun yetarli tajribaga ega boʻlgan va xavfsizlik texnikasi boʻyicha toifasi IV guruhdan past boʻlmagan xodim tomonidan 1000 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishdagi va malaka toifasi III guruhdan kam boʻlmagan xodim tomonidan 1000 V gacha kuchlanishga ega boʻlgan uskunalar bilan ishlashga ruxsat beriladi.
215. Barcha zararli va portlovchi gazlar boʻlgan hamda gazlar yigʻilish ehtimoli bor xonalarda taʼmirlash ishlarini boshlashdan avval, shuningdek taʼmirlash ishlari hamda apparatlar va qurilmalarni tozalash vaqtida xonadagi shamollatish tizimini ishlatish zarur.
216. Taʼmirlash ishlari vaqtida portlovchan gaz va bugʻlar ajralib chiqaruvchi jarayonlarni bajarish ishlari taqiqlanadi. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin va ularni bajarayotganda binodagi havoda portlovchan bugʻ, gaz bor-yoʻqligini tekshirish lozim. Polga, maydonchaga, zinaga va boshqa joylarga metall asboblarni tashlash taqiqlanadi.
217. Vodorod, salomas, tizimidagi oqizish joʻmraklari tiqilganda va vodorodni tozalash tizimida tiqinlarni ochishga faqat latun yoki mis simlar ishlatilishi lozim.
218. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda panjara, armatura, quvur oʻtkazgich va mufta qobigʻida turish taqiqlanadi.
219. Xodimlarning oʻtishi, shuningdek asbob-uskunalar va ehtiyot qismlarini olib oʻtish uchun moʻljallangan yoʻllar sirpanchiq boʻlmasligi kerak.
220. Zararli va portlovchan moddalar ishlatiluvchi asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlar devorining qalinligi (texnik koʻrikdan oʻtkazish, parmalash, ultratovush yordamida) belgilangan muddatlarda tekshirib turilishi lozim.
221. Asbob-uskuna va quvur oʻtkazgichlarda ortiqcha bosim borligida boltlarni va shpilkalarni tortish taqiqlanadi.
222. Barcha portlab yonish xavfi boʻlgan binolarda tortish shamollatish tizimi oʻchirilganda, rejali va ogohlantirish taʼmirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
223. Asbob-uskuna (rezervuar)da taʼmirlash ishlari boshlanishidan oldin, unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlardan toʻsqich bilan toʻsilgan va texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan hamda oʻtkir bugʻ bilan bugʻlantirilgan, suv bilan yuvilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
224. Olovli ishlar yordamida yoki boshqa taʼmirlash ishlari ularni bajarish jarayonida koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramay xavfli vaziyat yuzaga keltirish sharoitlari aniqlanganda toʻxtatilishi shart.
2-§. Apparat, sigʻim va quduqlar ichida taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
225. Apparat, sigʻim va quduqlarni ochish, ularni tekshiruvdan oʻtkazish, tozalash va taʼmirlash ishlari sex boshligʻining yozma koʻrsatmasiga asosan (avariya hollaridan tashqari) muhandis-texnik shaxslarning uzluksiz nazoratida va ishga kirishish ruxsatnomasi toʻldirilgandan soʻng amalga oshirilishi lozim.
226. Xodimlarni apparat (rezervuar) ichiga tushirishdan oldin unga ulangan barcha quvur oʻtkazgichlar toʻsqichlar bilan berkitilgan, texnologik mahsulotlarning qoldiqlaridan tozalangan, oʻtkir hidli qoldiqlar neytrallashtiruvchilar bilan xavfsizlantirilgan, suv bilan yuvilgan (yoki bugʻlangan) hamda 40°C ga qadar sovutilgan va shamollatilgan boʻlishi kerak.
227. Oʻz tuzilishida harakatlanuvchi qismlari boʻlgan apparatlarga xodimlar tushirilishidan oldin, uni oʻchirish bilan quvvatsizlantirilishi, xavfsizlik qoʻshimchasi olinib, “Yoqilmasin, xodimlar ishlamoqda!” degan ogohlantirish yozuvi ilib qoʻyilishi kerak.
