14.10.1999 yildagi 462-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“NESTLE O‘ZBEKISTON” O‘ZBEKISTON-SHVEYSARIYA QO‘SHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika aholisining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, eksportbop va importning o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasiga qarashli “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati (Namangan shahri)ning “Nestle S.A.” (Shveysariya) kompaniyasi bilan birgalikda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nestle O‘zbekiston” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasining 7,0 mln AQSH dollarini tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin, ulardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablag‘lari, asbob-uskunalar va aylanma sarmoya (xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar) tarzida qo‘shiladigan 80 foizi yoki 5,6 mln AQSH dollari — “Nestle S.A.” kompaniyasiga tegishlidir. Bunda tayyor mahsulot tarzida qo‘shiladigan ulush mo‘ljaldagi investitsiyalar umumiy hajmining 10 foizidan oshib ketmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy va aylanma mablag‘lar (shu jumladan yerlardan foydalanish huquqi) tarzida qo‘shiladigan 20 foizi yoki 1,4 mln AQSH dollari — “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga tegishlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qurilishga va yangi zavodni jihozlashga, shuningdek xalqaro standartlarga muvofiq bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa xil mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida ishlab turgan quvvatlarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladigan 30,0 mln AQSH dollarini 6 yil mobaynida respublika iqtisodiyotiga investitsiyalashni nazarda tutuvchi “Nestle S.A.” kompaniyasining investitsiya dasturi ma’qullansin (ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya dasturining amalga oshirilishi natijasida “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasining ustav jamg‘armasi foydani qayta investitsiyalash yo‘li bilan qo‘shiladigan mablag‘larga va loyiha qatnashchilarining qo‘shimcha investitsiyalariga mutanosib ravishda o‘zgartiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 1,4 mln AQSH dollariga teng miqdordagi asosiy va aylanma mablag‘larning (shu jumladan yerlardan foydalanish huquqining) “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasiga berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi ustav jamg‘armasiga ulush qo‘shish uchun hamda “Nestle S.A.” kompaniyasining investitsiya dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida keltiriladigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va tarkibiy qismlar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘imlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Nestle S.A.” kompaniyasi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan 6 yil muddatga ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida ham, chet ellarda ham istalgan sug‘urta tashkilotlarida sug‘urtalashni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘shma korxonaning xorijiy xodimlari bilan, chet el valyutasini ularning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi valyuta hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li bilan chet el valyutasida ish haqi to‘lagan holda, mehnat shartnomalari tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor mahsulotning sifatini va muvofiqligini aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinovlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy vositalar hamda reagentlarni belgilangan tartibda import qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda belgilangan tartibda naqd mablag‘larga fermer, dehqon xo‘jaliklaridan va jismoniy shaxslardan mustaqil ravishda sut xarid qilish huquqi berilsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi va “Sosyete de Prodyui Nestle S.A.” kompaniyasi o‘rtasidagi bosh litsenziya bitimini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Namangan viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini korxonaning ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur miqdorda xom ashyo bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini mahalliy hokimiyat organlari tomonidan joriy etilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlarning barcha turlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtidan boshlab 6 yil muddatga ozod qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan xorijiy xodimlarning ishlashi uchun ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni konsullik yig‘imlari to‘lashdan ozod qilgan holda, kelish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari to‘lashdan ozod qilgan holda, ko‘p martalik kelish vizalari berishni va vizalarning muddatini uzaytirishni, shuningdek ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasida ishlash uchun kelishayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportda yurish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar bo‘yicha milliy valyutada haq to‘lash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 14-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
462-son

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-oktabrdagi 462-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nestle O‘zbekiston” qo‘shma korxonasini tashkil etish va investitsiya dasturini amalga oshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi