Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TIJORAT BANKLARINING KIChIK TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShDA QATNAShIShINI RAGʻBATLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2000-YIL 19 MAYDAGI 195-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son qaroriga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berish tartibini takomillashtirish va hajmlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 25-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-mart,
79-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 19-maydagi 195-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki:
tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari ustuvor ravishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, uzoq va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlarda joylashgan ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi;
tijorat banklari kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega”.
2. 2-ilovada:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Ushbu Nizom banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, mikrofirmalarga, kichik korxonalarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan kredit berish tartibini tartibga soladi”;
b) 3 va 35-bandlardagi “Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi” soʻzlari “Jamgʻarma” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 4-banddagi, II va III boʻlimlar nomidagi “Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasi” soʻzlari “Jamgʻarma” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Jamgʻarma mablagʻlari ustuvor ravishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, uzoq va borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlarda joylashgan ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan subyektlarni tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish uchun mehnat resurslari ortiqcha boʻlgan tumanlar va shaharlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda aniqlanadi.
Jamgʻarma hisobidan kreditlar eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq boʻlmagan summada ajratiladi”;
d) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari kredit oluvchi (keyingi oʻrinlarda qarz oluvchi deb ataladi) subyektlar hisoblanadi”;
e) 12-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qarz oluvchilarga kreditlar mahsulot yetishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishdan tashqari), ishlarni bajarish, xizmatlar (savdo sohasi va umumiy ovqatlanishdan tashqari) koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:”;
yo) 29-banddagi “Mikrofirmalarga, kichik korxonalarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga” soʻzlari “qarz oluvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovada:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish maxsus jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xoʻjaliklarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar va mikrokreditlar berish uchun tashkil etadilar”;
b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) II boʻlim nomidagi “Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasini” soʻzlari “Jamgʻarmani” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) III va IV boʻlimlar nomidagi “Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasiga” soʻzlari “Jamgʻarmaga” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) 4-bandning birinchi va uchinchi xatboshidagi, 5-banddagi “Imtiyozli kredit berish jamgʻarmasiga” soʻzlari “Jamgʻarmaga” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)