Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2013 14.03.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2208
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2013
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KREDIT UYuShMALARINING KREDIT SIYOSATIGA NISBATAN QOʻYILADIGAN TALABLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 14-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2208]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 24-yanvardagi 2/9-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2426, 14.02.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, 4-5-son, 65-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2011-yil 5-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4/3-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/3-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kredit uyushmasining kredit siyosati (keyingi oʻrinlarda kredit siyosati deb yuritiladi) kredit uyushmasi oʻz aʼzolarini kreditlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilikni boshqarishda kredit uyushmasi rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslubiyotlarni belgilovchi hamda kredit uyushmasining kredit portfelini samarali boshqarishga doir koʻrsatmalar bilan taʼminlovchi hujjatdir. Kredit siyosati kredit uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan kreditlash faoliyatining maqsadlari, tamoyillari, yoʻnalishlari va tartibini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har bir kredit uyushmasi oʻz kredit siyosatini ishlab chiqadi. Kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqiladi va kredit uyushmasi kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit siyosati kredit uyushmasi kengashi tomonidan har yili kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik kredit uyushmasining kengashi, kredit qoʻmitasi va ijro etuvchi organiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kredit siyosatining yoʻnalishlari kredit uyushmasi faoliyat yuritayotgan hududning iqtisodiyoti xususiyatlariga qarab belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kredit siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit uyushmasi aʼzolarining kreditlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlarni berish jarayonida qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan kreditlarning muddatida qaytarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlikni saqlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavakkalchilikni diversifikatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini hamda qarzdorning moliyaviy holatining doimiy monitoringini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan oʻz aʼzolariga beriladigan kreditlarning turlari (isteʼmol, ipoteka, mikrokredit, “kredit liniyasini ochib va ochmay” kreditlash va boshqalar) hamda sohalari (savdo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish va boshqalar) belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan taklif etilayotgan kreditlarning yangi turlari boʻyicha maʼlumotlarni kredit uyushmasi aʼzolariga yetkazish tartibi belgilanadi. Kredit siyosatida kredit uyushmasi uchun mos kelmaydigan kredit turlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kredit siyosati kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar va boshqalar boʻyicha kreditlarni diversifikatsiyalash darajasini belgilash va ularni monitoring qilish toʻgʻrisidagi talablarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kredit siyosatida beriladigan kreditlarning turiga qarab, talab qilib olinadigan hujjatlarning roʻyxatlari hamda kredit hujjatlari toʻplamini rasmiylashtirish tadbirlari belgilanishi lozim. Kredit uyushmasi aʼzolariga berilgan kreditlar boʻyicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar har bir qarzdor boʻyicha alohida yigʻmajildda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kredit siyosatida qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini baholash uchun ularning moliyaviy holatini tahlil qilish tadbirlari yoritilishi kerak. Kredit siyosatida qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini baholash mezonlari va metodikasi belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kredit siyosati kreditni berish jarayonida hamda keyingi monitoring bosqichlarida qarz oluvchi kredit uyushmasi aʼzolarining moliyaviy holatiga qoʻyiladigan quyidagi talablarni oʻz ichiga olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit uyushmasi aʼzolari boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlari haqidagi maʼlumotlar va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning daromadlari haqidagi maʼlumotlarni hamda yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish, pul oqimlari va boshqa maʼlumotlar boʻyicha qoʻshimcha hisobotlarni taqdim etish yuzasidan qoʻyiladigan talablarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kredit siyosati kredit uyushmasining qarz oluvchi aʼzolari tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va kredit uyushmasi kreditidan foydalangan holda koʻrsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan tovarlarni sotish bozorining mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha talabni oʻz ichiga olishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kredit siyosatida kreditlarning har bir turi boʻyicha foiz stavkalarini belgilash mezonlari aks ettiriladi. Bunda, kredit boʻyicha xizmat koʻrsatishga doir kutilayotgan xarajatlar, vositachilik haqi, maʼmuriy xarajatlar hamda kredit uyushmasining marjasini belgilash tartibi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kredit siyosatida beriladigan kreditlar uchun hisoblanadigan foizlar kreditning qoldiq summasiga har kuni hisoblab borilishi belgilab qoʻyilishi shart. Muddati oʻtgan kreditlarga hisoblanadigan penyalar yoki oshirilgan stavkada hisoblanadigan foizlar berilgan kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka qancha miqdorda va muddatgacha hisoblab borilishi hamda ushbu shartlar kredit shartnomasining alohida bandida qayd etilishi ham koʻrsatib oʻtilgan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kredit