Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2007 05.01.1994 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2007
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot va mollarni oʻz vaqtida tanlab olib ketmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 175-sonli “Tovarlarni tanlab olmaslik bilan bogʻliq nizolarni hal qilishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud amaliyotining bir xilda boʻlishini taʼminlash maqsadida Oliy xoʻjalik sudi Plenumi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 46-moddasiga amal qilgan holda, qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar sharhi tartibida tushuntirilsinki, oʻz vaqtida tanlab olib ketmaslik deganda yetkazib beruvchining omboridan mahsulotni (mollarni) shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda tashib ketish (olish) yuzasidan shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarning sotib oluvchi tomonidan bajarilmasligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etkazib beruvchi mahsulot (mollar) oʻz vaqtida tanlab olib ketilmasligi uchun sotib oluvchidan neustoyka undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishda shartnoma belgilangan muddatda uning mahsulot (mollar) olib ketiladigan omborda yoki bazasida mazkur yetkazib berish muddati uchun shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va assortimentda mahsulot (mollar) mavjud boʻlganini hamda bu mahsulot (mollar) sifati, navi, qadoqlanishi, oʻrab joylashi va boshqa shu kabilar boʻyicha shartnoma shartlariga muvofiqligini hamda daʼvo qilinayotgan paytda mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday daʼvolarni koʻrib chiqishda xoʻjalik sudlari mazkur mahsulotni oʻz vaqtida olib ketish (topshirish)ning taraflar uchun majburiy qoidalari yoki shartnoma bilan belgilangan tartibiga asoslanishlari va taraflar ushbu tartibga qanday rioya etganliklarini tekshirishlari lozim. Chunonchi mahsulot (mollar)sotib oluvchi tomonidan yetkazib beruvchining mahsulot topshirishga taxtligi haqidagi bildirish xatida koʻrsatilgan muayyan muddat mobaynida olib ketilishi lozim boʻlgan hollarda, yetkazib beruvchi tomonidan mazkur bildirish xati joʻnatilgan yoki joʻnatilmaganini tekshirish zarur. Agar shartnomada sotib oluvchining mahsulotini olish uchun aniq kelish muddatlari belgilangan boʻlsa, yoxud aniq muddatlar belgilanmagan va yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot topshirishga taxtligi haqida bildirish xati oʻz vaqtida yuborilgan, sotib oluvchi (oluvchi) esa mahsulotni olish uchun yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) kelmagan hollarda yetkazib beruvchi sotib oluvchining (oluvchining) kelmaganligi faktini isbotlamasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib oluvchining (oluvchining) mahsulotining olish uchun yetkazib beruvchining omboriga (bazasiga) oʻz vaqtida kelganligi, shuningdek sotib oluvchi kelgan paytida shartnomada shartlashilgan mahsulotning yetkazib beruvchining omborida (bazasida) yoʻq ekanligini isbotlash majburiyati ana shu sotib oluvchining zimmasida boʻladi, Agar shartnoma shartlariga koʻra mahsulot berishni rad qilish yoki uning yetkazib beruvchining omborida (bazasida) shartlashgan assortimentda yoʻqligi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim boʻlsa, xoʻjalik sudi bunday dalolatnoma tuzilgan yoki tuzilmaganligini tekshirishi kerak boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib oluvchi maxsus buyurtma boʻyicha aynan shu sotib oluvchi uchun yetkazib beruvchi tayyorlangan mahsulotni (mollarni) tanlab olib ketishdan voz kechgan va yetkazib beruvchi bunday mahsulotni (mollarni) boshqa xaridorga sotish imkoni yoʻqligini isbotlasa, u sotib oluvchi mahsulotini tanlab olib sotib ketish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida koʻrilgan zararni undan undirib olishga haqlidir. Bunday holda yetkazib beruvchi zararlar summasiga maxsus buyurtma boʻyicha tayyorlangan mahsulot (mollar) qiymatini ham qoʻshishga haqlidir. Shartnomada mahsulotni (molni) sotib oluvchidan oʻzga qabul qilib oluvchi tanlab olib ketish nazarda tutilgan hollarda tanlab olib ketmaganlik uchun shartnoma boʻyicha sotib oluvchi javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-son