Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2018 07.04.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1675-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 07.04.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1675-1
Дата вступления в силу
17.04.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

QIShLOQ XOʻJALIGI KORXONALARINING DAVLAT EHTIYOJLARI UChUN XARID QILINADIGAN PAXTA VA GʻALLA YETIShTIRISh XARAJATLARINI TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN KREDITLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1675-1]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 6-apreldagi 72 va 288-V-5-sonli “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1675-5, 13.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 13-martdagi 30, 288-V-sonli qarori (roʻyxat raqami 1675, 2007-yil 14-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 168-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2011-yil 23-fevral,

8-son

Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 23-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1/2-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 23-fevraldagi 8, 1/2-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-apreliga qadar paxta xomashyosi qiymatining 25 foizigacha, 1-iyulga qadar 50 foizgacha va 1-sentabrga qadar 60 foizgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻalla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1-yanvariga qadar gʻalla qiymatining 30 foizgacha, 1-aprelga qadar 50 foizgacha va 1-iyunga qadar 60 foizgacha.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi oʻrtacha xarid narx asos qilib olinadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yettinchi xatboshidagi “SFUlar (suvdan foydalanuvchilar uyushmalari)” degan soʻzlar “SIUlar (suv isteʼmolchilari uyushmalari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sakkizinchi xatboshidagi “(muddati oʻtgan yer soligʻi. Muddatli yer soligʻi toʻlovlari qonunchilikda belgilangan muddatlarda toʻlanadi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) toʻqqizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektr energiya toʻlovlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Urugʻlik uchun toʻlovlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun ham toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin. Boshqa zaruriy ehtiyojlar hisobidan paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq xarajatlariga, bank xizmati, xoʻjalik va idora xarajatlari, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xarajatlari, sugʻurta xarajatlari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda toʻlanadigan Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda fermer xoʻjaliklari uyushmalarini saqlash xarajatlari uchun toʻlovlar amalga oshirilishi mumkin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 6-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq xoʻjaligi korxonasining biror-bir xarajat turi boʻyicha toʻlovlarga ehtiyoji boʻlmagan hollarda mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan paxta va gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ruxsat etilgan xarajat turlari boʻyicha, shuningdek qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olishga, ichki xoʻjalik irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashga ishlatilishi (mineral oʻgʻit, kimyoviy yoki biologik vositalar, yoqilgʻi moylash materiallari va urugʻlik material xarajatlari bundan mustasno) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit resurslarining ruxsat etilgan xarajat turlari boʻyicha maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari zimmasiga yuklatiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 9-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar toʻliq soʻndirilgandan soʻng joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 11-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kreditlar qaytishini taʼminlash maqsadida, tijorat banki davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosi va gʻalla yetishtirishni moliyalashtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi korxonalariga berilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi boʻyicha oʻzining tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishi mumkin. Bunda, sugʻurta tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan sugʻurta polisi kredit shartnomasida belgilangan kreditning butun qaytarish muddatiga beriladi. Sugʻurta tashkiloti bilan kelishilgan sugʻurta puli taqdim etilayotgan kredit miqdoridan koʻp boʻlmasligi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doimiy ravishda davlat buyurtmasini va tijorat banki oldidagi majburiyatlarini bajarib kelayotgan fermer xoʻjaliklariga kreditlar qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminotsiz (ishonchli kreditlar) ajratilishi mumkin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 14-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi “v”, “g” va “d” kichik bandlari bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v) SIUlar (Suv isteʼmolchilari uyushmalari), oʻsimliklarni biologik usulda himoya qilish uchun biolaboratoriya va biofabrikalar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar ularning maxsus 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) muqobil MTPlar tomonidan koʻrsatilgan va koʻrsatiladigan texnika xizmatlari uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 23210 (23220)-sonli hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) boshqa tashkilotlar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hamda ehtiyot qismlar uchun toʻlovlarda, mablagʻlar ushbu tashkilotlarning talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlariga oʻtkazib beriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“15. Tijorat banklar toʻlovlarning ssuda hisobvaragʻidan mazkur Nizomning 5 va 6-bandlardagi maqsadlar va agrotexnik meʼyorlar boʻyicha amalga oshirilishini nazorat qiladi. Tijorat banklar sugʻurta tashkilotlari va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tuman boʻlinmalari bilan birgalikda sugʻurta shartnomasi asosida har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha paxta va gʻalla ekinlarining holatini va boʻlajak hosilning berilgan kreditlarning qaytarilishini taʼminlash uchun yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy monitoring oʻrnatadilar”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 16-banddagi “Oʻzagrosugʻurta” DASKning” degan soʻzlari “sugʻurta tashkiloti” degan soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 17-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Oʻzagrosugʻurta” DASK boʻlimlariga” va “Oʻzagrosugʻurta” DASK boʻlimlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “sugʻurta tashkilotlariga” va “sugʻurta tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi mazmundagi 191-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“191. Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarni belgilangan maqsadlar boʻyicha yoʻnaltirishga mansabdor shaxslarning aralashuvi qatʼiyan taqiqlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” DASK hamda Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. RUZIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 23-fevral

Oʻzagrosugʻurta” DASK Boshqaruv raisi v.b. F. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 23-fevral
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi v.b. T. BOZOROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 23-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 145-modda)