siyosati muayyan turdagi mol-mulk (koʻchmas yoki koʻchar mol-mulklar) garovi asosida beriladigan kreditlarning maksimal miqdori limitlarini belgilaydi. Kredit siyosatida kreditni berish vaqtida kreditga qoʻyilgan garov taʼminoti kreditni qaytarishning birlamchi manbasi boʻlmasligi belgilab qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kredit siyosati garovga olingan mol-mulk turiga qarab, garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka (garov narsasiga) nisbatan qoʻyiladigan zaruriy talablar (garovga qoʻyuvchi yoki vakolatli shaxsning vakolatlari, garov narsasiga tegishli barcha hujjatlarning tegishlicha rasmiylashtirilganligining oʻrganilishi) va kredit hajmining garov qiymatiga boʻlgan nisbatini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda garovga qoʻyilayotgan mol-mulk belgilangan tartibda baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish kerak boʻlgan paytda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xarajatlarni qoplashga yetarli boʻlishi lozimligi yoritilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kredit siyosatida garov narsasini baholovchi tashkilot yoki kredit uyushmasining oʻzi tomonidan baholanadigan holatlar koʻrsatib oʻtiladi hamda turli garov toifalarini baholash uslublari aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan beriladigan kreditlarning taʼminoti sifatida olinadigan kafilliklar boʻyicha kafilning moliyaviy holatini baholash yuzasidan talablar belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kredit siyosatida kreditlash uchun masʼul boʻlgan shaxslarning kreditlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish boʻyicha vakolatlari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kredit qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan majlislar davriyligi hamda unda muhokama qilinadigan masalalar ham kredit siyosatida belgilab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Kredit uyushmasi kengashi, taftish komissiyasi, kredit qoʻmitasi aʼzolari va kredit uyushmasi ijro etuvchi organi rahbari hamda xodimlari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari bilan kredit uyushmasi oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomalari kredit uyushmasining boshqa aʼzolari bilan tuziladigan kredit shartnomalariga nisbatan qulay shartlarda tuzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi va ushbu shaxslarga kredit berish uyushma kengashi qarori bilan amalga oshirilishi kredit siyosatida belgilangan boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kreditni qaytarish muddati uni qaytarishning birlamchi va ikkilamchi manbalarini baholash asosida belgilanadi. Kredit siyosatida har xil turdagi kreditlarni qaytarishning maqbul yoʻllari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kredit siyosati kreditlarni qaytarishning maksimal muddatlarini belgilaydi. Kredit siyosati kreditning asosiy summasini grafik asosida oyma-oy soʻndirilishi hamda kreditni qaytarish muddati uzaytirilayotganda kreditni qaytarish tartibini ham oʻz ichiga oladi. Kredit siyosatida kreditni qaytarish muddatini bir martadan ortiq uzaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit uyushmasi tomonidan berilgan ishonchli kreditlarni qaytarish muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyilmasligi kredit siyosatida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kredit uyushmasi aʼzosi tomonidan olingan bitta kredit boʻyicha qarzdorlik toʻliq soʻndirilmaguncha unga boshqa kredit berilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kredit siyosatida belgilanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kredit siyosati berilgan kreditlarning qaytarilishi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash va qarzdorlikni toʻliq undirib olish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi ifodalanadi. Kredit boʻlimi xodimlari kredit portfelidagi barcha maʼlum boʻlgan salbiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida rahbariyatga axborot berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Kredit uyushmasi kreditlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni tashkil etadi hamda umidsiz kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kredit siyosatida berilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi, qarzdorning moliyaviy holati hamda kredit taʼminotining holatini monitoring qilib borish shartlari koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan beriladigan kafolatlar qaysi maqsadda berilishi, ularni imzolashga vakolati boʻlgan mansabdor shaxslarning roʻyxati hamda kafolatlar beriladigan holatlar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar yoritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Kredit siyosatida kredit uyushmasi tomonidan beriladigan kafolatlar boʻyicha shartnomalar tuzilishi belgilanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Kredit siyosatida kredit uyushmasining kredit portfelini baholashga javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar roʻyxati belgilanadi. Kredit portfeli sifatini baholash va tuzatishlar kiritilishi uchun muammoli kreditlarni aniqlash boʻyicha zarur boʻlgan kredit uyushmasining kredit tahlili qoidalari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kredit tahlili qoidalarida kredit sifatini baholash, tasdiqlangan kredit siyosatiga muvofiq kredit hujjatlarini rasmiylashtirish, moliyaviy tahlil, garovni rasmiylashtirish, kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash va qonun hujjatlariga rioya qilinishini baholash boʻyicha talablar belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kredit siyosatida kredit qoʻmitasi tomonidan kredit uyushmasi kengashiga kreditlashning turli jihatlari boʻyicha, shuningdek kredit portfeli sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi hisobotlarni taqdim etish tartibi va davriyligi belgilab qoʻyilgan boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobotlarda kredit uyushmasi tomonidan kreditlashning yoʻnalishlariga qarab, tavakkalchiliklarni baholash va boshqarish darajalari yoritilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 110-modda)