O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI OLIY MALAKA KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2166]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 268-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-4, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2166-4/1193-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 21-dekabr,
304-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi to‘g‘risidagi
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom “Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi o‘rinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oliy malaka komissiyasi notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (bundan keyingi o‘rinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oliy malaka komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlovni o‘tkazishda hamda notarius qasamyodini qabul qilishda Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3773, 2026-yil 11-fevral) tartibga solinmagan qismi bo‘yicha mazkur Nizom qoidalari qo‘llaniladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
3. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning Oliy malaka komissiyasining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. Oliy malaka komissiyasi o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Oliy malaka komissiyasining qabul qilgan qarorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi o‘rinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) hamda malaka komissiyalari tomonidan bajarilishi majburiydir.
5. Oliy malaka komissiyasining moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
II. Oliy malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
6. Oliy malaka komissiyasi o‘n bir kishidan iborat tarkibda uch yil muddatga tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi raisi, uning o‘rinbosari va mas’ul kotibi komissiya tarkibidan tayinlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 433-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-6, 25.09.2019-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son)
7. Oliy malaka komissiyasi rais rahbarligida faoliyat ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 25-sentabrdagi 433-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-6, 25.09.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son)
8. Bir shaxs bir vaqtning o‘zida Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
9. Oliy malaka komissiyasida ishlar komissiyaning ishchi organi va mas’ul kotibi tomonidan yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi ishchi organining (bundan keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb yuritiladi) tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamda Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasining notariat sohasi bo‘yicha mas’ul xodimlari orasidan shakllantiriladi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ o‘z faoliyatini Oliy malaka komissiyasi raisining rahbarligida amalga oshiradi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
10. Oliy malaka komissiyasi yig‘ilishi zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasining raisi majlis o‘tkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oliy malaka komissiyasining majlisi, agar unda komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oliy malaka komissiyasi a’zolari notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlovda talabgor sifatida ishtirok etgan vaqtlarida komissiya majlislarida qatnashmaydi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
11. Oliy malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li bilan majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oliy malaka komissiyasining qarori rais tomonidan imzolanadi.
Oliy malaka komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan komissiya a’zosi o‘zining fikr-mulohazalarini yozma shaklda taqdim etishga haqli.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
III. Oliy malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari
14. Oliy malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlardan zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olish;
apellyatsiya hamda malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish yuzasidan tegishli adliya boshqarmalaridan zarur bo‘lgan hujjatlarni talab qilib olish;
malaka komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Oldingi tahrirga qarang.
malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va hududiy adliya boshqarmasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining hududiy boshqarmasi rahbarining taqdimnomasini qayta ko‘rib chiqish uchun yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-8, 03.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2021-y., 10/21/2166-8/1135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
apellyatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida apellyatsiyada ko‘rsatilmagan, lekin to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni o‘rganib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
malaka komissiyasining tarkibini o‘zgartirish yoki qayta tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish;
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
malaka komissiyalari tomonidan qonunchilik hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlari bo‘yicha aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
malaka komissiyalariga ularning ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish natijalari bo‘yicha tavsiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga uzaytirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
malaka komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziriga takliflar kiritish.
15. Oliy malaka komissiyasi:
ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etishga majburdir.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oliy malaka komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
IV. Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
17. Notarius malaka komissiyasining qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, u yig‘ilish bayonnomasi nusxasini olgan kundan boshlab o‘n kun ichida Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Adliya boshqarmasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegishli hududiy boshqarmasi rahbari malaka komissiyasining qarori qonunchilik talablari buzilgan holda qabul qilinganligi haqida yetarli asoslarga ega bo‘lgan hollarda Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya kiritishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Apellyatsiya Oliy malaka komissiyasiga notarius tomonidan bevosita yoki adliya boshqarmasi yoxud Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali yuboriladi.
Apellyatsiya adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellyatsiyani u bilan bog‘liq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oliy malaka komissiyasiga kelib tushgan apellyatsiya ishchi organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Apellyatsiya bergan notariusga apellyatsiyani ko‘rib chiqish kuni haqida komissiya majlisi o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin xabar qilinadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Apellyatsiyalar Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-yanvardagi 4-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-5, 07.01.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
21. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qarori haqida komissiya majlisi yakunida e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qaroridan ko‘chirma tegishli adliya boshqarmasiga notariusga hamda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oliy malaka komissiyasi qabul qilgan qarorning ijrosi to‘g‘risida ushbu qaror tegishli adliya boshqarmasiga kelib tushgandan boshlab uch kun muddat ichida adliya boshqarmasi tomonidan Oliy malaka komissiyasi va notarius yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IV1. Notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga uzaytirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish
231. Notarius lavozimida bo‘lishning eng yuqori yosh chegarasini oltmish besh yoshdan yetmish yoshga uzaytirish istagidagi notarius bu haqda Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoki adliya boshqarmalari orqali yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
Bunda ushbu notarius oltmish besh yoshga to‘lgan kundan boshlab bir oy muddat ichida murojaat qilishi lozim.
