30.12.2010 yildagi 153-II-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI TOMONIDAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURORINING YILLIK HISOBOTINI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING DAVLAT BOShQARUVI ORGANLARI, HUQUQNI MUHOFAZA QILUVChI ORGANLARI VA NAZORAT TUZILMALARI TOMONIDAN QONUNLARNING IJRO ETILIShI HOLATI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTINI KO‘RIB ChIQISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42 — II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli ma’ruzalarining asosiy qoida va xulosalarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 1.1-bandining 1.1.5-kichik bandini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 30-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
153-II-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 153 — II-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Tartib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yillik hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 32-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda taqdim etilgan yillik hisoboti (bundan buyon matnda hisobot deb yuritiladi) Senatning navbatdagi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining hisobot Senatda tinglanishidan oldingi yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri har yili Senatga davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risida axborot (bundan buyon matnda axborot deb yuritiladi) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalarining axborot Senatda tinglanishidan oldingi yildagi faoliyatini monitoringlari, tahlillari va tekshirishlarni amalga oshirish natijalari bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hisobot va axborot Senatga har yili 1-fevraldan kechiktirmasdan bir nusxada tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan imzolangan ilova xati bilan bevosita yoxud pochta aloqasi vositalari orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senatga ushbu hujjatlarning elektron nusxalari ham elektron axborot tashish vositalarida taqdim etilishi yoki ular Senatga elektron pochta tizimi orqali yuborilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hisobot va axborot Senat Devonida ro‘yxatga olingan kundan boshlab Senatga taqdim etilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kelib tushgan hisobot va axborot Senat Raisiga topshiriladi. Senat Raisi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasiga (bundan buyon matnda Senat qo‘mitasi deb yuritiladi) hisobot va axborotni Senat qo‘mitasining majlisida dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hisobot va axborot Umumiy bo‘limga nusxa ko‘chirish va Senat qo‘mitasiga hamda Senat Raisining topshirig‘ida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarga berish uchun topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hisobot va axborot Senat Devonining Rahbariga, ularning nusxalari esa Senat Raisining o‘rinbosariga, Senat qo‘mitasiga, Yuridik bo‘limga, Nazorat-axborot bo‘limiga, Matbuot va tarjima bo‘limiga, Senatning matbuot kotibiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Hisobot va axborotning Senat qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Senat qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq zarur materiallarni tayyorlashni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Senat qo‘mitasi ishida qatnashish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, jamoatchilik va xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillarini, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillarini taklif qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tegishli hujjatlar (Senat qo‘mitasining qarorlari, Senat qo‘mitasi majlislarining bayonnomalari va h.k.) rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Senat Kengashiga, Senat Raisiga hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq topshiriqlarning bajarilishi haqida ma’lumot beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish yuzasidan Senat Kengashiga takliflar kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) ushbu masalalar bo‘yicha Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hujjatlar, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hisobot va axborot Senat qo‘mitasiga kelib tushganidan keyin Senat qo‘mitasi raisining qarorlari bilan qo‘mita huzurida hisobot va axborotni tahlil qilish hamda Senat qarorlarining loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakillari, taqdim etilgan axborotda ko‘rsatilgan davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalarining vakillari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishchi guruhlar taqdim etilgan hisobot va axborotni tahlil qiladi, ushbu masalalar yuzasidan ilgari qabul qilingan Senat qarorlari ijro etilishining holatini o‘rganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishchi guruh a’zolari ishchi guruh majlislari o‘tkaziladigan sana haqida oldindan xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hisobot va axborotni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Senat qo‘mitasi tomonidan Senatning tegishli qarorlari loyihalari tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining o‘tgan yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqidagi Senat qarorining loyihasida, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar, qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning ahvoli, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, qonuniylikni va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan o‘tgan yilda qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqidagi Senat qarorining loyihasida, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlash borasidagi ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek bu yo‘nalishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan o‘tgan yilda qonunlarning ijro etilishi holati to‘g‘risidagi axboroti haqidagi Senat qarorining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudiga hamda boshqa organlar va tashkilotlarga ham tegishli tavsiyalar berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hisobot va axborot dastlabki tarzda Senat qo‘mitasining majlisida ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Senat qo‘mitasining majlisi, agar unda Senat qo‘mitasi a’zolarining kamida yarmi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Senat qo‘mitasining majlisi ochiq o‘tkaziladi. Zarur hollarda Senat qo‘mitasi yopiq majlis o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Senat qo‘mitasining majlisiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining vakillari, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalarining rahbarlari taklif qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat qo‘mitasining majlisiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Senat qo‘mitasining majlisida: hisobot bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori, axborot bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri ma’ruza bilan chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri bo‘lmagan taqdirda tegishincha ularning o‘rinbosarlaridan biri ma’ruza bilan chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majlis davomida Senat qo‘mitasining a’zolari taqdim etilgan hisobot va axborotni aniqlashtirish maqsadida ma’ruzachilarga, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari rahbarlariga savollar berishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Senat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirini, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar rahbarlarini, mutaxassislar va olimlarni, ommaviy axborot vositalarining vakillarini Senat qo‘mitasining majlisi o‘tkaziladigan sana to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Senat qo‘mitasining hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibining loyihasiga kiritish bo‘yicha Senat Kengashiga takliflar kiritish to‘g‘risidagi qarorlari Senat qo‘mitasi a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Senat qo‘mitasining hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibining loyihasiga kiritish to‘g‘risida takliflar qilingan qarorlari Senat Kengashining muhokamasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Senat qo‘mitasining majlislari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Senat Kengashi hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarni muhokama qilish uchun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Senat qo‘mitasining raisi Umumiy bo‘lim bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillariga, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar rahbarlariga, mutaxassislar va olimlarga Senatning navbatdagi yalpi majlisida qatnashish uchun tegishli ruxsatnoma berilishini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Senatning yalpi majlisida hisobot va axborotni tinglash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29 — I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalarga doir hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining loyihalariga Senat qo‘mitasi raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik bo‘lim mudiri, Matbuot va tarjima bo‘limi mudiri tomonidan viza qo‘yilib, Senat Raisining o‘rinbosariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat Raisining o‘rinbosari tomonidan viza qo‘yilgan Senat qarorlarining loyihalari Senat qo‘mitasiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining belgilangan tartibda viza qo‘yilgan loyihalari Senat qo‘mitasining raisi tomonidan Senat Devoni Rahbariga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlari loyihalarning nusxalari, shuningdek boshqa zarur hujjatlar Umumiy bo‘lim xodimlari tomonidan ko‘paytiriladi va Nazorat-axborot bo‘limiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining loyihalari bilan bir vaqtda Senat qo‘mitasi tomonidan Senat Devoni Rahbari bilan kelishilgan holda ushbu qarorlarni tarqatish varaqlari tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Senatorlarga Senatning yalpi majlisida muhokamada qatnashish uchun hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining loyihalari va boshqa zarur hujjatlar topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Senatning yalpi majlisida hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlarini tegishli blankada chiqarilishi ta’minlanib, Senat qarorlarining rus tilidagi elektron nusxasi Umumiy bo‘limda, davlat tilidagi nusxasi esa Matbuot va tarjima bo‘limida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat Raisining o‘rinbosari, Senat qo‘mitasining raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik bo‘lim mudiri, Matbuot va tarjima bo‘limi mudiri tomonidan viza qo‘yilgan Senat qarorlari Senat qo‘mitasining raisi tomonidan imzolash uchun Senat Raisiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Hisobot va axborotni tinglash haqidagi masalalar bo‘yicha Senat qarorlarining Umumiy bo‘lim muhri bilan tasdiqlangan nusxalari qarorlar qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida ushbu qarorlarni tarqatish varaqlarida ko‘rsatilgan tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Hisobot va axborotni tinglash yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlarining ijrosini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Hisobot va axborotni tinglash yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlarining ijrosini nazorat qilish, qoida tariqasida, Senat qo‘mitasi zimmasiga yuklatiladi. Senat qo‘mitasining raisi Senat qarorining ijro etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish uchun shaxsan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Hisobot va axborotni tinglash yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek agar ushbu qarorlar faoliyatiga taalluqli bo‘lsa, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan ko‘rib chiqilishi va ijro etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalari hisobot va axborotni tinglash yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Senat qarorlarining ijro etilishi bilan bog‘liq axborot va materiallarni Senatning tegishli qarorlari bilan belgilangan muddatlarda taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Senat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalaridan Senat qarorining ijro etilishi natijalari bo‘yicha kelib tushayotgan axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan ish olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Zarur hollarda Senat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va nazorat tuzilmalaridan qo‘shimcha hujjatlar, xulosalar, statistik va boshqa ma’lumotlarni talab qilib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Senatning hisobot va axborotni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatini tashkiliy, axborot, moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlash Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Senat Devoni bo‘limlarining Senatning yuqorida ko‘rsatilgan vakolatini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining 2010-yil 22-iyuldagi 85-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., № 12-son, 549-modda)