24.12.2010 yildagi 311-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI VA SENATINING “ANDIJON VILOYATINING ASAKA SHAHRI VA ASAKA TUMANI HUDUDLARINI BIRLASHTIRISH HAMDA ASAKA SHAHRINI TUMAN BOʻYSUNUVIDAGI SHAHARLAR TURKUMIGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA”GI QARORLARINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 19-noyabrdagi 200-II sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 4-dekabrdagi 135-II-sonli qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Respublika komissiyasi (U.U.Rozuqulov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Andijon viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Asaka tumani davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari xodimlarining cheklangan umumiy sonini, tuzilmasi va mehnatga haq toʻlash fondlarini aniqlashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Asaka tumani budjetining va ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkiliy davrda iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Andijon viloyati Asaka tumani hokimligi xodimlarining cheklangan umumiy soni 21 nafardan iborat boshqaruv apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Andijon viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Andijon viloyati Asaka shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tugatilishi va ular sonining qisqarishi natijasida boʻshab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin, zaruriyat boʻlganda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Asaka tumanini yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Andijon viloyati Asaka tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan statistika koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Andijon viloyati Asaka tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarining birlashtirilishi hamda Asaka shahrining tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asaka shahar va Asaka tumani ichki ishlar boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, Asaka tumani ichki ishlar boʻlimiga berilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asaka shahar va Asaka tumanida faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda hamda sud ijrochilari Asaka shahar va Asaka tuman boʻlimlari xodimlarining shtatdagi soni, sud ijrochilari Asaka tuman boʻlimiga berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Asaka shahar va Asaka tumani prokuraturasi, shu jumladan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boʻlimlari xodimlarining shtatdagi sonini Andijon viloyati Asaka tumanining tegishli boʻlinmalarga berish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 24-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
311-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-dekabrdagi 311-son qaroriga
2-ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon viloyati Asaka tumani hokimligi apparati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 515-modda)