OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“OʻSIMLIK (PAXTA) YoGʻI UChUN TOʻLANADIGAN AKSIZ SOLIGʻINING BIR QISMINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING MAXSUS OChILADIGAN HISOBVARAGʻIGA OʻTKAZISh VA UNI IShLATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1912-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 560-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 3-fevraldagi 14, 2009-5-sonli “Oʻsimlik (paxta) yogʻi uchun toʻlanadigan aksiz soligʻining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus ochiladigan hisobvaragʻiga oʻtkazish va uni ishlatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1912, 2009-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 9-son, 101-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
4-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-yanvar,
2010-3-son
Kelishildi:
Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi R. BOʻRIYEV
2010-yil 18-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 3-4-son, 31-modda)