Oliy malaka komissiyasiga kelib tushgan murojaat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Murojaat Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.
Murojaat qilgan notariusga suhbat o‘tkazilish kuni haqida ishchi organ tomonidan komissiya majlisi o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi.
232. Oliy malaka komissiyasi tomonidan murojaat qilgan notarius bilan suhbat o‘tkaziladi.
Suhbat davomida notariusdan faoliyatini yetmish yoshga qadar davom ettirish haqidagi o‘z qarorining mohiyatini to‘liq anglayotganligi (bunga qarori qat’iyligi), shuningdek sog‘lig‘ining holati qoniqarliligi haqida so‘raladi.
Bunda notarius faoliyatini yetmish yoshga qadar davom ettirish haqidagi qarorining mohiyatini to‘liq anglayotganligini (qarori qat’iyligini) bildirsa hamda sog‘lig‘ining holati qoniqarliligi bo‘yicha Oliy malaka komissiyasi a’zolarida shubha tug‘ilmasa, Oliy malaka komissiyasi notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkinligi haqida qarori qabul qiladi. Agar notariusning sog‘lig‘i holati bo‘yicha komissiya a’zolarida shubha paydo bo‘lsa, qaror qabul qilish navbatdagi majlisga qoldirilib, ishchi organ tomonida notariusning sog‘lig‘i holatini aniqlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tegishli tibbiyot muassasasidan so‘rov yuborgan holda tibbiy ma’lumot olinadi.
Tibbiy ma’lumotga ko‘ra notariusning sog‘lig‘i holati qoniqarli bo‘lsa, Oliy malaka komissiyasining navbatdagi majlisida notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin yoki aksincha bo‘lsa, mumkin emasligi yuzasidan qaror qabul qilinadi.
233. Qaror qabul qilish ovoz berish yo‘li bilan majlisda qatnashgan komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi asosida qabul qilinadi.
Ovoz berish natijasiga ko‘ra komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin deb hisoblagan taqdirda notarius o‘z faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin deb topiladi.
Komissiya a’zolarining uchdan ikki qismidan kam ovoz olgan notarius faoliyatini yetmish yoshgacha davom ettirishi mumkin emas deb topiladi.
Ovozlar teng bo‘lganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oliy malaka komissiyasining qarori komissiya majlisi yakunida notariusga e’lon qilinadi.
234. Oliy malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma notariusga va tegishli adliya boshqarmasiga yuboriladi.
Adliya boshqarmasi tomonidan notariusning lavozimda bo‘lish yoshi uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
235. Tegishli adliya boshqarmasi Oliy malaka komissiyasining qarori kelib tushgan kundan boshlab uch kun ichida uni ijro qiladi va bu haqida notariusni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
(IV1 bob O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 16-martdagi 11-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-10, 16.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-aprel)
V. Malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish
24. Ishchi organ Oliy malaka komissiyasining topshirig‘iga yoki o‘zining tashabbusiga ko‘ra malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida ularning faoliyatini o‘rganadi.
Malaka komissiyalarining faoliyatini o‘rganish yakunlari bo‘yicha ishchi organ tomonidan malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish natijalari, shuningdek, tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ma’lumotnomalar tayyorlanadi.
25. Malaka komissiyalarining faoliyatiga doir ma’lumotnomalar Oliy malaka komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan ma’lumotnomalar tegishli adliya boshqarmalari, malaka komissiyalariga hamda Notarial palataga ma’lumot uchun yuboriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Oliy malaka komissiyasiga apellyatsiya bergan notarius o‘z apellyatsiyasini yozma murojaati asosida qaytarib olishga haqli.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2166-7, 30.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son)
29. Oliy malaka komissiyasi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 499-modda; 2011-y., 40-son, 433-modda; 2017-y., 4-son, 57-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2166-3/0337-son; 11.05.2018-y., 10/18/2166-4/1193-son, 07.01.2019-y., 10/19/2166-5/2431-son, 25.09.2019-y., 10/19/2166-6/3810-son; 30.06.2020-y., 10/20/2166-7/1030-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 03.12.2021-y., 10/21/2166-8/1135-son; 13.05.2022-y., 10/22/2166-9/0418-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son; 17.03.2026-y., 10/26/2166-10/0246-son)