OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTINING
Qarori
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2023-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 2-oktabrdagi 328-V, 20-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2528, 21.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/6-sonli va 32-sonli qarori (roʻyxat raqami 2023, 2009-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 472-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-dekabr,
39/3-son
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-dekabr,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/3, 3-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 5-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) vakolatli vakillari, tijorat bankining ichki audit xizmati xodimlari, tashqi auditorlar hamda Departament xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;”.
2. 12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki nazorat xizmati rahbari oliy iqtisodiy yoki yuridik maʼlumotga va tijorat bankining bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlinmasida kamida ikki yillik rahbarlik tajribasiga yoxud Ichki nazorat xizmatida kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim”.
3. 22-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar mazkur Qoidalar kuchga kirgunga qadar hisobvaraq ochilgan mijozlarga nisbatan ham amalga oshiriladi”.
4. 27-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida tijorat banki pirovard natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishi lozim”.
5. 32-band quyidagi tahrirdagi beshinchi―sakkizinchi xatboshlar bilan toʻldirilsin:
“joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, joʻnatuvchining manzili va hisob raqami) taqdim etilmagan yoxud qisman taqdim etilgan xalqaro pul oʻtkazmalari bilan bogʻliq operatsiyalarga alohida eʼtibor qaratishlari va batafsil tahlil qilishlari lozim;
toʻlov oʻtkazmalarini amalga oshirishda vositachi sifatida ishtirok etsalar elektron oʻtkazmalar bilan birga joʻnatiladigan, joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni toʻliq uzatilishini va saqlanishini taʼminlashlari shart;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan oʻzlarining chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishlari lozim;
chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi mavjudligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bosh bankka axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida tijorat banklari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishlari shart;”.
6. 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda tijorat banki olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va tijorat banklariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilgan shaxslar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart”
7. 37-band quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;”.
8. 39-band quyidagi tahrirdagi 16-kichik band bilan toʻldirilsin:
“16) norezident tomonidan rezidentga grantlar, moliyaviy yordam, qarz yoki begʻaraz yordam sifatida pul mablagʻlari berilishi”.
9. 40-bandda 4-kichik bandida “hisobvaraqdan” degan soʻzidan keyin “yoki joʻnatuvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. 44-bandda birinchi xatboshisidagi “mumkin boʻlib, ularga nisbatan tijorat banki” degan soʻzlar “va ularga nisbatan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 45-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. 46-band:
birinchi xatboshisidagi “mumkin boʻlib, ularga nisbatan tijorat banki” degan soʻzlar “va ularga nisbatan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari (jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxslarning nomi, joʻnatuvchining manzili va hisob raqami) toʻliq taqdim etilmagan pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar;”;
“g” kichik bandi “d” kichik band deb hisoblansin.
13. 47-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Mijoz yoki mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiya yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan taqdirda, bunday mijoz operatsiyani amalga oshirishi haqida (hisobvaraq ochish, hisobvaraqdan mablagʻ koʻchirish va shu kabilarda) tijorat bankining tegishli boʻlinmasi Ichki nazorat xizmatiga xabar berishi kerak. Ichki nazorat xizmati ushbu mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalar ustidan doimiy monitoring yuritishi shart”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 42-modda)