Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2021 29.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2150
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2150]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 17-dekabrdagi 78-sonli ““Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2150-2, 28.12.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turarjoylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 164-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 31-son, 260-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 11-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 11-oktabrdagi 86-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 31-son, 260-modda) muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joy sotib olish uchun maqsadli transfertlar, shu jumladan, budjet mablagʻlarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzlariga biriktirilgan turarjoyga ega boʻlmagan hamda tuman (shahar) hokimliklarida turarjoyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (keyingi oʻrinlarda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turarjoylar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan tartibda turarjoy olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Har yili tuman (shahar) hokimliklari vasiylik va homiylik organlaridan tushgan taqdimnomalarga asosan 1-aprelgacha boʻlgan muddatda yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga berish uchun turarjoylar reyestrini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoylar yetmay qolgan taqdirda Uy-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash komissiyalari turarjoyga boʻlgan ehtiyojni eng yuqori darajada qondirish maqsadida uy-joy maydonlarini qoʻshimcha xatlovdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki boʻlgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralar va boshqa begʻaraz beriladigan turar joylarda yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga taqdim etish uchun boʻsh turgan turar joy boʻlmaganda, yetim bolalarni va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joy bilan taʼminlash maqsadli transfert, jumladan budjet mablagʻlari ajratish hisobidan (keyingi oʻrinlarda maqsadli transfert deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Maqsadli transfertlar miqdorini belgilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun turarjoylarni sotib olishga maqsadli transfertlarni ajratish toʻgʻrisidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan bolaning yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga moʻljallangan muassasada, oilaviy bolalar uyida, farzandlikka olgan oilada, vasiy yoki homiy qaramogʻida boʻlishi tugayotgan yilning 1-iyuligacha belgilangan muddatlarda turarjoy ajratilmagan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Maqsadli transfert Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi doirasida, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq turarjoy sotib olish uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maqsadli transfertning eng yuqori miqdori turarjoy bilan taʼminlanmagan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning soniga va ular yashab turgan tuman (shahar) umumiy turarjoy maydonining 1 kvadrat metrining oʻrtacha bozor narxiga nisbatan uy-joy maydonining ijtimoiy normasini ishlab chiqish sifatida hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sotib olinadigan kvartiralarning oʻrtacha bozor narxini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 22-iyuldagi 155-son “Respublikaning tuman va shaharlar kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan takliflar tayyorlash boʻyicha idoralararo mintaqaviy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30 son, 283-modda) muvofiq tashkil etilgan Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan takliflar tayyorlash boʻyicha tegishli idoralararo mintaqaviy komissiyalar tomonidan aniqlangan baholar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Maqsadli transfertlar manbalari va berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maqsadli transfertlar birinchi navbatda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ular mavjud boʻlmaganida yoki yetishmaganida esa quyidagilar hisobidan ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar va shaharlar budjetlarining moliya yili boshida aniqlanadigan erkin qoldiq mablagʻlaridan;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining birinchi — uchinchi hisobot choraklari yakunlari boʻyicha aniqlanadigan prognozdan oshirib bajarilishi summasidan;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlarining tarmoq koʻrsatkichlari va shtat birliklarini maqbullashtirishga qaratilgan choralarni amalga oshirish natijasida budjet xarajatlari boʻyicha iqtisod qilingan mablagʻlar (alohida tadbirlar uchun rejalashtirilgan maqsadli budjet mablagʻlari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Yuqorida koʻrsatilgan manbalar boʻyicha mablagʻlar boʻlmagan (etishmagan) hollarda tuman (shahar) hokimliklari maqsadli transfertlarni ajratish toʻgʻrisidagi tuman (shahar) hokimi qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan aynan bir xil turdagi manbalar hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida soʻrovnoma bilan murojaat etadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan manbalar hisobidan mablagʻlar boʻlmagan (etishmagan) hollarda tuman (shahar) hokimliklaridan olingan soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan budjet mablagʻlari ajratishni soʻrab murojaat qiladi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadli transfert ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarori nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa vazirligi uchun sotib olinadigan kvartiralar qiymatini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan takliflar tayyorlash boʻyicha tegishli idoralararo mintaqaviy komissiya xulosasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 8-9-bandlarida koʻrsatilgan mablagʻlarning yoʻqligini (etishmasligini) tasdiqlovchi tegishli hisob-kitoblar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni davomida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan tegishli quyi budjetga yuzaga keladigan budjetlararo munosabatlarni belgilangan tartibda hal etish orqali budjet mablagʻlarini oʻtkazadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Maqsadli transfertlar tuman (shahar) hokimliklari yoki ular vakolat bergan tashkilotlarning tegishli moliya organlarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga maqsadli transfert hisobiga turarjoy sotib olish belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimligi yoki u vakolat bergan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Maqsadli transfert hisobiga sotib olingan turarjoylar tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining maqsadli kommunal uy-joy fondiga kiritiladi hamda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Nazorat, hisob va hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turarjoy sotib olish ajratilgan transfertlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ajratilayotgan maqsadli transfertlardan foydalanishning hisobini yuritish va hisobotini tuzish tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-maydagi 46-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2150-1, 27.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 21-son, 284-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 42-43-son, 375-modda; 2015-y., 21-son, 284-modda)