11.09.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitim

Soliq sohasida hamkorlik qilish va axborot almashish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga, shuningdek 1996-yil 27-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad (foyda)ga va mulkka soliqlar toʻlashdan boʻyin tovlashlarning oldini olish toʻgʻrisidagi Bitim qoidalariga amal qilgan holda,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bilan bogʻliq vazifalarni samarali hal etishda oʻzaro manfaatdorlikdan kelib chiqib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu maqsadlarda barcha huquqiy va boshqa imkoniyatlardan foydalanishga alohida ahamiyat berib,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim maqsadlari uchun foydalaniladigan atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq qonunchiligi — Tomonlarning hududlarida soliqlar va yigʻimlar turlarini, ularni undirish tartibini belgilovchi hamda soliqqa oid huquq va majburiyatlarning paydo boʻlishi, oʻzgarishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq qonunchiligini buzish — soliq toʻlovchilar tomonidan soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarni bajarmaslikda yoki lozim darajada bajarmaslikda namoyon boʻladigan va buning uchun Tomonlarning milliy qonunchiligida javobgarlik belgilangan gʻayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yordam toʻgʻrisida soʻrov — soliq qonunchiligiga rioya qilish va bu sohadagi huquqbuzarliklar boʻyicha masalalarda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrov.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Bitim predmeti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralarni tashkil etish va soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish, shuningdek Tomonlar vakolatli idoralarining tasarrufiga berilgan soliq sohasidagi axborotlarni almashish maqsadida hamkorlik qilishi mazkur Bitimning predmeti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralari mazkur Bitim doirasidagi hamkorlikni Tomonlarning milliy qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga amal qilgan holda amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Vakolatli idoralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Bitim maqsadlari uchun quyidagilar Tomonlarning vakolatli idoralari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ozarbayjon tomonidan — Ozarbayjon Respublikasi Soliqlar boʻyicha vazirligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tomonlar vakolatli idoralarining rasmiy nomi oʻzgargan yoki ular qayta tashkil etilgan taqdirda, Tomonlar bu toʻgʻrisida bir-birlarini darhol yozma ravishda xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Hamkorlik shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim doirasida Tomonlarning vakolatli idoralari hamkorlikning quyidagi shakllaridan foydalanadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish masalalarida oʻzaro hamkorlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Tomonlar davlatlari hududida jismoniy va yuridik shaxslarga soliq solish bilan bogʻliq hujjatlarning tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) milliy soliq tizimlari, soliq qonunchiligidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha uslubiy tavsiyanomalarni almashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) hamkorlik jarayonida faoliyatni muvofiqlashtirishni amalga oshirish va paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur yordam koʻrsatish, axborot tizimlarini yaratish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun tajriba almashish, soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish, kadrlarni oʻqitish muammolari va birgalikdagi saʼy-harakatlarni talab qiluvchi boshqa masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim qoidalari Tomonlar oʻrtasida tuzilgan boshqa bitimlarga muvofiq vakolatli soliq idoralarining hamkorligiga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralari mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan bir-birlari bilan bevosita hamkorlik qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Soliq sohasida axborot almashish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Soliq sohasida axborot almashish quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishni nazarda tutadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) soliq qonunchiligini buzuvchilar tomonidan qoʻllaniladigan usullar koʻrsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishdan yashirishlari toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat va tijorat banklarida hisob raqamlar ochilganligi, shuningdek bu hisob raqamlar orqali mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) daromadlar va soliq solinadigan mablagʻlar miqdori haqida soliq qonunchiligini buzgan yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar summalari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan maʼlumot bir tomonning vakolatli idoralariga ikkinchi tomonning vakolatli idorasining soʻroviga asosan, maʼlumotni taqdim etish soʻralayotgan Tomon davlatining qonunchiligi va manfaatlariga zid boʻlmasligi sharti bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Agar Tomonlardan birining vakolatli idorasi oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotni boshqa Tomonning vakolatli idorasi uchun manfaatli deb bilsa, u ushbu maʼlumotni oʻz tashabbusi bilan taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Tadbirlar oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar vakolatli idoralarining soliq huquqbuzarliklarini aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha bunday huquqbuzarliklarni sodir qilgan yoki ularni sodir qilishda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan oʻtkaziladigan tadbirlar oʻzaro hamkorlikni birgalikda rejalashtirishni, kuch va vositalardan foydalanishni, bu tadbirlarning borishi va ularning natijalari toʻgʻrisidagi axborot almashishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birgalikdagi tadbirlarni oʻtkazishda oʻz xodimlarining boshqa tomon hududidagi faoliyatini taʼminlash boʻyicha xarajatlarni, agar Tomonlar boshqa holatni kelishib olmagan boʻlsalar, yuboruvchi Tomon qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Hujjatlarni taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralari hamkorlik toʻgʻrisidagi soʻrov boʻyicha bir-birlariga meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni, yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solishga taalluqli hujjatlar (hisob varaq-fakturalar, yukxatlar, shartnomalar, kontraktlar, sertifikatlar, maʼlumotnomalar va boshqalar)ni shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklarga tegishli masalalar boʻyicha hujjatlar nusxalarini taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nusxalar soʻralayotgan Tomon vakolatli shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan nusxalar tekshirish uchun yetarli boʻlmagan holda hujjatlar va boshqa materiallarning