Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.1999 yildagi 549-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OʻZOLMONXOTELZ” OʻZBEKISTON-GERMANIYA QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining Germaniyaning “Inpro GMBX industrial asbob-uskunalari” kompaniyasi bilan birgalikda Samarqand shahrida “Prezident-Otel” mehmonxonasini qurish, Urganch shahridagi mavjud “Xorazm” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish va keyinchalik ulardan foydalanish maqsadida “Oʻzolmonxotelz” korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “Oʻzolmonxotelz” qoʻshma korxonasi boshlangʻich ustav fondi 11,65 mln AQSh dollari boʻlgan holda tashkil etilishi, bunda oʻzbekistonlik muassisning hissasi mol-mulk sifatida 6,7 mln AQSh dollarini (57,51%) va germaniyalik muassisning hissasi pul mablagʻlari sifatida 4,95 mln AQSh dollarini (42,49%) tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qoʻshma korxona ustav fondini shakllantirish muassislar tomonidan ikki yillik investitsiya davrida amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) umumiy qiymati 33 mln AQSh dollari boʻlgan mehmonxonalarni qurishni va rekonstruksiya qilishni mablagʻ bilan taʼminlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma korxonaning 4,95 mln AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Germaniya bankining “Oʻzolmonxotelz” qoʻshma korxonasiga beradigan 28,05 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Xipo Fereyns Bank (Germaniya) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish davrida foizlar toʻlovini kapitallashtirishini tasdiqlaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) kredit boʻyicha foizlarni va investitsiya davridagi chiqimlarni toʻlash “Inpro GMBX industrial asbob-uskunalari” firmasining “Oʻzolmonxotelz” qoʻshma korxonasiga beradigan 492,3 ming AQSh dollari miqdoridagi foizsiz ssudasi hisobiga amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) kreditni va foizsiz ssudani toʻlash “Oʻzolmonxotelz” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga ilovaga muvofiq amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi “Prezident-Otel” mehmonxonasini qurish va “Xorazm” mehmonxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostida Xipo Fereyns Bank (Germaniya) oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Oʻzolmonxotelz” qoʻshma korxonasining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda kredit bitimi tuzsin va Germaniya bankining “Germes” jamiyati sugʻurta qoplamasi ostidagi mablagʻlari “Oʻzolmonxotelz” qoʻshma korxonasi uchun qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoʻshma korxona masalalari boʻyicha ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaganlik, transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha soʻmlarda haq toʻlash huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Samarqand viloyati hokimligi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasiga Dorilfunun maydoni va Shohrux koʻchasi kesishgan joydan imoratlarni buzgan holda 2,2 gektar yer uchastkasi bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzolmonxotelz” qoʻshma korxonasiga loyiha-smeta hujjatlari toʻliq tayyor boʻlgunga qadar, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga, Samarqand shahrida “Prezident-Otel” mehmonxona kompleksi qurilishini va Urganch shahrida mehmonxona rekonstruksiya qilinishini ishchi chizmalar boʻyicha amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 31-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
549-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 31-dekabrdagi 549-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit va ssudani qaytarishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PROGNOZ JADVALI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit summasi ‎ 28,05 mln AQSh dollari‎
Qurilish davrida foizlarni kapitallashtirishni hisobga olgan holda:‎
kredit summasi ‎ 28,9 mln AQSh dollari‎
Kreditni qaytarish muddati, ‎ 9,5 yil‎
shu jumladan, imtiyozli davr ‎ 2 yil‎
Foiz stavkasi ‎ 8,50%‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Qaytarish davri ‎

Asosiy qarzni toʻlash ‎

Foizlarni toʻlash ‎

Ssudalarni toʻlash ‎

Hamma toʻlovlar ‎

2000-2001-yillar (Investitsiyalash davri) ‎ 268 228‎ 268 228‎
2002-yil‎ 3 399 454‎ 2 383 867‎ 57 918‎ 5 841 239‎
2003-yil‎ 3 399 454‎ 2 094 914‎ 57 918‎ 5 552 286‎
2004-yil‎ 3 399 454‎ 1 805 960‎ 57 918‎ 5 263 332‎
2005-yil‎ 3 399 454‎ 1 517 006‎ 57 918‎ 4 974 378‎
2006-yil‎ 3 399 454‎ 1 228 053‎ 57 918‎ 4 685 425‎
2007-yil‎ 3 399 454‎ 939 099‎ 57 918‎ 4 396 471‎
2008-yil‎ 3 399 454‎ 650 146‎ 57 918‎ 4 107 518‎
2009-yil‎ 3 399 454‎ 361 192‎ 57 918‎ 3 818 564‎
2010-yil‎ 1 699 728‎ 72 238‎ 28 956‎ 1 800 922‎

Hammasi‎

28 895 360‎ 11 320 703‎ 492 300‎ 40 708 363‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: asosiy qarz va foizlarni toʻlash sanasi va summasi kredit bitimi imzolanayotganda aniqlashtiriladi.