Oldingi tahrirga qarang.
(Buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari va chernobilchilar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 24-martdagi 107-B-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari va chernobilchilar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Qoidalar nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar — urush qatnashchilari va chernobilchilar jamiyatining o‘quv-ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish va yo‘l-yo‘riq berish dasturlari;
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga bo‘ysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
11. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
12. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash haqidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar xamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
14. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va vakolatli sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
16. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni tashkilot rahbariyati ishga qo‘ymaslikka haqlidir.
17. Tibbiy ko‘riklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud bo‘lmagan holda davolash-profilaktika tashkiloti tomonidan o‘tkazilishi lozim. Tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
18. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tibbiy ko‘rik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) tomonidan dalolatnomada ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar va ko‘rsatmalarni bajarishi lozim.
19. Davriy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
21. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
22. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
23. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda ro‘yxatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
24. Tashkilotlarda zararli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki ularni bartaraf etish uchun jamoa va yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini me’yorlashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik elektr, uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
27. Tashkilot rahbariyati xodimlarni belgilangan me’yorlarga muvofiq kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlash bo‘yicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini ta’minlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
28. Tashkilotda kasbiga ko‘ra tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
29. Tashkilot mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
30. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori bo‘lgan boshqa ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
34. Tashkilot maydonlari va binolarning joylashuvi SanMvaQ II-89-80 “Sanoat tashkilotlarining bosh plani”ga mos bo‘lishi kerak.
35. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
36. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda yo‘l va yo‘laklarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
37. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
38. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
39. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi kerak.
40. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi lozim.
41. Binolarning tomlarini qishki mavsumda qordan, karnizlarni qotgan muzlardan tozalab turish zarur.
42. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar bo‘lishi shart.
43. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i paytida esa yoritilishi kerak.
44. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
45. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak.
46. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari” talabiga mos kelishi lozim.
47. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
48. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
49. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
50. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
51. Barcha tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
52. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
53. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
54. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabini qoniqtirishi lozim.
55. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
56. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinapoyalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarini enini kamaytirmasligi kerak.
57. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21 °C, o‘rta og‘ir ishda 17 °C, og‘ir ishda 16 °C dan past bo‘lmasligi kerak.
59. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
60. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
61. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda sanitariya-epidemiologiya xizmatlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
65. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sun’iy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish”ga mos kelishi kerak.
66. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi kamida chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
68. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
69. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
70. Ishlov beriluvchi materiallar va yarim tayyor mahsulotlar hajm o‘lchamlari ishlovni bajaruvchi uskuna pasporti ko‘rsatkichlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
71. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalar qurilma va uskunalari, ularning qurilishi sanitariya va yong‘inga qarshi me’yorlar va qoidalar hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan texnologik loyiha me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
72. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
73. Ombor va yuk saqlash uchun maydonchalarda barcha yuklash, tushirish va og‘ir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan bo‘lishi lozim.
74. Yuk saqlash uchun maydonchalar sathi tekis bo‘lib, chuqurchalarsiz va 5ºS dan oshmaydigan nishabi bo‘lishi kerak. Yuk saqlash uchun maydonchalar qoplamasi unga keluvchi yo‘llar qoplamasiga teng bo‘lishi lozim. Yilning qish oylarida yuk saqlash uchun maydonchalar doimo qor va muzdan tozalanib, qum, kul yoki shlak sepilishi kerak.
75. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
76. Yashik va qoplardagi yuklar omborda ag‘namaydigan qilib ustma-ust taxlangan bo‘lishi lozim. Qo‘lda ortilganda ustma-ust taxlanish balandligi 3 m dan oshmasligi, yuk ko‘tarish mexanizmi yordamida tahlanganda — 6 m dan oshmasligi lozim. Yirtilgan va nosoz idishdagi yukni ustma-ust taxlash taqiqlanadi.
77. Omborda ustma-ust taxlangan yoki yuk idishlari stelajlar oralig‘idagi yo‘lakning eni 1,5 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Omborda transport vositalari ishlatilganda, yo‘lakka qo‘shimcha qo‘llaniladigan transport vositalari o‘lchamlari kengligidagi yo‘l bo‘lishi lozim.
78. Bo‘shagan idish va boshqa o‘rovchi materiallar doimo ombordan shu maqsadlar uchun ajratilgan joyga chiqarilishi lozim.
79. Har bir ombor uchun materiallarni saqlash va ishlarni xavfsiz olib borishi bo‘yicha yo‘riqnoma tashkilot rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
80. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari hamda Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
81. Elektrotexnik qurilmalar bilan ishlaydigan barcha xodimlardan mazkur Qoidalarni mukammal bilishlari va ularga qat’iy rioya etishlari talab etilishi kerak.
82. Ushbu Qoidalarga asosan har bir tashkilotda elektr xavfsizligi bo‘yicha IV-V guruhga ega bo‘lgan muhandis-texnik xodimlardan alohida buyruq bilan elektr xo‘jalik bo‘yicha mas’ul shaxs tayinlanishi lozim. U tashkilotda elektr xo‘jaligining umumiy holati bo‘yicha javobgar bo‘lib hisoblanadi.
83. Tashkilotda bosh energetik lavozimi bo‘lgan taqdirda, elektr xo‘jalik bo‘yicha javobgarlik uning zimmasiga yuklatiladi.
84. Elektr xo‘jalik bo‘yicha javobgar shaxs bo‘lmagan tashkilotlarda elektr uskunalaridan foydalanish man etiladi.
85. Shtatlar jadvalida elektrik lavozimi mavjud bo‘lmagan tashkilotlarda elektr jihozlaridan foydalanish ixtisoslashgan tashkilotlarga shartnoma asosida topshirish yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi elektrikni o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejaviy ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlar belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etishni;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini.
87. Elektrotexnik xodimlarning bilimlari har yili 1-marta davriy ravishda sinovdan o‘tkazib turiladi.
88. Tashkilot elektriklari elektr kuchlanish ostida bo‘lgan uskuna, jihoz va kabellar bilan ishlaganda elektr tokidan jarohat olishdan muhofaza qiluvchi asosiy (izolatsiya qiluvchi shtangalar, izolatsiya qiluvchi dastali qisqichlar, dielektrik qo‘lqop va etiklar, dielektrik g‘ilofli asbob-uskunalar) va qo‘shimcha saqlagichlar (izolatsiya qiluvchi tagliklar, rezina gilamchalar) hamda himoya vositalari bilan ta’minlanishlari shart.
89. Tashkilot elektr xo‘jaligida yuqori elektr kuchlanish ostida bo‘lgan qurilmalar, kabellar bilan ishlashda saqlagichlarsiz ishlash qat’iyan man etiladi.
90. Elektr kuchlanish ta’sirida bo‘lgan elektrotexnika qurilmalarining izolatsiya qilinmagan qismlariga xodimlarning tasodifan tegib ketishi holatlarining oldini olish maqsadida qurilmalarni to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yish talab qilinadi.
91. Uskunalar elektr tarmog‘ida izolatsiyaning buzilishi oqibatida elektr tokining uskuna metall qobig‘iga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan elektrdan shikastlanishlarning oldini olish uchun elektr qurilmalar erlangan yoki nollangan bo‘lishi shart.
93. Ishlab chiqarish jarayonlari yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yong‘in xavfsizligi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq ta’minlanishi lozim.
94. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi.
95. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi lozim.
96. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xomashyo va tayyor mahsulot omborxonalari va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
97. Ventilatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
98. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud me’yorlar asosida, hududiy yong‘in xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va ko‘rinadigan joyga osib qo‘yilishi lozim.
99. Tashkilotlarda barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yong‘in xavfsizligiga javobgar shaxs tashkilot rahbariyatining buyrug‘iga asosan tayinlanishi lozim.
100. Tashkilotlarda yong‘in xavfsizligi idoralari tomonidan belgilangan me’yorlarda yong‘inga qarshi kurashish uchun o‘t o‘chirish vositalari bo‘lishi lozim.
101. Xodimlar bilan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi va ularga tegishli yo‘l-yo‘riqlar berilishi lozim.
102. Bino va yong‘in suv manbai yo‘laklari, hamda yong‘in vositalari va uskunalariga boradigan yo‘laklar doimo bo‘sh bo‘lishi kerak. Binolar oralig‘idagi yong‘inga qarshi masofa uzilmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlarni taxlash va transport vositasi to‘xtov joyi uchun ishlatishga ruxsat etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(V bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
104. Bino va xonalarga kirish yo‘llaridagi yo‘llar bo‘sag‘alarsiz tashkil etilishi kerak, bo‘sag‘alar bo‘lishi kerak bo‘lgan ayrim hollarda esa, ularning balandligi 0,025 m dan baland bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
105. Nogironligi bo‘lgan xodimlar yordamchi moslamalar (yog‘och tayoqlar, qo‘ltiq tayoq) bilan harakat qiluvchi zonalar kengligi 0,7 m dan (tayoqlar uchun) va 1 m gacha (qo‘ltiq tayoqlar uchun) olinishi, ikki tomonlama harakatlanishlarda esa kenglik ikki marotaba ortishi kerak.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
106. Binolar ichida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachalarda o‘tirib ishlarni bajaruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun dahliz (koridor) lar kengligi 1,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
107. Darvozalar qo‘shimcha ravishda poldan 0,8 m yuqorida gorizontal tarzda joylashtirilgan uzunligi 0,2-0,3 m li tutqichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
108. Oynali eshiklarni qo‘llashda, kirish eshigi oldidagi devorda poldan 1,5 m balandlikda, kengligi 0,15 m li gorizontal chiziq tortilgan bo‘lishi ko‘zda tutilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
109. Tayanch-harakat funksiyasi buzilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zinalar tekis va sirpanchiq bo‘lmagan yuzali etib tayyorlangan bo‘lishi kerak. Zinalarning yon tomonlari 0,025 m li radius ostida yumaloqlangan, devorlarga yopishib turmagan zinalar balandligi 0,05 m li va ichki tomonidan 0,3 m li bo‘rtiqlari bo‘lishi kerak. Zinalarning yuqori qismlarining kengligi 0,4 m dan kam bo‘lmagan holatda qabul qilinishi kerak.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
110. Barcha zinalarining ikki tomoni uzilmagan tutqichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Tutqichlar poldan 0,9 m balandlikda devorlarga katta bosimlarga chidamliligini ta’minlashlik maqsadida, ishonchli holatda qotirilgan bo‘lishi kerak. Tutqichlarning uchi devor tomonga qaytarilgan (devor ichiga kiritilgan) holatda bo‘lib, yuqorigi va pastki zinalardan kamida 0,3 m chiqib turishi kerak. Tutqichlar qo‘llar bilan ushlash uchun qulay bo‘lgan aylana sektori kesimida 0,04 m diametrga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
111. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachada binolarning ikki va undan yuqori qavatlariga ko‘tarilish uchun kabina hajmlari (gabaritlari) 1,5 x 1,5 m li, eshik oralari kengligi 0,85 m li liftlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
112. Lift kabinasida perimetri bo‘yicha poldan 0,8-0,9 m balandlikda tutqichlar bo‘lishi kerak. Liftlar kabina ichida turib avtonom tarzda va binodagi qavatlarda turib boshqariladigan boshqaruv panel tizimiga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
114. Bino va inshootlardagi nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirishi bilan bog‘liq bo‘lgan joylardagi elektr vklyuchatel va turli xildagi apparatlarning tutqichlari, richaglar, kranlar, tugmalar va boshqalar pol yuzasidan 1 m balandlikda va binodagi yon devordan 0,4 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
(114-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
115. Evakuatsiya chiqish yo‘llari, zinalar va liftlar joylashgan joylarda ularni ifodalovchi rangli va tovushli belgilari bo‘lishi kerak.
116. Evakuatsiya, koridorlar, bino fayelaridagi yo‘llar qoplamalari yong‘inga chidamli bo‘lgan materiallardan tayyorlanishi kerak. Piyodalar yurish yo‘lakchalari, bino va inshootlar polidagi qoplamalar, mustahkam va sirpanishni istisno etadigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
117. Jamoat hojatxonalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ajratilgan kengligi 1,65 m dan va kabina balandligi 1,8 m dan kam bo‘lmagan kabina bo‘lishi kerak. Kabina ichidagi unitazning bir tomonida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachani qo‘yish uchun ochiq maydoncha ko‘zda tutilishi kerak.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
118. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan sanitariya-gigiyena kabinalari va binolardagi eshiklar tashqariga qarab ochilishi kerak.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
119. Hojatxonalardagi pissuarlardan biri pol yuzasidan 0,4 m balandlikda joylashtirilib, tik tayanchli tutqichlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
120. Jamoat hojatxonalaridagi yuvinish xonalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kamida bitta, pol yuzasidan 0,8 m balandlikda, yon devordan 0,2 m masofada joylashgan rakovina bo‘lishi ko‘zda tutilishi kerak. Qo‘llarni quritish uchun mo‘ljallangan elektr qurilmaning pastki tomoni pol yuzasidan 0,9 m balandlikda joylashtirilishi kerak.
(120-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121. Umumiy dushli yuvinish xonalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan o‘rindiqli aravachadagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kamida bitta kabina bo‘lishi kerak. Kabina o‘lchamlari 0,9 — 1,2 m dam kam bo‘lmasligi kerak.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 22-2022/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2100-1, 13.09.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2022-y., 10/22/2100-1/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
122. Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(122-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
123. Ishlarni bajarish bilan bog‘liq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(123-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
124. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi va O‘zbekiston Nogironlar jamiyati bilan kelishilgan.