asl nusxalari talab qilinishi mumkin. Belgilangan hujjatlar va boshqa materiallarning asl nusxalari kelishilgan muddatlarda qaytarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Materiallar ularni talqin qilish yoki ulardan foydalanish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborot bilan elektron koʻrinishda taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Huquqiy mazmundagi maʼlumotlarni ayirboshlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralari milliy soliq tizimlari, soliq qonunchiligi sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni yuritishning huquqiy asoslari, shuningdek amaldagi meʼyoriy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi axborotni ayirboshlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Axborot taʼminoti masalalari boʻyicha hamkorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralari soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun axborot tizimlarini yaratish va ularning faoliyat koʻrsatishi masalalari boʻyicha tajriba, uslubiy qoʻllanmalar va ilmiy materiallarni almashishni amalga oshiradilar, shuningdek oʻz davlatlarining qonunchiligi va mazkur Bitimga muvofiq oʻzlarining arxivlari va maʼlumot banklarida boʻlgan axborotni bir-birlariga bepul taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Soʻrovning shakli va mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Axborot olish haqidagi soʻrov yozma shaklda yoki matnni texnikaviy berish vositasi orqali berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kechiktirish talab qilinmaydigan hollarda telefon aloqasi vositasida berilgan ogʻzaki soʻrov qabul qilinishi mumkin, ammo u darhol yozma shaklda tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matnni texnikaviy berish vositalaridan foydalanishda, shuningdek ogʻzaki soʻrovning haqiqiyligi yoki mazmuniga nisbatan shubha-gumon paydo boʻlganda soʻraluvchi Tomon yozma ravishda tasdiqlanishini soʻrashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot olishga soʻrov quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soʻrayotgan Tomonning vakolatli idorasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soʻralayotgan Tomonning vakolatli idorasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soʻrov qilinayotgan soliq toʻlovchining rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— soʻrov mohiyatini bayon qilish va uni asoslash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— asosiy majburiyatlarining tasviri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— huquqbuzarlikni kvalifikatsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— shuningdek uni ijro qilish uchun boshqa zarur maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot olishga soʻrov va uning javobi rus tilida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Soʻrovni bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrov u olingan sanadan keyin uch oydan kechiktirmasdan bajariladi. Zarurat boʻlganda vakolatli idoralar oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha soʻrovni ijro qilish muddati uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soʻrov davlatning suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazadigan yoxud soʻralayotgan vakolatli idora davlatining milliy qonunchiligiga zid keladigan boʻlsa, uni bajarish rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovni bajarish imkoniyati boʻlmagan holda soʻralayotgan vakolatli idora soʻrayotgan vakolatli idorani bu haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Soʻrovni bajarishdagi hamkorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralari mazkur Bitimga, milliy qonunchilikka muvofiq va oʻz vakolatlari doirasida soʻrovni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar vakolatli idoralarining vakillari zarurat boʻlganda soʻrovni bajarish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilish uchun uchrashuvlar oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Maxfiylikka rioya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniq bir soliq toʻlovchilarga taalluqli maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va soʻralayotgan Tomon davlati qonunchiligi va soʻrayotgan Tomon davlati talablariga muvofiq himoya rejimi bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan maʼlumotlar Tomonlar tarafidan faqatgina ushbu Bitimda nazarda tutilgan maqsadlarda, shu jumladan maʼmuriy yoki sud ishlarida foydalanilishi mumkin. Olingan maʼlumotdan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki uchinchi tomonga berish faqat soʻralayotgan Tomonning yozma ravishdagi roziligi bilan mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Munozarali masalalarni tartibga solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar Bitimni talqin qilishda va qoʻllashda yuzaga keladigan munozarali masalalarni tartibga solishda oʻzaro kelishuvga erishishga intiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning vakolatli idoralari oʻz davlati hududida mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplaydilar. Qoʻshimcha xarajatlarni talab qiluvchi soʻrovlar olingan holda ularni moliyalashtirish masalasini Tomonlarning vakolatli idoralari oʻzaro kelishuv boʻyicha koʻrib chiqadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlar mazkur Bitimni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha bir-birlarini xabardor qiladilar hamda unga zaruratga qarab oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra mazkur Bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin va ular alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, ular mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va 18-modda qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Alohida qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim Tomonlarning ular ishtirokchilari boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi huquqlari va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim qoidalarni amalga oshirish maqsadlarida Tomonlar yoki ularning vakolatli idoralari ayrim masalalar boʻyicha qoʻshimcha bitimlar tuzishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim uni imzolash paytida Tomonlar oʻrtasida mavjud boʻlgan yordam koʻrsatish amaliyotini cheklamaydi va Tomonlar oʻrtasida boʻlishi mumkin boʻlgan hamkorlikning barcha shakllari va usullarini bekor qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Bitimning kuchga kirishi va amal qilishini toʻxtatishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida yozma ravishda oxirgi xabar olingan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlardan birining mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga yuborgan xabarnomasini Tomonlarning ikkinchisi olgan kundan keyin olti oy davomida amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boku shahrida 2008-yil 11-sentabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida imzolandi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 2-3-son)