Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 29.07.1998 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998 - 2000-YILLAR DAVRIDA NAMANGAN VILOYATIDA BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh VA VILOYATNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI DASTURI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor islohotlarini amalga oshirish va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish asosida Namangan viloyatining tabiiy va iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, aholini ish bilan oqilona taʼminlash va moddiy farovonligini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1998 — 2000-yillar davrida Namangan viloyatida bozor islohotlarini chuqurlashtirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, kompaniyalar, banklar va Namangan viloyati hokimligi bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan Dastur amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Namangan viloyati, tumanlar va shaharlar hokimliklari Dastur qoidalari belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, bunda quyidagi vazifalar hal etilishiga alohida eʼtiborni qaratsinlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkiy paylar va oila (jamoa) pudratini joriy etish asosida jamoa xoʻjaliklarini qishloq xoʻjaligi shirkat xoʻjaliklariga aylantirishga qaratilgan qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, qishloq xoʻjaligi mehnatida band boʻlgan ortiqcha mehnat resurslarini boʻshatish, fermer va dehqon xoʻjaliklarini keng rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, iqtisodiy nochor va zarar koʻrib ishlovchi istiqbolsiz xoʻjaliklarni tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga yaroqli aholini, eng avvalo yoshlarni va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy qayta tuzish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ish bilan toʻliq taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik va oʻrta biznesni, xususiy tadbirkorlikni, eng avvalo ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatish sohasida yanada rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy infratuzilmani, birinchi navbatda qishloq joylarda, jadal rivojlantirish, yoshlar oʻrtasida taʼlim, madaniy-tarbiyaviy va sport-ommaviy ishlar tashkil etilishini yaxshilash hisobiga aholiga ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Namangan viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda shu yil 1-noyabrgacha viloyatning past rentabelli va zarar koʻrib ishlovchi qishloq xoʻjaligi korxonalarining moliyaviy ahvolini oʻrganib chiqsinlar hamda ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish yoki tugatish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi bilan birgalikda tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari negizida, shuningdek yangidan oʻzlashtirilayotgan va qoʻshimcha ajratilayotgan yerlar hisobiga yangi fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini va jadvalini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi bilan birgalikda 1998-yil oxirigacha qishloq xoʻjaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish yakunlarini va yangi yerlar oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda yangidan tashkil etilayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun ajratilayotgan yer resurslarini xatlovdan oʻtkazsinlar, ushbu xoʻjaliklarning geodeziya koordinatlarini belgilasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Namangan viloyatining Pop tumanida yangi yerlar oʻzlashtirilishini va ularni sugʻorishni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda, barcha ishlarni 2005-yilda tugallashni nazarda tutgan holda, kanal, nasos stansiyalari, tashqi elektr taʼminoti obyektlari qurilishini bosqichma-bosqich olib borish hamda ushbu tumanda yangi yerlar oʻzlashtirish uchun mablagʻlarni maqsadli ajratish toʻgʻrisida ikki oy muddatda takliflar kiritsinlar, ular keyinchalik investitsiya dasturiga kiritilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Pop tumanida yangi yerlarni oʻzlashtirish boʻyicha loyihaning amalga oshirilishiga xorijiy investorlarni, chet el kreditlarini va loyihani mablagʻ bilan taʼminlashning boshqa qoʻshimcha manbalarini jalb qilish masalalarini ishlab chiqsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Energetika va elektrlashtirish vazirligi pudratchi sifatida nasos stansiyalari uchun elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar oʻz vaqtida qurilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda Pop tumanidagi yangidan oʻzlashtirilayotgan yerlarda asosan hokimlik, aholi mablagʻlari va kreditlar hisobiga uy-joy, ijtimoiy, madaniy va maishiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar, kommunikatsiyalar qurilishining maxsus dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda 1999-yildan boshlab Namangan shahri tozalash inshootlari qurilishiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari maqsadli ajratilishini nazarda tutsin, ular 2000-yilda ishga tushirilishi taʼminlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, “Biznes-fond” hamda Fermer va dehqon xoʻjaliklari uyushmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyatida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun 2-ilovaga* muvofiq kredit resurslari, shu jumladan, mikrokreditlar oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tugatilayotgan va qayta ixtisoslashtirilayotgan ishlab chiqarishlardan, qishloq xoʻjaligi korxonalaridan boʻshatilayotgan xodimlarni qayta oʻqitish va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini doimiy ravishda amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzavtoyoʻl” konserni, “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va Namangan viloyati hokimligi Toshkent — Oʻsh avtoyoʻlining Namangan viloyati hududidagi qismida infratuzilmaga doir obodonlashtirish boʻyicha moʻljallangan chora-tadbirlari Dasturi oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov va Namangan viloyati hokimi T. A. Jabborov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namangan viloyati hokimligi har bir yilning yarim yilligi yakunlari boʻyicha Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 29-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
319-son