Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.11.2017 21.09.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2142
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori, 21.09.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2142
Дата вступления в силу
01.10.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.11.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IJRO YIGʻIMINI QAYTARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2142]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, va Bosh prokuraturasining 2017-yil 23-noyabrdagi 168, 36-sonli “Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2952, 29.11.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 451-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 7-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 7-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligining 2010-yil 7-sentabrdagi 75, 14-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 451-modda) muvofiq sud ijrochisi tomonidan ijro hujjati boʻyicha undirilgan ijro yigʻimini qonunchilikda belgilangan holatlarda qaytarish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom 2010-yil 1-apreldan boshlab sud ijrochilari tomonidan undirilgan ijro yigʻimini qaytarishda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ijro yigʻimining qaytarilayotgan summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ijro yigʻimini qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ijro yigʻimini qaytarishga majburiy ijro harakatini amalga oshirgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Departamentining tegishli hududiy boshqarmasi yoki markaziy apparatining (bundan keyingi oʻrinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori asos boʻlib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandiga muvofiq ijro yigʻimini qaytarishga asos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplanadigan ulushini alohida koʻrsatgan holda, qaytarilishi lozim boʻlgan jami mablagʻlar summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro yigʻimini toʻlagan va ushbu koʻrsatilgan mablagʻlar qaytarilayotgan shaxsning bank rekvizitlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Undirilgan ijro yigʻimi summalarini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan maxsus tranzit hisob raqamiga va mazkur hisob raqamdan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga va Jamgʻarmaga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda, ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror uni qabul qilgan kundan boshlab ikki kun muddatdan kechiktirilmagan holda ijro yigʻimini uni toʻlagan shaxsga qaytarish uchun Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ijro yigʻimini qaytarilishi Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi tomonidan ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qaytarilishi lozim boʻlgan ijro yigʻimi ulushini Jamgʻarmaga qoplab berilishi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro yigʻimining Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qaytarilishi lozim boʻlgan tegishli ulushini Jamgʻarmaning hisob raqamiga qoplab berish uchun, Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasi jami qaytarilishi lozim boʻlgan ijro yigʻimi summasini qaytargandan soʻng majburiy ijro harakatlarini amalga oshirgan Sud departamentining hududiy boʻlinmalari joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organiga (bundan keyingi oʻrinlarda davlat soliq xizmati organi deb yuritiladi) ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror nusxasiga Jamgʻarmaning bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan maxsus tranzit hisob raqamiga undirilgan va mazkur hisob raqamdan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga ijro yigʻimini oʻtkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro yigʻimini toʻlagan shaxsga undirilgan mablagʻning qaytarilganligi faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat soliq xizmati organi Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasidan ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini ilovalari bilan olgan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida tegishli moliya organiga undirilgan ijro yigʻimining tegishli ulushi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga kelib tushganligini tasdiqlovchi xulosani, kelib tushishi, haqiqatda kelib tushgan va qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlarni koʻrsatgan holda va Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasidan olingan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yuboradi, bunda xulosaning nusxasi Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga yuboriladi. Agarda undirilgan ijro yigʻimining tegishli ulushi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga haqiqatda kelib tushganligi tasdiqlanmagan holatda, davlat soliq xizmati organining tegishli xulosasi Jamgʻarmaning Ijro etuvchi direksiyasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tegishli moliya organi davlat soliq xizmati organining undirilgan ijro yigʻimi ulushining Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga haqiqatda tushganligini tasdiqlovchi xulosasiga asosan, xulosa olingandan soʻng ikki bank ish kunidan kechikmagan holda oʻrnatilgan tartibda tegishli mablagʻlarni Jamgʻarmaning hisob raqamiga qoplab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mablagʻlarni qoplab berish, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar amalga oshirilgunga qadar daromadlarning tegishli turlari boʻyicha tegishli shartli hisob raqamlar (ShHR) bilan 23402-son balans hisobvaragʻidan budjetga joriy har kunlik tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 7-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 336-modda)