28.12.2007 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.12.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudI PLENUMining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOVARLARNI TANLAB OLMASLIK BILAN BOGʻLIQ NIZOLARNI HAL QILISHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sud amaliyotining bir xilligini shakllantirish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xoʻjalik sudlari tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qoʻllashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tovarlarni tanlab olmaslik deganda, mahsulot yetkazib beruvchining omboridan sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni shartnomada belgilangan tartib va muddatda olib chiqish (olish) majburiyatini bajarmasligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. FK 448-moddasining birinchi qismiga muvofiq, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida sotib oluvchi (oluvchi)ning yetkazib beruvchi joylashgan yerda tovarlarni tanlab olishi nazarda tutilgan boʻlsa, sotib oluvchi (oluvchi) oʻziga topshirilayotgan tovarlarni ular topshiriladigan joyda koʻzdan kechirishi lozim. Tovarlarning shartnomaga nomuvofiqligi aniqlanganda, u bunday tovarlarni olishdan bosh tortishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sotib oluvchi (oluvchi)ning tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda, bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, tovarlarning tayyorligi toʻgʻrisida mahsulot yetkazib beruvchining bildirish xatini olganidan soʻng oqilona muddatda tanlab olmasligi mahsulot yetkazib beruvchiga shartnomani bajarishdan bosh tortish yoki sotib oluvchidan tovarlar haqini toʻlashni talab qilish huquqini beradi (FK 448-moddasining ikkinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni tanlab olmaganlik uchun sotib oluvchi (oluvchi)dan neustoyka undirish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishda shartnomada belgilangan muddatda uning tanlab olish amalga oshirilishi lozim boʻlgan ombori yoki bazasida mahsulot yetkazib berishning shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va assortimentda tovarlar mavjud boʻlganligini va bu tovarlar sifati, navi, qadoqlanishi, oʻrami va shu kabilar boʻyicha shartnoma shartlariga muvofiqligini hamda daʼvo qilingan paytda mavjud boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqishda xoʻjalik sudlari taraflar uchun majburiy boʻlgan qoidalar yoki tovarlarni tanlab olish (topshirish) toʻgʻrisidagi tartibdan, shartnoma shartlaridan kelib chiqishlari va taraflar tomonidan bu shartlarga rioya qilinishini tekshirishlari lozim. Xususan, agar tovarlarni tanlab olish sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining tovarlarning topshirishga tayyorligi haqidagi bildirish xatida koʻrsatilgan maʼlum bir muddat ichida amalga oshirilishi lozim boʻlgan hollarda, mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan ushbu bildirish xatining yuborilganligi tekshirilishi lozim. Agar sotib oluvchining (oluvchining) tovarni olish uchun kelishining aniq muddatlari shartnoma bilan belgilangan boʻlsa yoxud ular belgilanmagan hollarda va mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan tovarning topshirishga tayyor ekanligi haqidagi bildirish xati oʻz vaqtida yuborilgan boʻlib, sotib oluvchi (oluvchi) tovarni olish uchun mahsulot yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) kelmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchi sotib oluvchining (oluvchining) kelmaganlik holatini isbotlashga majbur emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holda sotib oluvchi (oluvchi) tovarni olish uchun mahsulot yetkazib beruvchining omboriga oʻz vaqtida kelganligini, shuningdek sotib oluvchi (oluvchi) hozir boʻlgan paytda mahsulot yetkazib beruvchining omborida shartnomada kelishilgan tovarning mavjud boʻlmaganligini isbotlash majburiyati uning zimmasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib oluvchi (oluvchi) tomonidan tanlab olingan tovarlarni mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan berilishining rad etilishi yoki mahsulot yetkazib beruvchining omborida kelishilgan assortimentdagi tovarlarning mavjud boʻlmaganlik holatlari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shartnomada sotib oluvchi hisoblanmagan oluvchi tomonidan tovarlarni tanlash nazarda tutilgan hollarda, tanlab olmaslik uchun javobgarlik shartnoma boʻyicha sotib oluvchining zimmasida boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar sotib oluvchi mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan uning maxsus buyurtmasi boʻyicha tayyorlangan tovarlarni oʻz vaqtida tanlab olishdan bosh tortsa va mahsulot yetkazib beruvchi bu tovarlarni boshqa sotib oluvchiga sotishning imkoni yoʻqligini isbotlasa, u tovarlarni tanlab olish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaslikdan kelib chiqqan zararlarni sotib oluvchidan undirishni talab qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Qonunning 31-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (oʻz muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar boʻyicha esa 10 foizi miqdorida jarima toʻlashi nazarda tutilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar tanlab olinmagan hollarda yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etgan holda, tanlab olinmagan tovarlar qiymati toʻlanishini talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sotib oluvchi tomonidan tovarlarni bir necha bor tanlab olmaslik FKning 455-moddasiga muvofiq, mahsulot yetkazib berish shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi va mahsulot yetkazib beruvchining shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Qonunning 24-moddasiga muvofiq, tovarlarni tanlab olmaslik uchun javobgarlik chorasi qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1994-yil 5-yanvardagi “Mahsulot va mollarni oʻz vaqtida tanlab olib ketmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi 20-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
175-son