Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq va o‘z kasb majburiyatlarini bajarishda notariuslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat notariusi tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq davlat notariusi (keyingi o‘rinlarda notarius deb ataladi) tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning (keyingi o‘rinlarda “zarar” deb ataladi) davlat tomonidan qoplanishi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Zarar davlat tomonidan keyinchalik notariusga to‘langan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) qo‘yilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda “Jamg‘arma” deb ataladi) mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Sudning zararni qoplash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarori zarar qoplanishi uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘armadan mablag‘ ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda “adliya boshqarmasi” deb ataladi) sudning zararni qoplash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarori adliya boshqarmasiga tushgandan keyin ikki kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga sudning qarorini ilova qilgan holda tegishli buyurtmanomani kiritadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab ikki kun mobaynida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni adliya boshqarmasining shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga o‘tkazadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Mablag‘lar shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga tushgan kundan boshlab bir kun mobaynida adliya boshqarmasi ushbu mablag‘larni zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli bank hisob raqamlariga o‘tkazadi.
6. Sudning zararni qoplash to‘g‘risida qonuniy kuchga kirgan qarori asosida adliya boshqarmasi tomonidan notariusni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masala hal qilinishi kerak.
7. Adliya boshqarmasi tomonidan qoplangan summa keyinchalik aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirib olinishi kerak.
Notarius adliya boshqarmasi tomonidan zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarga o‘tkazilgan mablag‘larning to‘liq summasini qoplaydi.
8. Yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangandan so‘ng ikki kundan kechikmay adliya boshqarmasi notariusga to‘langan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) bilan murojaat qiladi.
Notarius o‘zi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga yetkazilgan zarar summasini adliya boshqarmasiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.
Notarius tomonidan zararni qoplash adliya boshqarmasining shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga pul mablag‘lari kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 207-moddasiga muvofiq notariusdan o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan yetkazilgan zarar summasini undirish adliya boshqarmasi rahbarining yetkazilgan zararni notariusdan undirish to‘g‘risidagi buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi. Buyruq adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qabul qilinishi mumkin.
Agar notariusdan undirilishi kerak bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lsa yoki adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan so‘ng bir oylik muddat tamom bo‘lsa, undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
10. Sudning to‘langan qoplash miqdorida yetkazilgan zararni notariusdan undirish to‘g‘risidagi qarori belgilangan tartibda ijro etilishi kerak.
11. Zararni qoplash hisobiga notariusdan adliya boshqarmasining shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga tushgan mablag‘ ikki kundan kechikmay Jamg‘armaning shaxsiy g‘aznachilik hisob raqamiga yuboriladi.
Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
12. Yuridik va jismoniy shaxslarga zararni qoplash to‘g‘risidagi ishlar sudlarda ko‘rib chiqilishi munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan sarflangan xarajatlar ham ushbu Nizomga muvofiq aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirilishi kerak.
13. Notarius bilan mehnat shartnomasining to‘xtatilishi uni zarar va tegishli xarajatlarni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sudning notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi qarori majburiy ijro etilgan hollarda ham zarar qonunchilikda belgilangan tartibda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi kerak.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Notarius tomonidan o‘z kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)