Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009 28.08.2002 yildagi PF-3122-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2009
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LIZING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRIShNI YaNADA RAGʻBATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlarini, xususan kichik biznesni zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlashda, shuningdek mamlakatimizning ishlab chiqaruvchilari tomonidan tayyorlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikani sotishda lizing faoliyati rolini oshirish maqsadida:
(Farmonning kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2002-yilning 1-sentabridan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing toʻlovlari — qoʻshilgan qiymat soligʻidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizingga berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq olib kelinadigan texnologik uskunalar, shuningdek texnologik uskunalar yetkazib berish kontrakti shartlarida butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar yetkazib berish nazarda tutilgan taqdirda, bojxona toʻlovi va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 23-son, 232-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-sentabridan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing oladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar lizingga berilgan mulkka soliq toʻlashdan lizing shartnomasi amal qiladigan muddatgacha ozod qilinadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing beruvchini soliqqa tortish chogʻida u lizingga berish uchun mulk xarid qilishga olgan kreditlar foizi hamda belgilangan boshqa toʻlovlarning summasi uning jami daromadidan chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birga amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda agar lizing oluvchi lizing shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda lizing beruvchining lizing oluvchidan lizing obyektini olib qoʻyish tartibiga oid takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi bir hafta muddatda tegishli normativ hujjatlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 28-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3122-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 8-son, 145-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda)