24.01.2003 yildagi PF-3202-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XUSUSIY SEKTORNING ULUSHI VA AHAMIYATINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy sektorni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning roli va ahamiyatini tubdan oshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish, xususiy mulkchilikka asoslangan, shu jumladan davlat mulkini xususiylashtirish natijasida, korxonalarni tashkil qilish va shu asosda iqtisodiyot tarkibida xususiy sektorning ulushini sezilarli darajada oshirish mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va bozor o‘zgartirishlarining g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlari deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining muhokamasiga taqdim etsin, unda xususiy korxonalarni tashkil qilish hamda uning faoliyati tartibi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida xususiy mulkchilikning ustuvor darajada o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi ko‘zda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi 25 foiz va undan kam miqdorda bo‘lishi maqsadga muvofiq emas deb hisoblansin hamda uni asosan xususiy mulk sifatida sotish amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003—2004-yillarda ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi 25 foiz va undan kamroq bo‘lgan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining davlat paketlarini fond bozorida bosqichma-bosqich sotsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda mazkur Farmonning qoidalarini hisobga olgan holda 2003-2005-yillarga mo‘ljallangan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18noyabrdagi PF-4053-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 47-son, 461-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat qatnashchilarining soni 50 ta yuridik va jismoniy shaxslardan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 47-son, 461-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kuzatuvchi kengash qarorini davlatga tegishli aksiyalar paketining ishonchli boshqaruvchisi roziligisiz qabul qilish mumkin bo‘lmaydigan;
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalarning davlat paketlarini xo‘jalik birlashmalarining ustav jamg‘armasiga ishonchli boshqarish huquqi bilan topshirishga yo‘l qo‘yiladigan tartib bekor qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qo‘yilsinki, tegishli tarmoqlarda yagona texnikaviy siyosatni amalga oshirish uyushmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar va konsernlarning eng muhim vazifasi hisoblanadi hamda ular o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalarning tezkor faoliyatiga aralashish huquqiga ega emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya Vazirlar Mahkamasining Komplekslari bilan birgalikda 2003-yilning birinchi yarmida ustav jamg‘armalari tegishli tarmoqlar korxonalarining davlat aktivlari hisobiga tuzilgan xo‘jalik birlashmalarining faoliyatini chuqur o‘rgansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘tkazilgan tahlil natijalari bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutuvchi takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uyushmalar, xoldinglar, kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik birlashmalarining o‘z tarkibiga kiruvchi korxonalarning tezkor faoliyatiga asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqib, amalga oshirishni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarni xom ashyo va tovar-moddiy resurslar bilan ta’minlashning bozor mexanizmlarini to‘la miqyosda joriy etish, ularning uyushmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar va boshqa xo‘jalik birlashmalari orqali taqsimlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-2004-yillarda aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini tanlov asosida professional boshqaruv kompaniyalarning ishonchli boshqaruviga bosqichma-bosqich topshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Aksiyadorlik jamiyatlari ijrochi organlarining, avvalo direktorlar korpusining aksiyadorlar oldidagi mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatining samaradorligini ko‘tarish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktorni (boshqaruv raisini) tayinlash to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida, asosan tanlov yo‘li bilan qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktor (boshqaruv raisi) bilan ishga yollash shartnomasi bir yil muddatga tuziladi va har yili aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, ayrim hollarda esa kuzatuvchi kengash tomonidan ana shu muddatni uzaytirish yoki to‘xtatish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilib turiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochi organ tomonidan kelgusi yilga ishlab chiqiladigan korxona biznes-rejasi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki uning topshirig‘i bo‘yicha kuzatuvchi kengash tomonidan tasdiqlanishi lozim. Ishlab chiqarishni o‘stirish, foyda olishni ko‘paytirish va dividendlarni to‘lash ana shu biznes-rejaning eng muhim ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
direktor (aksiyadorlik jamiyatining ijrochi organi) yillik biznes-reja qanday bajarilayotgani to‘g‘risida har chorakda kuzatuvchi kengash oldida hisobot beradi. Kuzatuvchi kengash yillik biznes-reja qo‘pol ravishda buzilgan yoki uning tasdiqlangan parametrlarini bajarish barbod etilgan hollarda direktor (boshqaruv raisi) bilan ishga yollash shartnomasini muddatidan ilgari to‘xtatish huquqiga ega;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijrochi direktorlarni va kuzatuvchi kengash raislarini moddiy rag‘batlantirish aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilansinki, kuzatuvchi kengashlar a’zolarining faoliyatini ularning mazkur aksiyadorlik jamiyatlaridagi yollanma mehnat faoliyati bilan qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmon talablarini hisobga olgan holda Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni qayta ko‘rib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Aksiyadorlik jamiyatlari uchun rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabi tarkibida Korporativ boshqaruv markazi tashkil qilinsin hamda uning zimmasiga kuzatuv kengashlarining a’zolari va direktorlar korpusi uchun korporativ boshqaruv, moliyaviy hisobot, samarali menejment bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish vazifalari yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF–1740-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 24-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3202-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 13-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 47-son, 461-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)