OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
Emitentlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 24-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2081]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 22-yanvardagi 2014-02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2081-1, 28.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 62-modda)
1. Emitentlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-dekabr,
2009-51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 24-dekabrdagi 2009-51-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Emitentlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etishni tashkil etish toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) Qonuniga muvofiq emitentlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari tijorat banklari va sugʻurtalovchilarga tatbiq qilinmaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
Oldingi tahrirga qarang.
maxfiy axborot — foydalanilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyiladigan hujjatlashtirilgan axborot;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
emitent — emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qogʻozlarning egalari oldida majburiyatlari boʻlgan yuridik shaxs.
2. Emitentlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etish maxfiy axborotning chiqib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzilishi, cheklov oʻrnatilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishini oldini olish, shuningdek maxfiy axborotni yoʻq qilish, cheklov oʻrnatish, nusxalash, buzishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda emitentning axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish maqsadlarida amalga oshiriladi.
3. Maxfiy axborotni muhofaza etish ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish emitent ijroiya organining rahbari tomonidan tayinlangan masʼul xodim zimmasiga yuklanadi.
4. Maxfiy axborotni muhofaza etishni tashkil etish:
emitentning axborot xavfsizligi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (keyingi oʻrinlarda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) ishlab chiqish va unga rioya etish;
maxfiy axborotni muhofaza etish boʻyicha texnik vositalar va dasturiy mahsulotlardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralarni koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5. Yoʻriqnoma masʼul xodim tomonidan ishlab chiqiladi va emitent ijroiya organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
6. Yoʻriqnomada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
emitentning tarkibiy tuzilmalarida maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlashga doir talablar;
maxfiy axborotga ishlov beruvchi texnik vositalar joylashtirilgan xonalarga doir talablar;
maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarning lozim darajada saqlanishi taʼminlanadigan saqlash xonalariga doir talablar;
dasturiy taʼminotga doir talablar;
texnik taʼminotga doir talablar;
maxfiy axborotni muhofaza etish boʻyicha nazoratga doir talablar
maxfiy axborotlar roʻyxati;
emitent xodimlarining (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) javobgarligi.
Yoʻriqnomada maxfiy axborotni muhofaza etishni tartibga soluvchi boshqa qoidalar ham aks ettirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Emitent qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
II. Maxfiy axborotni hisobga olish, saqlash va muhofaza etishni tashkil etish
8. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarni hisobga olish qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishdagi tegishli jurnallarda yuritiladi.
9. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlar mustahkam qulfga ega boʻlishi va ishdan tashqari vaqtda muhrlanishi (tamgʻalanishi) lozim boʻlgan metall shkaflar va (yoki) seyflarda saqlanishi lozim.
10. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarni, ushbu turdagi hujjatlarning saqlanishi uchun moʻljallanmagan boshqa joylarda saqlash taqiqlanadi.
11. Maxfiy axborotni aks ettirgan arxiv hujjatlarini xodimlarga berish faqat emitent ijroiya organi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlangan, maxfiy axborotni aks ettirgan arxiv hujjatlaridan foydalanish ruxsatnomasiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati asosida amalga oshiriladi.
12. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlar bilan ishlash faqat xizmat xonalarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjat pochta orqali joʻnatish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
14. Maxfiy axborotni aks ettirgan arxiv hujjatlari bilan tanishib chiqish fakti mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha maxfiy axborotni aks ettirgan, berilgan arxiv hujjatlarini (yigʻmajildlarini) hisobga olish kartochkasi va maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarni hisobga olish jurnalida rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatni koʻpaytirish, nusxalash, nusxa koʻpaytirish yoki mazmunini oshkor qilish faqat qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda emitent ijroiya organi rahbarining yozma ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16. Yoʻq qilishga ajratilgan maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlar qogʻoz chiqindilari sifatida qayta ishlashga topshirilishidan oldin matnni oʻqib chiqish imkoniyatini istisno etadigan darajada maydalanishi yoki maxsus ajratilgan joyda yoqib yuborilishi lozim.
17. Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlar yoʻq qilinganidan keyin hisobga olish jurnaliga tegishli belgi qoʻyiladi.
18. Emitent axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (keyingi oʻrinlarda AKT deb yuritiladi) foydalanishda maxfiy axborotni chiqib ketishidan va ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza etishni taʼminlash uchun zarur choralarni koʻrishi lozim.
19. Maxfiy axborotga ishlov beruvchi AKT va maʼlumotlar bazasi joylashtirilgan xonalarga kirishga faqat tegishli kirish ruxsatnomasiga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan xonalarga boshqa shaxslarning kirishi faqat emitent ijroiya organi rahbarining yozma ruxsati asosida amalga oshiriladi.
20. AKTdan foydalanuvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar:
AKTdan foydalanishda maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash boʻyicha belgilangan talablarni bajarishlari;
maxfiy axborotdan foydalanishni cheklashning belgilangan tartibiga rioya etishlari;
maxfiy axborotdan ruxsatsiz foydalanishga urinishlar, axborotning chiqib ketishi yoki buzilishiga doir barcha faktlar toʻgʻrisida zudlik bilan oʻzining bevosita boshligʻi yoki emitent ijroiya organining rahbarini xabardor qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
AKTdan foydalanuvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi shaxslar zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
21. AKTni umumiy foydalanishdagi tizimlarga ulash faqat ishlab chiqarish zarurati mavjud boʻlganda va faqat axborotni muhofaza etish vositalari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Emitentning AKTlari qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi va axborotni muhofaza etishni taʼminlashi lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
23. Maxfiy axborotga ishlov beruvchi AKT ishdan chiqqan yoki hisobdan chiqarilganda undagi mavjud axborotlarni uni tiklashga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻliq yoʻq qilish boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
III. Xodimlarga maxfiy axborotdan foydalanishga ruxsat etish
24. Xodimga maxfiy axborotdan foydalanishga ruxsatnoma quyidagi shartlarga rioya etilganda emitent ijroiya organining rahbari tomonidan taqdim etiladi:
xodim tomonidan maxfiy axborotni tashkil etuvchi maʼlumotlarni saqlash va oshkor qilmaslik toʻgʻrisidagi yozma majburiyatni rasmiylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
xodimni maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablari bilan tanishtirish.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
25. Xodimlar maxfiy axborotni tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsatnomani faqat oʻzining lavozim majburiyatlari doirasida va ularni bajarish uchun ularga haqiqatdan zarur boʻlgan hajmda olishlari mumkin.
26. Emitent ijroiya organining rahbari xodimlarga maxfiy axborotni tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi uchun shaxsan javobgar boʻladi.
27. Quyidagi shaxslar emitentning maxfiy axborotidan foydalanish imkoniyatiga egadirlar:
emitent ijroiya organining rahbari;
oʻz lavozim majburiyatlariga muvofiq maxfiy axborotdan foydalanishga ruxsatnoma olgan xodimlar;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa shaxslar, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
28. Emitent ijroiya organining rahbari:
har bir xodimning mehnat shartnomasi va xizmat vazifalarida maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash toʻgʻrisidagi majburiyatlarni nazarda tutishi;
maxfiy axborotning chiqib ketishi, oshkor qilinishi, yoʻqotilishi yoki oʻgʻirlanishiga doir choralar koʻrishi;
ishdan boʻshatilishi lozim boʻlgan xodimni maxfiy axborotdan foydalanish imkoniyatidan oʻz vaqtida mahrum qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional ishtirokchining rahbari zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
29. Xodimlar:
maxfiy axborotga kiritilgan maʼlumotlarni qatʼiy sir saqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarini bajarishi;
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
faqat foydalanish imkoniyatini olgan maxfiy axborotni aks ettirgan maʼlumotlar va hujjatlar bilan ishlashi;
maxfiy axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
begona shaxslarning xodimlardan maxfiy axborotni olishga boʻlgan urinishlari toʻgʻrisida, qogʻoz va elektron shakldagi maxfiy axborotning, maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlar saqlanayotgan xonalar, saqlash xonalari, seyflar kalitlarining yoʻqotilganligi yoki yetishmasligi toʻgʻrisida hamda maxfiy axborotning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa faktlar toʻgʻrisida, shuningdek maxfiy axborotning chiqib ketish sabablari va sharoitlari toʻgʻrisida oʻzining bevosita boshligʻi yoki emitent ijroiya organining rahbariga darhol xabar berishi;
ishdan boʻshatilgan taqdirda oʻz xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan uning ixtiyorida boʻlgan barcha qogʻoz va elektron shakldagi maxfiy axborotlarni oʻzining bevosita boshligʻi yoki emitent ijroiya organining rahbariga topshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlar zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
30. Emitent ijroiya organining rahbari ular tomonidan oʻz lavozim majburiyatlarini bajarishda maxfiy axborot bilan tanishish talab qilinmaydigan xodimlarni ushbu imkoniyatdan istisno etish boʻyicha zarur choralar koʻrishi lozim.
IV. Maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash ustidan nazorat
31. Masʼul xodim xodimlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash ustidan nazoratni muntazam ravishda amalga oshiradi.
32. Masʼul xodim:
Oldingi tahrirga qarang.
axborotni muhofaza etishni taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari (keyingi oʻrinlarda qoida buzilishi deb yuritiladi) toʻgʻrisida emitentning ijroiya organi rahbariga darhol xabar berishi;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
qoida buzilishning sodir boʻlishi sabablarini aniqlashi;
aniqlangan qoida buzilishlarining bartaraf etilishini nazorat qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul xodim zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
33. Maxfiy axborotni muhofaza etishni taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshirishda masʼul xodim:
maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarning hisobga olish maʼlumotlari rasmiylashtirilishining toʻgʻriligiga;
maxfiy axborotni aks ettirgan, xodimlar tomonidan olingan va tayyorlangan barcha hujjatlarning mavjudligiga;
yetishmayotgan (yoʻq qilingan, yoʻqotilgan, yaroqsizlangan va hokazo) maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarga doir tegishli hujjatlarning mavjudligiga;
ish joylarida maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarni saqlash va u bilan ishlash tartibi, shuningdek boshqa masalalarga eʼtibor qaratishi lozim.
34. Xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishi aniqlanganda masʼul xodim aniqlangan qoida buzilishi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
V. Yakuniy qoidalar
35. Mazkur Nizom talablariga rioya etish ustidan nazoratni emitent ijroiya organining rahbari amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
37. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
“Oʻzarxiv” agentligi Bosh direktori A. ABDULLAYEV
2009-yil 22-dekabr
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUHITDINOV
2009-yil 22-dekabr
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
2009-yil 22-dekabr
Emitentlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
Maxfiy axborotni aks ettirgan, berilgan arxiv hujjatlarini (yigʻmajildlarini) | |||||
|
HISOBGA OLISH KARTOCHKASI | |||||
|
_____________________________________________ | |||||
|
(hujjat (yigʻmajild) nomi) | |||||
|
T/r |
Hujjat (yigʻmajild) raqami, hujjat sanasi (yigʻmajildning oxirgi sanasi) va varaqlar soni | Hujjat (yigʻmajild)ni olgan emitent xodimining F.I.O., lavozimi yoki hujjat (yigʻmajild)ni olgan shaxsning F.I.O., lavozimi va vakolatli davlat organining nomi (vakolatli davlat organining vakili uchun) | Tilxat | Izoh | |
| qabul qilib olganligi haqida va sana | qaytarganligi haqida va sana | ||||
|
1. |
| | | | |
|
2. |
| | | | |
|
3. |
| | | | |
Emitentlar tomonidan maxfiy axborotni muhofaza etishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Maxfiy axborotni aks ettirgan hujjatlarni
HISOBGA OLISH JURNALI
| T/r | Hujjatning emitentdagi sanasi va indeksi | Hujjatning kelib tushgan sanasi va indeksi | Hujjat qayerdan kelib tushdi | Hujjatning turi va qisqacha mazmuni | Varaqlar soni va ilovalar | Qayerga va kimga ijro etishlik uchun yuborilgan | Qabul qilib olganligi haqida tilxat va sana | Qaytarish haqida tilxat va sana | Hujjat tikilgan yigʻmajild indeksi (raqami) | Yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma sanasi va raqami |
|
1. |
| | | | | | | | | |
|
2. |
| | | | | | | | | |
|
3. |
| | | | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 8-son, 65-modda; 2014-y., 5-son, 62-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)