LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Turkiston miniatyura maktabining asoschisi, buyuk musavvir Kamoliddin Behzod betakror ijodiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish, yosh avlodni xalqimiz madaniyati tarixi bilan g‘ururlanish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zarur shart-sharoit yaratish hamda buyuk musavvir tavalludining 545 yilligini keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi va ijodiy ziyolilarning 2000-yilda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligini keng nishonlash hamda Toshkent shahrida Kamoliddin Behzod nomida Memorial bog‘ barpo etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Kamoliddin Behzod Memorial bog‘i Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 40-binoga tutash xiyobonda barpo etilsin.
3. Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita bir oy muddatda yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlarini ishlab chiqib tasdiqlasin va uning ijrosini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod Memorial bog‘ini barpo etish uchun loyihalashtirish va qurilish bo‘yicha buyurtmachi etib tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Kamoliddin Behzod Memorial bog‘ini barpo etishni 1999-2000-yillar investitsiya davlat dasturiga kiritsinlar hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga 1998-yilda tanlov va loyihalashtirish ishlari uchun markazlashtirilgan mablag‘ ajratsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodini o‘rganish, meroslariga oid ashyolarni to‘plash maqsadida chet ellarga boruvchi ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kamoliddin Behzod yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
7. Ommaviy axborot vositalariga Kamoliddnn Behzod yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarining borishini keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I.Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Jo‘rabekov I. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi |
Azizxo‘jayev A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
Rahmatov O‘. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) |
Qo‘ziyev T. | — | O‘zbekiston Badiiy akademiyasining raisi, tashkiliy qo‘mitaning mas’ul kotibi |
Abdullayev Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari |
Aminov N. | — | Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining rahbari |
Ashrafiy F. | — | O‘zbekiston me’morlari uyushmasining raisi |
Baratov F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining o‘rinbosari |
Jo‘rayev X. | — | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
Jo‘rayev T. | — | O‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti |
Zokirov T. | — | “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi raisi |
Komilov A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri |
Ko‘chimov A. | � | O‘zteleradiokompaniya raisi |
Rasulov M. | — | Toshkent shahar Bosh me’mori |
Salimov O. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
To‘laganov K. | — | Toshkent shahar hokimi |
To‘xtaboyev X. | — | “Oltin meros” jamg‘armasining raisi |
Mirmahmudov Sh. | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi |
Shog‘ulomov R. | — | O‘zbekiston Respublikasi davlat matbuot qo‘mitasi raisi |
Husanboyev B. | — | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |