Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.2012 13.04.2010 yildagi 69-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.2012
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOJXONA TOʻLOVLARIDAN OZOD QILISh BOʻYIChA IMTIYOZLARNING AMAL QILIShI TATBIQ ETILADIGAN (BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI YIGʻIMLARI BUNDAN MUSTASNO) NOOZIQ-OVQAT ISTEʼMOL TOVARLARI IShLAB ChIQARIShGA IXTISOSLAShTIRILGAN KORXONALAR TOMONIDAN RESPUBLIKADA IShLAB ChIQARILMAYDIGAN IMPORT QILINADIGAN BUTLOVChI BUYuMLAR, XOM AShYo VA MATERIALLAR ROʻYXATIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-oktabrdagi 300-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050 son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda tikuvchilik va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, ularning turlarini kengaytirish, shuningdek raqobatdoshligini oshirish va ular bilan ichki isteʼmol bozorlarini yanada toʻliq toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2009 — 2011-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-avgustdagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona toʻlovlaridan ozod qilish boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi tatbiq etiladigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar roʻyxatiga ilovaga muvofiq* qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Roʻyxatga muvofiq olib kiriladigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini qoʻllagan holda, boʻshab qoladigan mablagʻlar toʻliq miqdorda davlat budjetiga undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 13-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 110-modda)