29.03.2011 yildagi 93-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son Qonuniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 29-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi martaba darajalaridan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali davlat adliya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali adliya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali adliya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali adliya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali yurist;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali yurist;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali yurist.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy yuridik maʼlumot yoki boshqa oliy maʼlumot mavjud boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga tegishli lavozimlarga muvofiq quyidagi martaba darajalari beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga

1-darajali davlat adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga

2-darajali davlat adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosarlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi departamentlari boshliqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga

1-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari va mustaqil boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktoriga; Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktoriga; Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti direktoriga; “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktoriga

2-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarmalar boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga; yuridik texnikumlar direktorlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining oʻrinbosariga; Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktorining oʻrinbosarlariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” direktoriga; “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktorining oʻrinbosarlariga

3-darajali adliya maslahatchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bosh maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlim boshliqlariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlariga; FHDY boʻlimlari mudirlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; yuridik texnikum direktorining oʻrinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining oʻrinbosariga

1-darajali yurist

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; yuridik xizmat koʻrsatish markazlari boshliqlariga; davlat xizmatlari markazlari direktorlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari oʻrinbosarlariga; idoraviy notarial arxivlar mudirlariga; FHDY arxivlari mudirlariga

2-darajali yurist

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi katta maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining bosh maslahatchilariga, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari bosh yuristkonsultlariga, davlat xizmatlari markazlari boʻlim boshliqlari va bosh maslahatchilariga, davlat notarial idoralarining notariuslariga; FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga

3-darajali yurist

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta maslahatchilari va maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining yetakchi va katta maslahatchilariga; notariuslar yordamchilariga; FHDY organlarining 2-toifali inspektorlariga

(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi, 3, 2 va 1-darajali davlat adliya maslahatchilarining martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek, 3, 2 va 1-darajali yurist martaba darajalari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilmagan lavozimlarini 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha boʻlgan martaba unvonlarini berish maqsadida mavjud lavozimlarga tenglashtirishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda belgilangan tartibda martaba darajalari quyidagilarga ham beriladi:
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalaridan ishga oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlariga;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yuridik xizmatlari xodimlariga;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosariga, Bosh vazir kotibiyati rahbarining axborot-tahlil va yuridik taʼminlash masalalariga masʼul oʻrinbosariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamentining oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan boshqaruv xodimlariga;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakiliga va uning bosh mutaxassisiga ilgarigi ish joyida martaba darajalari berilgan boʻlsa navbatdagi martaba darajalari qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Martaba darajasida boʻlish muddati quyidagicha belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali yurist — ikki yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali yurist — uch yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali yurist — toʻrt yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-darajali adliya maslahatchisi — besh yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-darajali adliya maslahatchisi — olti yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-darajali adliya maslahatchisi va undan yuqori martabada boʻlish muddati belgilanmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlariga 3-darajali davlat adliya maslahatchisidan 1-darajali davlat adliya maslahatchisigacha va 1-darajali davlat adliya maslahatchisi martabasini egallab turgan lavozimiga qaramasdan izchillikka va martabada boʻlish muddatiga rioya qilmagan holda martaba darajasi berishga yoʻl qoʻyiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda alohida oʻrnak koʻrsatgan yoki xizmat burchini namunali bajargan xodimlarga mavjud martaba darajasida xizmat qilish uchun belgilangan muddatning kamida uchdan ikki qismini oʻtganidan soʻng muddatidan oldin navbatdagi martaba darajasi berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi marta attestatsiyadan oʻtayotgan xodimlarga ular egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganidan bir daraja past martaba darajalari berishga haqlidir.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tegishli malaka boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlmagan shaxslarga martaba darajasi lavozimga tayinlangandan keyin kamida 6 oy oʻtgach beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarining bir martaba darajasi belgilangan muddatda xizmat qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklarga ega boʻlgan xodimlariga navbatdagi martaba darajasi berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Martaba darajalari berilgan xodimlar ularda umrlarining oxirigacha boʻladilar hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalarida ishlash bilan muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlari uchun ishdan boʻshatilgan taqdirda ulardan mahrum qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xizmat burchini qoʻpol ravishda buzganligi, badnom qiluvchi nojoʻya ish qilganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda yetarlicha bajarmaganligi uchun xodimlarning martabasi pasaytirilishi mumkin, lekin ular ega boʻlgan martaba darajasidan ikki daraja past boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Martaba darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish martaba darajasi berish huquqiga ega boʻlgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlarining lavozim maoshlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda qoʻshimcha haq toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya organlari va muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek ularning faoliyatini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 864-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 134-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2013-y., 34-son, 453-modda; 2015-y., 6-son, 67-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda, 33-son, 864-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son, 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 26.09.2018-y., 09/18/767/1966-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 20.05.2020-y., 06/20/5997/0634-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; 31.10.2020-y., 09/20/678/1442-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)