228. Apparat, sigʻim va quduqlarning ichidagi havodan olingan namunaning tahlili ularning ichidagi havoda hajmi boʻyicha kamida 20 foiz kislorod borligini va ammiak, sirka kislotasi va boshqa zararli aralashmalar yoʻqligini koʻrsatgan taqdirdagina ularning ichida ishlarni bajarishga ruxsat etilishi lozim.
229. Ishlar masʼul muhandis-texnik xodimning rahbarligida kamida uch xodim tomonidan bajarilishi, ulardan biri apparat, idish yoki quduqning ichida boʻlishi, ikkinchisi esa yuqorida turib qutqarish arqonini ushlagan holda ichkarida ishlayotgan xodimni kuzatib turishi va quduqning yonidan ketmasligi lozim.
230. Apparatning ichida ishlayotgan xodimning sogʻligʻi yomonlashsa, u darhol ishni toʻxtatib, tashqariga chiqishi lozim. Zarur hollarda kuzatib turuvchi va ish rahbari jabrlangan xodimni tashqariga chiqarib olishlari shart.
231. Xodim avariya holatlarida ichida gaz bor yoki havo almashinuvi yetishmaydigan apparatlar, sigʻimlar, quduqlarda taʼmirlash ishlarini boshlashidan oldin shlangli protivogazni kiyishi lozim. Shlangning orqa uchi toza havoli hududga chiqarib, mahkamlanib qoʻyilishi shart.
232. Shlangli protivogazda tanaffussiz ishlash muddati 15 daqiqadan oshmasligi shart, shundan soʻng xodim 15 daqiqa ochiq havoda dam olishi lozim.
233. Idishlarni, ularning ichiga xodimlarning tushishi bilan bogʻliq ishlarga tayyorlash, hamda ishlash paytidagi koʻriladigan xavfsizlik choralari naryad-ruxsatnomada bayon qilingan boʻlishi lozim.
234. Taʼmirlash jarayonida yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlash uchun javobgarlik olovli ishlar olib boriladigan sex, tajribaxona, ustaxona, omborxona, boʻlim rahbarlariga yuklatilishi kerak.
235. Vaqtinchalik payvandlash ishlari va boshqa olovli ishlar bajariladigan joylar obyektning yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxsining (muassasa, sex, laboratoriya, ustaxona, omborxona va shu kabilarning rahbari) yozma ruxsati bilan aniqlanishi lozim.
236. Olovli ishlar bilan bogʻliq taʼmirlashga yongʻin xavfsizligi talablarini bilishi belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan va maxsus ruxsatnoma berilgan xodimlar qoʻyilishi lozim.
237. Olovli ishlarni boshlashdan oldin, ushbu ishlarni bajaruvchi xodimlar mazkur ishlab chiqarishda ishlarni bexatar bajarish qoidalari bilan tanishtirilishi lozim.
238. Ishlab turgan portlash xavfi bor obyektlar va ishlab chiqarish qurilmalariga 25 m gacha boʻlgan masofadagi hududlarda olovli ishlarni bajarish taqiqlanadi.
239. Olovli ishlar bajarilayotgan ish joylarida xavf yuzaga kelgan zahotiyoq ish toʻxtatilishi shart.
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
240. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
241. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII bob. Yakuniy qoidalar
242. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi va “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
2011-yil 16-mart
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 16-mart
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 16-mart
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2011-yil 16-mart
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2011-yil 16-mart
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2011-yil 16-mart
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2011-yil 16-mart
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi boshqaruvi raisi A. RAMATOV
2011-yil 16-mart
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi A. BOʻRIYEV
2011-yil 16-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 166-modda; 2017-y., 28-son, 678-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.02.2022-y., 10/22/2218-2/0118-son; 14.07.2025-y., 10/25/2218-3/0607-son)