Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2012 19.03.1997 yildagi PF-1738-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2012
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKADA VEKSEL MUOMALASINI TARTIBGA SOLISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veksellarni chiqarish va ularning muomalasi mexanizmini takomillashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shartnoma majburiyatlarini bajarishlari uchun moliyaviy javobgarligini oshirish, ular chiqargan veksellarning puli o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, moliyaviy barqaror korxonalar va tashkilotlar, shuningdek tijorat banklari uzog‘i bilan uch oy muddatga, alohida hollarda esa olti oy muddatgacha veksellar chiqarish huquqiga egadirlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar va tashkilotlarga aniq yetkazib berilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitob qilishga ularda vaqtincha yetishmayotgan pul mablag‘larini qoplash uchungina veksellar chiqarishga yo‘l qo‘yiladi, bunda xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan veksel kafolati (aval) rasmiylashtirilishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan veksel chiqarish faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Veksellarni trast boshqaruviga topshirish, shuningdek kreditlarni veksellar bilan berish man qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir hafta muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, tashkilotlar va tijorat banklari tomonidan veksellar chiqarish huquqini olishga bo‘lgan talablar ro‘yxati va tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan veksel kafolati (aval) ni rasmiylashtirish tartibi, bunda aval mabodo veksel beruvchi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda veksel saqlovchiga veksel pulini o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bankning kafolati hisoblanadi. Shu narsa ko‘zda tutilsinki, tijorat banki veksel beruvchi korxonaning moliyaviy ahvolini tekshirib ko‘rgandan keyingina uning likvid aktivlari garovi evaziga avalni rasmiylashtirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklari ushbu Farmonning 2-bandida ko‘rsatilgan veksel chiqarish huquqini olishga nisbatan talablar ro‘yxatiga muvofiq, aval olish uchun bankka murojaat qilgan korxonaning moliyaviy barqarorligini sinchiklab tahlil etsinlar hamda korxona yetarli darajada to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan taqdirda likvid aktivlar garovi shartnomasini va veksel kafolati (aval) to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Veksellarning puli o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash maqsadida shu narsa belgilansinki, veksel beruvchi korxonaning hisobvarag‘iga kelib tushadigan mablag‘lar ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langunga qadar birinchi navbatda muomala muddati tugab borayotgan veksellarning pulini qaytarishga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda korxonalarning budjet bilan hisob-kitoblari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash uchun belgilab qo‘yilsinki, budjet oldida boqimandasi bo‘lgan veksel saqlovchi — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash uchun pulini qaytarish muddati mazkur oyda boshlanadigan veksellardan foydalanish huquqiga ega emasdirlar. Ana shu veksellarning pulini qaytarishdan veksel saqlovchilarga tushadigan pul mablag‘lari budjetga mavjud boqimanda hisobiga o‘tkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veksel beruvchi korxonalar uchun maxsus hisobvaraqlar ochib, ularda veksellarning pulini qaytarish payti kelgungacha veksel beruvchilarning zarur miqdordagi pul mablag‘larini zaxirada saqlab tursinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
veksel pulini qaytarish paytida veksel beruvchining bo‘sh pul mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda, veksel kafolati (aval)ga asosan veksel saqlovchiga tegishli mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab, keyinchalik vekselga e’tiroz bildirish va qarzdor korxonaga nisbatan choralar ko‘rish tartib-qoidasini qo‘llasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda notarial idoralar tomonidan veksellarga e’tiroz bildirish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin va bunda shuni nazarda tutsinki, to‘lovchi veksel pulini to‘lashdan bosh tortgan yoki u notarial idoraga kelmagan taqdirda davlat notariusi vekselga e’tiroz to‘g‘risidagi belgini qo‘yadi va bu belgi aval bergan bankning xo‘jalik sudiga murojaat qilishi uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Aval bergan tijorat banklariga to‘lovni veksel bergan korxona mulki hisobidan undirib olish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy xo‘jalik sudi veksellar pulini qaytarish, shu jumladan to‘lovni veksel beruvchining mulki hisobidan undirib olish bilan bog‘liq ishlar jadal ko‘rib chiqilishini ta’minlasin, huquqbuzarlik faktlari aniqlangan taqdirda materiallar tezkorlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, Prokuratura organlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan veksel muomalasi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, respublika miqyosida veksellar puli o‘z vaqtida va bir tekis qaytarilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar. Muayyan aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlik, shu jumladan amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan jinoiy javobgarlik choralari ko‘rilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birga ikki hafta muddat ichida qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 19-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1738-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 86-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda)