24.12.2010 yildagi 313-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI VA SENATINING “TOSHKENT VILOYATINING YANGIYOʻL SHAHRI VA YANGIYOʻL TUMANI HUDUDLARINI BIRLASHTIRISH HAMDA YANGIYOʻL SHAHRINI TUMAN BOʻYSUNUVIDAGI SHAHARLAR TURKUMIGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA”GI QARORLARINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 19-noyabrdagi 199–II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 4-dekabrdagi 136–II-sonli qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublika komissiyasi (Gʻ.I.Ibragimov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlarini birlashtirish hamda Yangiyoʻl shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Yangiyoʻl tumani davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari xodimlarining cheklangan umumiy sonini, tuzilmasi va mehnatga haq toʻlash fondlarini aniqlashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Yangiyoʻl tumani budjetining va ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkiliy davrda iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 21 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toshkent viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumidan tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tugatilishi va ular sonining qisqarishi natijasida boʻshab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin, zaruriyat boʻlganda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Yangiyoʻl tumanini yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan statistika koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumani hududlari birlashtirilishi hamda Yangiyoʻl shahrining tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangiyoʻl shahar va Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga berilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangiyoʻl shahar va Yangiyoʻl tumanida faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda hamda sud ijrochilari Yangiyoʻl shahar va Yangiyoʻl tuman boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, sud ijrochilari Yangiyoʻl tuman boʻlimiga berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Yangiyoʻl shahar va Yangiyoʻl tumani prokuraturasi, shu jumladan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boʻlimlari xodimlarining shtatdagi sonini Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanining tegishli boʻlinmalarga berish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 24-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
313-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-dekabrdagi 313-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hokimligi apparati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilmasi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 517-modda)