LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi zimmasiga davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarda nazarda tutilgan normalar va talablarga qat’iy rioya etilishi yuzasidan javobgarlik yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat soliq qo‘mitasi deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Davlat soliq qo‘mitasi soliq qonunchiligiga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Davlat soliq qo‘mitasi tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), shuningdek tasarrufidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda tasarrufidagi tashkilotlar deb ataladi) kiradi.
Davlat soliq xizmati organlari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha soliq to‘lovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
4. Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Davlat soliq xizmati organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarni davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlati hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish, statistika va moliya organlari, banklar hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradilar.
6. Davlat soliq qo‘mitasining, davlat soliq xizmati hududiy organlarining moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari, Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq xizmati hududiy organlari yuridik shaxs hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar.
davlat soliq siyosatini amalga oshirish va soliq qonunchiligiga, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishiga, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishiga rioya qilinishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘liq miqdorda tushishini ta’minlash;
soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, axborot resurs ma’lumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasini yuritish asosida soliq to‘lovchilarni hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularga ko‘rsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari va interaktiv xizmatlar sohasini kengaytirish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
pul mablag‘larining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish yuzasidan takliflar kiritish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, ular tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirish va ularning hududida aniqlangan huquq buzilishlari bo‘yicha surishtiruvlar o‘tkazish, jinoiy ishlarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
respublika nazorat qiluvchi organlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishlarni o‘tkazishda bir-birini takrorlashga va suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida qonunchilikka qat’iy rioya etilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;
soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish holatlariga keskin barham berish ishlarini tizimli amalga oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni doimiy ravishda ta’minlash.
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga tushishi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;
soliqqa oid qonun hujjatlarini, shu jumladan tabiiy resurslardan ehtiyotlab va samarali foydalanishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini qisqartirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va erkinlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rag‘batlantirish, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda soliq qonunchiligiga muvofiq soliq solish masalalari bo‘yicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
soliq hisobotlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish, to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
soliq qonunchiligi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlarini nashr qiladi, davlat soliq xizmati organlarini qonun hujjatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan soliq sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda ularning belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi;
b) soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash sohasida:
soliq to‘lovchilar faoliyatini belgilangan tartibda soliq bo‘yicha tekshiradi, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya majburiy badallarining to‘g‘ri hisoblab chiqilishini, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ularning fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini tekshiradi;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
soliq to‘lovchilardan yoki ularning mansabdor shaxslaridan tushuntirish xatlari oladi, soliq to‘lovchining mol-mulki mavjudligini tekshiradi, shuningdek hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechiradi (tekshiradi);
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini, korxonalar hududiga moddiy boyliklarni olib kirish va u erdan olib chiqishda korxonalarda ruxsat berish tizimi ishlarining tashkil etilishi holatini tekshiradi;
soliq to‘lovchining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) davomida hisobotdagi ma’lumotlarning ishonchliligi va to‘g‘riligini aniqlash, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarida faktlarning buzib ko‘rsatilishini aniqlash va ularni bartaraf qilish uchun buxgalteriya hisoblari va moliyaviy hisobotlarni tekshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
soliq sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishlari to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshiradi;
soliq qonunchiligining buzilishi holatlarini tahlil qiladi hamda soliqqa doir huquq buzilishlariga ko‘maklashadigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli organlarga takliflar kiritadi;
huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda soliqqa oid huquq buzilishlariga qarshi kurashishning uzoq muddatli hamda joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha respublika nazorat organlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlashga va suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlaydi;
v) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘liq miqdorda tushishini ta’minlash sohasida:
soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (to‘xtatilishi) to‘g‘risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
belgilangan tartibda soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan moliya va soliq hisobotlarini, shuningdek soliq to‘lovchilarning faoliyati to‘g‘risida soliq organlari axborot resurs ma’lumotlarining yagona integratsiyalashgan bazasida yig‘ilgan boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida kameral nazoratni amalga oshiradi;
(9-bandning “v” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan pul mablag‘larining davlat daromadiga to‘liq va o‘z vaqtida tushishini, shuningdek davlat organlariga berilgan mol-mulk hisobini nazorat qiladi;
yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni yig‘adi va mablag‘larning to‘liq tushishini nazorat qiladi;
g) soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash, ularni to‘liq qamrash va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, Soliq to‘lovchilar identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reyestrini yuritish sohasida:
soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarning to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
yuridik va jismoniy shaxslarga ularni, identifikatsiyalash tartib raqamlari bergan holda, soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risida hujjatlar berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qiladi;
Soliq to‘lovchilar identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
soliq organlari axborot resurs ma’lumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasida soliq to‘lovchilar bo‘yicha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblab chiqilishi va amaldagi tushumlari hisobini yuritadi;
(9-bandning “g” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
banklar tomonidan tegishli axborot taqdim etilishiga ko‘ra bank schyotlari bo‘yicha olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik faoliyati bo‘yicha — uch oy mobaynida) pul operatsiyalarini amalga oshirgan holda moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni aniqlaydi;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishdan bosh tortishi mexanizmlarini o‘rganadi, aniqlaydi va bartaraf etadi;
axborot xavfsizligi ta’minlanishini hisobga olgan holda, barcha soliq to‘lovchilar va soliq tushumlari bo‘yicha axborot resurs ma’lumotlarining yagona integratsiyalashtirilgan bazasini tashkil qiladi;
(9-bandning “g” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
soliq axborotlarini qabul qilib olish, ishlash, uzatish va saqlash jarayonlarini avtomatlashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
davlat soliq xizmati organlarida, axborot xavfsizligini ta’minlashni hisobga olgan holda, yagona axborot, dasturiy-texnik va telekommunikatsiya tizimi joriy etilishini tashkil qiladi;
soliq ma’muriyatchiligi jarayonida davlat soliq xizmati organlari ishiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi hamda xarajatlarni maqbullashtirish va resurs ta’minotini rivojlantirish uchun ularni texnologik jarayonlarni yuritishning zamonaviy tizimlari va boshqarishning tezkor vositalari bilan jihozlaydi.
(9-bandning “g” kichik bandi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
d) soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
soliqqa oid huquq buzilishlarini sodir qilgan shaxslarni qidirib topish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beradi, davlatga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda undirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzlarning O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq undirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar tashkil etilishi va qo‘llanishini ta’minlaydi;
aksizga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqarish va ularning muomalada bo‘lishidagi huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va ularga barham berishni belgilangan tartibda tashkil qiladi va amalga oshiradi;
ishlab chiqarish va daromadlar miqdorlarini yashirish, sotilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar hajmlarini kamaytirib ko‘rsatish mexanizmlarini o‘rganish va aniqlashni tashkil qiladi hamda amalga oshiradi, ko‘rsatib o‘tilgan mexanizmlarning qo‘llanishini bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
soliqqa oid jinoyatlarning sodir etilishi holatlarini aniqlash uchun, surishtirish, tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslarni qidirib topish uchun ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanadi;
e) pul mablag‘larining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan banklar kassalariga o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash sohasida:
savdo va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishning qonunchilikka muvofiqligi, shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini, plastik kartochkalardan to‘lovlarni qabul qilib olish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini qo‘llanish, alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tovarlarni ulgurji sotishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
naqd pul mablag‘lari muomalada bo‘lishining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul aylanmasiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan huquq buzilishlarini aniqlash, oldini olish va ularga barham berish tadbirlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va naqd tushumni banklar kassalariga topshirish qoidalariga rioya etilishini belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirishlarni amalga oshiradi;
j) soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash, soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko‘rsatish, ularga ko‘rsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari turlarini kengaytirish sohasida:
soliqqa doir qonun hujjatlarini nashr etish, ko‘paytirish va davlat soliq xizmati hududiy organlariga yetkazish, maslahat xizmatlari ko‘rsatish, soliq to‘lovchilarni soliqlarni o‘z vaqtida hisoblab chiqish, soliq hisobotlarini va soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni taqdim etishga o‘qitish uchun servis-markazlar tashkil qiladi;
soliq solish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni soliq to‘lovchilarga o‘z vaqtida yetkazish ishlarini tashkil etadi;
soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida keng ko‘lamli interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etadi;
(9-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-dekabrdagi 353-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 50-son, 565-modda)
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq sohasidagi huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlari himoyalanishini ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish va soliq qonunchiligi buzilishi masalalari bo‘yicha murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;
qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etish ishlarini tashkil qiladi;
z) bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan qat’iy nazoratni amalga oshirish sohasida:
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquq buzilishlarini aniqlaydi, ularning oldini oladi va ularga barham beradi;
bozorlar va savdo komplekslari hududlarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga qarshi kurashadi;
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarini to‘xtash joylaridan, shuningdek ular hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari va mablag‘lar tushumi hisobining to‘liqligini ta’minlaydi;
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida, ularga tutash bo‘lgan avtomobil vositalarini to‘xtash joylaridan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari bo‘yicha tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etadi va olib boradi, jinoiy ishlar qo‘zg‘aydi, ular bo‘yicha surishtiruv ishlarini amalga oshiradi, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga ko‘ra huquqni muhofaza qilish organlariga beradi;
soliqqa oid huquq buzilishlari natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
i) davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o‘z ishiga sadoqatli xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat darajasini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish sohasida:
qo‘yilgan talablarga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarini, shu jumladan davlat soliq xizmatining hududiy organlarida, tashkil etadi;
belgilangan tartibda ta’lim muassasalari tashkil etish, shuningdek davlat oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan foydalanish yo‘li bilan davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarining doimiy asosda tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari lavozimlarining malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazadi, ularga o‘z vakolatlari doirasida maxsus unvonlar beradi;
kadrlarni O‘zbekiston Respublikasiga sodiqlik, vatanparvarlik, halollik hamda huquqiy davlat g‘oyalari va asoslarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash yuzasidan uzluksiz ishlarni amalga oshiradi;
tegishli tanlovdan o‘tmagan yoki lavozim vazifalarini jiddiy buzganligi uchun ilgari davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan shaxslarning ishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan soliq to‘lovchilarga nisbatan g‘arazli maqsadlarda noqonuniy ta’sir ko‘rsatish holatlarini aniqlaydi va ularga barham beradi;
soliq organlarida korrupsiya holatlarini aniqlashga, ularning oldini olishga va ularga barham berishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, tashkil etadi va ularni amalga oshirishda qatnashadi;
xizmat vazifalarini bajarayotganda davlat soliq xizmati organlari xodimlarini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlarining budjet va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha xarajatlar smetalari ijrosi yuzasidan taftishni amalga oshiradi. Juda zarur bo‘lganda va moliya-xo‘jalik faoliyatida qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yilgan holatlar to‘g‘risida ishonchli axborot mavjud bo‘lgan taqdirda navbatdan tashqari taftishlar o‘tkazilishi mumkin;
davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan moddiy va pul resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari bajarilishini ta’minlaydi, xo‘jasizlik, isrofgarchilik, davlat mablag‘larini va budjetdan tashqari mablag‘larni asossiz ravishda sarflash, smeta intizomini buzish hollariga barham beradi.
10.1) soliq to‘lovchilarning moliyaviy hujjatlarini, shartnomalarini (kontraktlarini), rejalarini, smetalarini, daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarini hamda soliqlarni boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lash, fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamlariga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini to‘lash bilan bog‘liq boshqa hujjatlarini, shu jumladan elektron hujjatlarini, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bog‘liq hujjatlarini tekshirish (shu jumladan, soliq to‘lovchi bilan bog‘liq bo‘lgan subyektlarni muqobil tekshirish);
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq soluvchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalaniladigan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni tekshirish;
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi hujjatlarni) saqlash joylarini muhrlab qo‘yish;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqish va to‘lash bilan bog‘liq hujjatlarni talab qilish;
hujjatlarni (nusxalarini, shuningdek asl nusxalarini), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xomashyolar, materiallar va chala tayyor mahsulotlar namunalarini) olib qo‘yish, olib qo‘yilishi soliq to‘lovchi faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar bundan mustasno. Soliq to‘lovchi faoliyatining to‘xtab qolishiga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo‘yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;
soliq to‘lovchidan, shuningdek rahbarlik funksiyalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish funksiyalarini amalga oshiradigan shaxslardan, soliq to‘lovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirish xatlari olish;
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish;
10.3) savdo, tovarlar sotish va pulli xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini, shuningdek naqd pul tushumining bankka o‘z vaqtida topshirilishini tekshirish;
10.4) soliq tekshirishlarini o‘tkazishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasida saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish;
10.5) o‘zlarida mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi axborotlar, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olish hujjatlari yo‘qotib qo‘yilgan yoki yo‘q qilingan hollarda boshqa ana shunday soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar summasini mustaqil ravishda belgilash;
(10-bandning 10.5 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10.6) soliq majburiyati bo‘yicha da’vo bildirilgan muddat mobaynida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblab chiqilgan summasini hisoblab chiqish yoki qayta ko‘rib chiqish;
10.7) davlat organlarini hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish funksiyalarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi, to‘liq undirilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilganligi yuzasidan nazorat qilish;
(10-bandning 10.7 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10.8) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki hududlarni, binolarni, shu jumladan, soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq joylarni tekshirish uchun davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganda, soliq to‘lovchi ma’lum qilingan manzilda bo‘lmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda bank schyotlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish bo‘yicha sud tartibida chora-tadbirlar ko‘rish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legalizatsiya qilishning hamda terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan holatlari bundan mustasno).
(10-bandning 10.8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-maydagi 177-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 21-son, 240-modda)
soliq sohasidagi huquq buzilishlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish va yuridik hamda jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar sud tartibda qo‘llanadi, ular sodir etilgan huquq buzilishidagi aybini e’tirof etgan va moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda to‘lagan holatlar bundan mustasno;
10.10) aniqlangan soliq sohasidagi huquq buzilishlari holatlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Soliq to‘lovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
10.11) soliq to‘lovchi tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida soliq to‘lovchilarga nisbatan sudga da’volar taqdim etish;
10.12) soliq to‘lovchi majburiyatlarining bajarilishi zarurligi to‘g‘risida va soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy tartibda undirish bo‘ycha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga talabnoma yuborish;
10.13) soliq hisobotlari taqdim etilgan sanadan boshlab o‘n kun mobaynida soliq to‘lovchi tomonidan yozma ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini soliq bo‘ycha qarzni, shu jumladan ular bo‘yicha penya va jarimalarni to‘lash hisobiga kiritish to‘g‘risida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
10.14) O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda hujjatlarni, agar ular chet tilda tuzilgan bo‘lsa, notarial tasdiqlagan holda davlat tiliga tarjima qilishni talab qilish;
10.15) yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqning joriy to‘lovlarini soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, qayta hisoblab chiqish, nazarda tutilayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq summasi kamaytirib ko‘rsatilgan taqdirda hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanishi kerak bo‘lgan yuridik shaxslar foydasidan olinadigan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘p miqdorda penya hisoblab yozish;
(10-bandning 10.15 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
10.16) bozorlarda, savdo komplekslarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida bir martalik yig‘imning to‘liq tushganligini va uni topshirish hisobini, ijara to‘lovini, nazorat-kassa mashinalaridan foydalanilishini, hisob-kitob terminallarini, savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini qisqa muddatli tekshirishlarni amalga oshirish;
10.17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarida aniqlangan moliya-iqtisodiy va soliq sohalaridagi buzilishlar sodir etilganligi holatlari bo‘yicha surishtiruvgacha bo‘lgan tekshirishlar o‘tkazish, ular bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘ash va surishtiruvlar o‘tkazish, keyinchalik ishlarni muntazamligiga ko‘ra qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadirlar.
10.1—10.7-kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar — belgilangan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga beriladi;
10.8—10.15-kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar — davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlariga beriladi;
10.16 va 10.17-kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar — Davlat soliq qo‘mitasi hamda uning hududiy organlarining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi mansabdor shaxslariga beriladi.
12. Davlat soliq xizmati organlariga davlat statistika, axborot, arxiv, ma’lumotnoma tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berish yuzasidan xizmatlar (ishlar) bepul amalga oshiriladi.
13. Davlat soliq qo‘mitasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, ushbu Nizom, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom bilan tartibga solinadi.
o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;
mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi;
o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq buzilishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
15. Davlat soliq organlari xodimlari tomonidan o‘z xizmat vakolatlarini oshirib yuborish, shuningdek o‘zlariga yuklangan funksional vazifalarni bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi.
16. Soliq nazoratini amalga oshirishda Davlat soliq qo‘mitasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
17. Tekshirilgan soliq davri uchun soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan yoki to‘langan aynan bir xil soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tekshirishlarni takroran o‘tkazish taqiqlanadi.
18. Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z huquq va erkinliklarini buzayotgan Davlat soliq qo‘mitasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga yoxud bevosita sudga shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqlidirlar.
19. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, uzoq xizmat muddati uchun ustamalardan, boshqa qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
20. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar belgilanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
21. Quyidagilar davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi hamda soliq bo‘yicha qarzlar miqdori pasaytirilganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar to‘lash;
xizmat vazifalarini bajarish chog‘idagi alohida xizmatlari uchun va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan o‘tkazish asosida belgilanadigan maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar.
22. Yil choragida respublika mintaqalarida manbalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga daromadlar tushumi prognozlari sifatli bajarilganligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lovlar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlar miqdorlari kamaytirilganligi uchun Davlat soliq qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qo‘llash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
23. Davlat soliq xizmati organlarining bosh boshqarmalari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalari xodimlarini bir oydagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash ularga biriktirilgan soliqlar manbalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliqlar to‘lovlari tushumlari prognozi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga boshqa majburiy to‘lovlar bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi uchun, soliq bo‘yicha qarzlar darajasi pasaytirilganligi uchun hamda ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bajarilganligi uchun davlat soliq xizmati tegishli organlarining rahbarlari qarorlari bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
24. Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari davlat soliq xizmati organlari xodimlariga to‘lovlar manbalari hisoblanadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
belgilangan vakolatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda davlat soliq xizmati hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Davlat soliq qo‘mitasi va davlat soliq xizmati hududiy organlari tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega;
davlat soliq xizmati organlari xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va respublika davlat mukofotlari berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlar beradi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarida, shuningdek boshqa davlatlarning davlat soliq xizmati organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmati manfaatlarini ifodalaydi.
27. Davlat soliq qo‘mitasida soliq qonunlarini, shuningdek valyutani tartibga solish haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning eng murakkab va munozarali masalalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari vakolatlari doirasida qarorlar tayyorlash uchun Ekspert kengashi tuziladi. Ekspert kengashi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert kengashiga Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
28. Davlat soliq qo‘mitasida va davlat soliq xizmatining hududiy organlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat soliq qo‘mitasining raisi tomonidan, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
29. Davlat soliq qo‘mitasi ajratilgan budjet mablag‘lari limiti hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari doirasida, belgilangan tartibda ilmiy tadqiqotlar, davlat soliq xizmati organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta’lim muassasalari tashkil etishi, noshirlik faoliyatini amalga oshirishi, sog‘lomlashtirish, maslahat va axborot markazlari, shuningdek davlat soliq xizmati organlari faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan foydalanish, avtotransport, axborot-hisoblash tashkilotlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar tashkil etishi mumkin.
30. Davlat soliq qo‘mitasiga aholi o‘rtasida tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish uchun o‘zining matbaa organlarini ta’sis etish va nashr qilish huquqi berilgan.
31. Davlat soliq qo‘mitasida Davlat soliq qo‘mitasining raisi, raisning birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari va Davlat soliq qo‘mitasining Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning soni va shaxsiy tarkibi Davlat soliq qo‘mitasi raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatining soliq qonunchiligiga rioya etilishini yanada ta’minlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ushbu Nizomda nazarda tutilgan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at shuningdek Davlat soliq qo‘mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
33. Hay’at majlisiga Davlat soliq qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at agar uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
34. Hay’at qarorlari Davlat soliq qo‘mitasi qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hay’at raisi va a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
35. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Davlat soliq inspeksiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
36. Hududiy davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘zlariga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘zlariga bo‘ysunuvchi bo‘linmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
37. Davlat soliq boshqarmalari va davlat soliq inspeksiyalarining shtat jadvallari davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni hamda yordamchi xodimlarning amaldagi hisob normativlari va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tasdiqlanadi.
38. Davlat soliq xizmati hududiy organlari faoliyatining, shu jumladan hay’at qarorlarini va Davlat soliq qo‘mitasi topshiriqlarini bajarish bilan bog‘liq eng muhim masalalarni hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarida kengashlar tashkil qilinadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari kengashlarining shaxsiy tarkibi tegishli hududiy davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining taqdimiga binoan Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
39. Soliqqa oid qonun hujjatlarini qo‘llashning eng murakkab va munozarali masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun davlat soliq boshqarmalarida maslahat-ekspert kengashlari tashkil etiladi.
40. Hududiy davlat soliq boshqarmalari to‘g‘risidagi nizom Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan, davlat soliq inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizom esa — Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom asosida hududiy davlat soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
41. Davlat soliq qo‘mitasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
3. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi hamda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisiga va raisning birinchi o‘rinbosariga hisobot beradi.
5. Bosh boshqarmaning o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilgan qarorlari Bosh boshqarmaning barcha hududiy bo‘limlari tomonidan bajarilishi majburiydir.
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qilish;
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy sohadagi hamda soliq sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquq buzilishlarini aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish;
bozorlar va savdo komplekslari hududida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) yoki kontrabanda tovarlarini tayyorlash va sotishga qarshi kurashish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidan olingan pul oqimlari va mablag‘lar tushumlari hisobining to‘liqligini ta’minlash;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududlarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqni buzish sodir etilishi holatlari bo‘yicha tergovdan oldingi tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish, jinoiy ishlar qo‘zg‘ash, ular bo‘yicha surishtiruv ishlarini amalga oshirish, jinoiy ishlarni tergov bo‘yicha tegishliligiga ko‘ra qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
soliqqa oid huquq buzilishlari natijasida davlatga, yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imning, ijara to‘lovining to‘liq tushishini va topshirish hisobini, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallaridan foydalanilishini, shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil etish va o‘tkazish, keyinchalik Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashini yoki uning hududiy komissiyalarini Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risida qisqa muddatli tekshirish o‘tkazilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida xabardor qilish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy oqimlari harakati hisobini yuritish va monitoringini amalga oshirish;
bozorlar va savdo komplekslari (manbalar bo‘yicha), ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarining daromadlari, ularning hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlarning soni (faoliyat turlari bo‘yicha), ularning daromadlari, tovar aylanmasi, shuningdek ushbu subyektlar tomonidan to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish va yuritish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari pul mablag‘lari tushumlari va tovar aylanmasi to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga tushadigan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshirish uchun banklar hamda statistika organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun soliq haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalarga rioya qilish masalalari bo‘yicha keng tushuntirish va profilaktika ishlarini olib borish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududlarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi qoida buzishlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotlarni tekshirish;
bozorlar va savdo komplekslarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan (yasama) tovarlarni tayyorlash va sotish hamda kontrabanda tovarlarini sotish holatlarini aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi belgilarini, shuningdek ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash, moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi jinoyatlar va boshqa huquq buzilishlariga barham berish hamda ularning oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida huquq buzilishlarini tekshirishning zamonaviy, tezkor, ilmiy-texnik vositalari va usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi jinoyatlar va huquq buzilishlari sodir etilishi holatlari bo‘yicha tergovgacha bo‘lgan tekshirishlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan, ularda bozorlar va savdo komplekslari faoliyatida soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi belgilari aniqlangan soliq tekshiruvlari materiallarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni olib qo‘yish va sotishni tashkil etish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqqa doir huquq buzilishlari natijasida davlatga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda undirilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida aniqlangan huquq buzilishlari bilan bog‘liq ma’muriy amaliyot bo‘yicha ishlarning holatini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida aniqlangan huquq buzilishlari bo‘yicha ma’lumotlarning elektron bazasini yuritish;
soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini to‘plash, har tomonlama tahlil qilish va baholash hamda huquq buzilishlari sodir etilishiga ko‘maklashadigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun soliq va iqtisodiy sohalardagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tegishli organlarga takliflar kiritish;
Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlari faoliyati masalalari bo‘yicha statistik hisob va hisobotlarni yuritish;
yuridik va jismoniy shaxslarning Bosh boshqarma xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilgan murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
Bosh boshqarma shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
banklar va boshqa kredit-moliya tashkilotlaridan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa tadbirkorlik subyektlarining bank hisob-raqamlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish;
tekshirilayotgan, soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan soliq haqidagi qonun hujjatlarining sodir etilgan buzilishlari to‘g‘risida dalolat beradigan hujjatlarni, shuningdek huquq buzilishlari predmetlarini belgilangan tartibda olib qo‘yish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining kassalari va kassa xonalari, omborlari, arxivlarini zarur hollarda muhrlab qo‘yish;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni xatlovdan o‘tkazishni talab qilish;
tahlillar, tekshirishlar va ekspertizalar o‘tkazish uchun tovarlar, buyumlar, xomashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar namunalarini, shuningdek hujjatlarni olib qo‘yish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari hududlarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquq buzilishlari sodir etilishi holatlari bo‘yicha tergovgacha bo‘lgan tekshiruvlarni o‘tkazish, ular bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘ash va surishtiruv o‘tkazish;
tekshiruvlarda qatnashishga ichki ishlar organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari hamda boshqa vazirliklar va idoralar xodimlarini belgilangan tartibda jalb etish;
Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat soliq xizmati organlari xodimlarini belgilangan tartibda jalb etish;
bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylaridan, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlaridan qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisiga va hay’atiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan materiallarni umumlashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga uning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish;
“Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlariga berilgan, Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa vakolatlarga muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish.
10. Bosh boshqarmaga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularning ishini tashkil etadi;
tekshiruvlarni tashkil etish to‘g‘risida hamda qonun hujjatlariga muvofiq Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlari vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha buyruqlar chiqaradi;
Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlariga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga o‘tkazish va ishdan bo‘shatish, shuningdek Bosh boshqarma xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va mukofotlash, ularga moddiy yordam ko‘rsatish miqdorlari va shakllarini belgilangan tartibda aniqlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq Bosh boshqarma faoliyatiga tegishli boshqa masalalarni hal qiladi.
12. Bosh boshqarma boshlig‘ining bir nafar o‘rinbosari — belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Nazorat boshqarmasi boshlig‘i bo‘ladi.
Bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari — Nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘ziga ishonib topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradi, Bosh boshqarma boshlig‘i bo‘lmaganda uning vazifalarini bajaradi.
13. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Bosh boshqarmaning hududiy bo‘limlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladilar.
15. Bosh boshqarma o‘z ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadigan yillik va joriy ish rejalari asosida olib boradi.
16. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlarining tekshiruvlarni tashkil etish, xodimlarning funksional vazifalarini taqsimlash, ishlarni yuritish tartibi, tekshiruvlarni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha ichki masalalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Bosh boshqarma reglamentida belgilanadi.
17. Bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qisqa muddatli tekshirishlar Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlari boshliqlarining buyruqlari asosida o‘tkaziladi, keyinchalik bu haqda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari qisqa muddatli tekshirish o‘tkazilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida xabardor qilinadi.
Bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ularning hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq bo‘yicha tekshiruvlarning boshqa turlari belgilangan tartibda Bosh boshqarma va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
18. Bosh boshqarma choraklik, yarim yillik, 9 oylik va yillik ish yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy hisobot tuzadi hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatiga taqdim etadi.
19. Bosh boshqarma va uning hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatga haq to‘lash tartibi va shartlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga tenglashtiriladi.
20. Tegishli lavozimni egallab turgan, belgilangan tartibda maxsus unvon berilgan shaxs Bosh boshqarma xodimi hisoblanadi. Maxsus unvonlar ro‘yxati va ularni berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
21. Xizmatga qabul qilishda va Bosh boshqarmada xizmatni o‘tash chog‘ida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi umumiy talablaridan tashqari ichki maxsus xizmat yo‘riqnomalarida nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar ham tatbiq etiladi.
22. Bosh boshqarma xodimlariga tadbirkorlik faoliyatining har qanday turlari bilan shug‘ullanish, boshqa tashkilotlarda o‘rindoshlik bo‘yicha ishlash taqiqlanadi, ilmiy, o‘qituvchilik va ijodiy faoliyat bundan mustasno.
o‘z funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;
o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi;
o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq buzilishlari uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
24. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda):
a) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik ta’minlash jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Ekspert kengashi to‘g‘risidagi Nizomda:
soliq solish hamda davlat soliq xizmati organlari vakolatlari doirasida – valyutani tartibga solish sohasida (keyingi o‘rinlarda soliq solish deb ataladi) yangidan joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlash;
soliq haqidagi hamda davlat soliq xizmati organlari vakolatlari doirasida valyutani tartibga solish haqidagi qonun hujjatlari bo‘yicha (keyingi o‘rinlarda soliq haqidagi qonun hujjatlari deb ataladi) normativ hujjatlarni amalda qo‘llash jarayonida soliq to‘lovchilar bilan soliq organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan o‘ta murakkab va munozarali masalalarni ko‘rib chiqish, ular yuzasidan xolisona qarorlar qabul qilish”;
5-bandning oltinchi xatboshidagi “soliqqa oid nizolarni” so‘zlari “soliq solishga oid nizolarni” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorida:
7-banddagi “Nazorat-taftish bosh boshqarmasi” so‘zlaridan keyin “hamda Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi” so‘zlari qo‘shilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda):
1.3-bandning ikkinchi xatboshidagi “rejim va kadrlar” so‘zlari “rejim va kadrlar bilan ishlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“1.4. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi”;
4.1-bandning o‘ninchi xatboshidagi “soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6.2-banddagi “rejim va kadrlar” so‘zlari “rejim va kadrlar bilan ishlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“6.3. Bosh boshqarma boshlig‘i va boshqarmalar boshliqlari Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar. Bosh boshqarmaning mintaqaviy bo‘linmalari boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga binoan Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar”;
“1.4. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi”;
“6.2. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining boshlig‘i belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
2-bandning ikkinchi xatboshiga “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshqarma va bo‘limlarining” so‘zlaridan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlarining boshliqlari va o‘rinbosarlari” so‘zlari qo‘shilsin;
“4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari bo‘limlari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlari mansabdor shaxslari, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadilar.
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu bandning birinchi — uchinchi xatboshida sanab o‘tilmagan mansabdor shaxslari davlat soliq xizmati tegishli organi rahbari tomonidan tayinlanadilar”;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi va 9-banddagi “va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“29. Davlat soliq xizmati organlarining malaka tavsifnomalari talablariga javob beradigan mansabdor shaxslariga, attestatsiyadan ijobiy o‘tishgan taqdirda, shtatlar ro‘yxati bo‘yicha egallab turgan lavozimini hisobga olgan holda hamda oldingi unvonida xizmat qilish muddati tugagach, tadrijiy tartibda quyidagi navbatdagi maxsus unvonlar beriladi:
Shtatdagi lavozim* | Maxsus unvon |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi | Soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari | Soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari | Soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi |
Bosh boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, ishlar boshqaruvchisi, Soliq akademiyasi prorektorlari, soliq kollejlari direktorlari | Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi |
Soliq akademiyasi fakultetlari dekanlari, soliq kollejlari direktorlarining o‘rinbosarlari, bosh boshqarmadagi boshqarma boshlig‘i, mustaqil bo‘lim boshlig‘i, yuridik bo‘lim boshlig‘i, rais kotibiyati mudiri, raisning iqtisodiyot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, soliq qonunchiligi bo‘yicha bosh ekspert, rais huzuridagi kotibiyat referenti, navbatchi qism boshlig‘i | Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi |
Bosh boshqarma yoki boshqarma bo‘limi boshlig‘i, mustaqil yoki boshqarmadagi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, rais yordamchisi, raisning birinchi o‘rinbosari yordamchisi, Soliq akademiyasi fakulteti dekanining o‘rinbosari, bosh davlat soliq inspektori, bosh surishtiruvchi, tezkor xodim, shu’ba mudirlari, bosh iqtisodchi, bosh mutaxassis | Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi |
Mustaqil bo‘lim �oshlig‘ining o‘rinbosari, yetakchi mutaxassis, fuqaro muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassis, katta davlat soliq inspektori, navbatchi qism navbatchisi, katta surishtiruvchi, yetakchi buxgalter, bosh yurist-konsultant, Soliq akademiyasining kafedra mudirlari, professor va dotsentlari, soliq kollejlarining katta o‘qituvchilari | Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi |
Davlat soliq inspektori, I toifali mutaxassis, I toifali buxgalter, navbatchi qism navbatchisining yordamchisi, Soliq akademiyasi va soliq kollejlarining o‘qituvchilari | Soliq xizmatining I darajali inspektori |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘limlari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari apparati:
Shtatdagi lavozim* | Maxsus unvon |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari | Soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining birinchi o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlari, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining boshqarma boshliqlari, viloyatlar markazlari shaharlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari | Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi |
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarma boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mustaqil bo‘limlari va shu’balari boshliqlari, Toshkent shahridagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari, shaharlar, viloyatlar markazlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, 200 ming kishidan ortiq aholisi bo‘lgan shaharlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining tezkor xodimlari, bosh buxgalterlari, navbatchi qismlari boshliqlari | Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi |
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshqarmalarining bo‘lim va shu’ba boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq bosh inspektorla�i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, davlat soliq inspeksiyalari bo‘limlari boshliqlari, Soliq akademiyasining axborot-resurs markazi direktori, bosh surishtiruvchilar | Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq katta inspektorlari, yetakchi mutaxassislari, davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq bosh inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari mutaxassislari, Soliq akademiyasi ilmiy kengashi kotibi, katta surishtiruvchilar | Soliq xizmatining I darajali inspektori |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining davlat soliq inspektorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq katta inspektorlari, surishtiruvchilar | Soliq xizmatining II darajali inspektori |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq uchastka inspektorlari, yetakchi mutaxassislari | Soliq xizmatining III darajali inspektori |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari davlat soliq inspeksiyalarining davlat soliq inspektorlari, I toifali mutaxassislari | Soliq xizmatining inspektori |
43-banddagi “Soliq kollejiga” va “Soliq kollejida” so‘zlari tegishli ravishda “Soliq akademiyasiga va soliq kollejlariga” hamda “Soliq akademiyasida va soliq kollejlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorining 1, 6 va 10-bandlari hamda qarorga 1, 6, 6a—6v, 7 va 7a-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda qarorga 1-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularning ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2001-yil 1-martdagi 103-son qaroriga ilovaning 15-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 13-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga 7-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 37-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-fevraldagi 74-son qaroriga ilovaning 4-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 11-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-son Qonuni”)” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 25-bandi “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori”)” 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi “a” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).