Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 25-moddasiga muvofiq, shuningdek yongʻin-texnik mahsulotlari sifatini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarining ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-aprel,
77-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-apreldagi 77-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. 24-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 241-pozitsiya qoʻshilsin:
|
241. |
Yongʻin oʻchirish kukunlari (natriy bikarbonati tarkibidagi) |
2836 30 000 0 |
2. 28-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 281-pozitsiya qoʻshilsin:
|
281. |
Boʻyoq va loklar (faqat yongʻindan himoyalovchi) |
3209 90 000 0 |
3. 32-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 321-pozitsiya qoʻshilsin:
|
321. |
Yongʻin oʻchirgichlar uchun tarkiblar va zaryadlar |
3813 00 000 0 |
4. 361-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 362-pozitsiya qoʻshilsin:
|
362. |
Yongʻin oʻchiruvchilarning tabiiy charmdan tayyorlangan qutqaruv belbogʻlari |
4203 30 000 0 |
5. 42-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 421-pozitsiya qoʻshilsin:
|
421. |
Arqonlar (faqat yongʻin oʻchiruvchilarni ehtiyot qilish uchun ishlatiladigan) |
5607 49 190 0 — 5607 90 900 0 |
6. 43-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 431-pozitsiya qoʻshilsin:
| 431. | Yongʻin oʻchirish yengliklari | 5909 00 100 0, 5909 00 900 0 |
7. 44-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 441-pozitsiya qoʻshilsin:
| 441. | Yongʻin oʻchiruvchilar uchun professional kiyim-bosh komplektlari | 6203 22 100 0, 6203 23 100 0 |
8. 46-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 461-pozitsiya qoʻshilsin:
| 461. | Yongʻin oʻchiruvchilarning toʻqimachilik materialidan qutqaruv belbogʻlari | 6307 20 000 0 |
9. 471-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| 471. | Yongʻin oʻchiruvchilarning kaska va shlemlari. Sport uchun moʻljallangan bosh kiyimlari |
6506 10 6506 10 800 0*, 6506 91 000 0* |
10. 51-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 511-pozitsiya qoʻshilsin:
| 511. | Yongʻin oʻchiruvchilar karabinlari | 7326 90 910 0, 7326 90 930 0, 7326 90 980 9 |
11. 52-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi 521-pozitsiya qoʻshilsin:
| 521. | Yongʻin oʻchirish asbob-uskunalari uchun ulagichlar | 7609 00 000 0 |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 132-modda)