Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI GUVOHNOMALARINI BERISH VA AVIATSIYA XODIMLARINING TURLARI” OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AVIATSIYA QOIDALARIGA (OʻR AQ-61) OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 26-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1349-5]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-61) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni IKAO standartlar va tavsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 26-martdagi 49-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalariga (OʻR AQ-61) (roʻyxat raqami 1349, 2004-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 212-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-iyun,
69-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 254-modda)