Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.01.1997 yildagi 46-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KREDITGA QOBILIYATLILIKNING MUSTAQIL REYTINGINI OLIShIGA DOIR TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonning xalqaro obroʻ-eʼtiborini oshirish va barcha jahon moliya tashkilotlari hamda chet el investorlariga mamlakatning moliyaviy barqarorligi toʻgʻrisida eʼtiborli axborot taqdim etish, Oʻzbekistonga investitsiyalarni jalb qilish va investorlarning keng doirasi bilan uzoq muddatli aloqalar oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil xalqaro reyting agentliklarida kreditga qobiliyatlilikning mustaqil reytingini olishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat mulki qoʻmitasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining moliyaviy maslahatchi sifatida xizmatlar koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kreditga qobiliyatlilikning mustaqil reytingining olinishi masalasida koʻmaklashish uchun yetakchi xorijiy banklar Dji Pi Morgan va Cheyz Manxetten tarkibidan sindikat tanlash taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilikning mamlakat reytingini olishini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditga qobiliyatlilikning xalqaro reytingini olishiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilik mamlakat reytingini va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kreditga qobiliyatlilik reytingini olishiga doir xarajatlar tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 23-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-yanvardagi 46-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining kreditga qobiliyatlilikning mamlakat reytingini olishini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hamidov B. S. —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, ishchi guruh raisi
Azimov R.S.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvining raisi, ishchi guruh raisining oʻrinbosari
Abduqodirov A. M —‎‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh raisining oʻrinbosari
Guskova T.N.‎ —‎‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
Muhidov A. A. —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshligʻi
Qoʻchqorov D. A. —‎‎ Markaziy bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari
Xalilov B.‎ —‎‎ “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Rasulov A. X. —‎‎ Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining oʻrinbosari, ishchi guruh masʼul kotibi